3- ma`ruza Spotchilarda shifokor (tibbiy) pedagogik nazorat o`tqazish mazmuni va metodlari. O`quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishida shifokor nazorati



Yüklə 311,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix02.12.2023
ölçüsü311,23 Kb.
#137564
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3-маруза с



3- ma`ruza Spotchilarda shifokor (tibbiy) pedagogik nazorat o`tqazish mazmuni va 
metodlari. O`quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishida 
shifokor nazorati. 
 
Reja: 
1.
Tibbiy pedagogik nazorat va uning asosiy vazifalari. 
2.
Tibbiy pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan asosiy uslublar. 
3.
Tibbiy pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan funksional sinamalar 
haqida . 
4.
Funksional tizim va ularni baholash. 
Tayanch iboralar:
Tibbiy pedagogik nazorat 
Maktabgacha tarbiya m uassasalari, lagerlar va o'quv yurtlarida vrach nazorati 
Maktabgacha ta'lim muassasalarida, lagerlarda va o'quv yurtlarida vrach nazorati 
doimiy ravishda olib boriladi. Buni amalga oshirishda tibbiyot xodimlari tomonidan 
yil davomida 2 marta yoki xar 6 oyda bir marta to'liq tibbiy ko'rikdan, har bir kishini 
to'liq tekshiruvdan o'tkaziladi. Bu tekshiruvlarda sub'ektiv (surash) va ob'ektiv 
(bevosita tekshirish usullari) keng qo'laniladi. Bolalaming o'sishi va rivojlanishini 
ifodalovchi asosiy ko'rsatkichlardan uning-jismoniy rivojlanganligidir. Bolalarni va 
o'smirlarni jismoniy rivojlanishi to 'g ’risidagi ma'lumotlar ularning sog’ligini 
ko'rsatuvchi muxim belgilardan bo'lib, uning ko'rsatkichlari jismoniy tarbiya bilan 
shug’ullanish va boshqa omillarga bog’liqdir (iktisodiy tashqi muhit, irsiyat, 
ovqatlanish va boshqalar). Jismoniy rivojlanishni baholash uchun antropometrik 
ko'rsatkichlar aniqlanadi, bunga; -o'lchov ko'rsatkichlariga qarab (somotometrik) 
baholash (vazni, bo'y uzunligi, ko'krak qafasining kengligi va xokazo); 
 
Tibbiy pedagogiknazorat 
Tibbiypedagogiknazoratdeb, 
vrachvatrenerbirgalikdatrenirovka, 
jismoniytarbiyadarslaridayokimusobaqalarpaytidao‘tkaziladigantekshirishlarigatushunila
di. Bunday nazorat yordamida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulla-nuvchilarning 
organizmiga jismoniy mashqlarning ko‘rsatgan ta’siri baholanadi, organizmning 
funksional jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlanadi va shu tekshirishlar asosida o‘quv 
trenirovka jarayoni takomillashtiriladi. 
Sportda tibbiy pedagogik nazorat kompleks nazoratning asosini tashkil qiladi. 
Kompleks tekshirishlar pedagogik, psihologik va meditsina tekshirishlarini o‘z ichiga 
oladi. TPN ning nazariy va amaliy asoslari 40-50 yillarda sport tibbiyoti namoyondalari 
tomonidan ishlab chiqilgan. Bunday tekshirishlar asosida sportchining funksional 
holatining ko‘rsatkichlarini ancha aniq baholasa bo‘ladi. TPN jarayonida sportchining 


yuklamadan keyin to‘liq bo‘lmagan tiklanish belgilari va o‘ta charchash yoki o‘ta 
zo‘riqish holatlari yaqqol ko‘rinadi. Murabbiy shu natijalardan xulosa chiqarib o‘quv 
trenirovka jarayonini ko‘rib chiqib tuzatishlar kiritadi. 
Murabbiy qaysi mashq organizmning qaysi qismiga qanday ta’sir ko‘rsatishini 
yaxshi bilishi kerak. Har mashg‘ulot, mikrotsikl, mezotsiklda bajariladigan mashqlar va 
ularning qaytarilish soni to‘g‘ri tanlansa, trenirovka jarayonining samaradorligi ancha 
oshadi. Hozirgi vaqtda yuklamaning orga-nizmga ko‘rsatgan ta’sirini aniqlash maqsadida 
uch xil: qisqa muddat ichidagi, ma’lum vaqtdan so‘ng aniqlanadi va yig‘ma trenirovka 
samarodorligi aniqlanadi. Qisqa muddat ichidagi trenirovka effekti deganda ayni mashq 
bajarish va eng yaqin dam olish vaqtida organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar 
tushuniladi. Ma’lum vaqtdan keyingi trenirovka effekti deganda tiklanishning so‘ngi 
fazalaridagi, ya’ni trenirovkadan keyingi va ertasi kuni organizmdagi sodir bo‘ladigan 
o‘zgarishlar tushuniladi. Yig‘ma trenirovka effekti qisqa muddatli va ma’lum muddatdan 
keyingi trenirovka effektlarini o‘z ichiga oladi va organizmda uzoq vaqt davomida sodir 
bo‘ladigan yaxshi va yomon o‘zgarishlarni aniqlaydi, o‘quv trenirovka jarayonining 
kerakli darajada shaxsiylashtirish uchun TPN vrach va murabbiy bilan hamkorlikda 
bajariladigan ishning muhim formasidir. Lekin vrach har doim ham TPN da qatnasha 
olmasligi mumkin. SHuning uchun oddiy meditsina tekshirish metodlarini bilishi va shu 
bilimlar yordamida mashqlar ta’sirini baholashda, hamda trenirovka jarayonining to‘g‘ri 
tashkil qilish masalalarini hal qilishda foydalanishi kerak. 

Yüklə 311,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin