6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari



Yüklə 107,12 Kb.
səhifə1/19
tarix25.11.2023
ölçüsü107,12 Kb.
#134151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari-fayllar


6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari


97
6-bob


POLIMERLARNING SUYUQ FAZALI TIZIMLARI 
Suyuq fazali tizimlar polimerlarning suyultmalari, eritmalari,
aralashmalari, gellari, suyuq kristallari kabi holatlari ko„rinishida namoyon
bo„ladi. Suyultma holatiga haroratni oshirish orqali erishiladi va
haroratning ma‟lum diapazonida mavjud bo„lib turadi. Eritmalar,
aralashmalar, gellar va suyuq kristallar erituvchilar yordamida hosil
qilinadi va tizimlar kamida ikki komponentli bo„ladi. Suyuq kristall
holatiga issiqlik ta‟sirida o„tiladi va ular termotrop tizimlar ham deyiladi.
Suyuq kristall holatga erituvchi yordamida o„tilsa, bunday tizim liotrop
deyiladi. Umuman olganda, polimerlarning qattiq fazadan (yoki holatdan)
suyuq fazaga (yoki holatga) o„tishi fizik jarayon hisoblanadi. Bunda
polimer molekulalari orasida bog„lar qattiy holatdagidan ancha kichik
bo„ladi, ammo polimer molekulalari qattiq fazadagidek bir biriga yaqin
joylashgan bo„la oladi. Bu fizik o„tishlar polimer molekulalarining o„zaro
ta‟sirlashishlari va molekulyar massalariga jiddiy bog„liqdir. Ayniqsa,
polimerlarning
molekulalar
massalarini
quyi
molekulyar
massali
birikmalarnikidan, jumladan, erituvchinikidan kamida ming martadan katta
bo„lishi, suyuq fazali tizimlarning hosil bo„lishi va ularni o„ziga xos
jihatlarga ega bo„lishiga olib keladi.
6.1. Polimer suyultmalar
Polimer suyultmalar - bu polimerlarning issiqlik ta‟sirida qattiq
fazadan suyuq fazaga o„tishi, ya‟ni suyuqlanishi tufayli erishilgan
termodinamik muvozanatli holatidir. Agar polimer yuqori darajada
kristallangan bo„lsa, bunday fazaviy o„tish keskin tarzda, ya‟ni I tur
fazaviy o„tishlar mexanizmi bo„yicha amalga oshadi. Agar polimer amorf
holatda bo„lsa, II tur fazaviy o„tish mexanizmi bo„yicha, ya‟ni
makromolekulalararo yaqin tartibli bog„lanishlar bosqichma bo‟sqich
parchalanadi va suyuqlanadi. Amorf-kristall polimerlarda kristallanish
darajasiga bog„liq suyuqlanishni har ikki mexanizmi kuzatilishi mumkin.
Amorf-kristall
polimerlarning
suyuqlanishi
quyi
molekulyar
birikmalarnikiga o„xshasada, ayrim o„ziga xos xususiyatlarga egadir,
jumladan, shishalanish va kristallanish jarayonlari suyuqlanish paytida
amalga oshishi mumkin. Xullas, polimerlarga issiqlik ta‟sir etganda
ularning izobar-izotermik potensiali, ya‟ni Gibbs erkin energiyasining
(

G) o„zgarishi quyidagicha aniqlanadi:



H


pp
- T

S
pp
(6.2.1.1)



98
bu yerda



H
pp
va

S
pp
mos ravishda entalpiya va entropiyaning o„zgarishi
bo„lib, ulardagi pp – indekslar polimer-polimer o„zaro ta‟sirlashishni
ifodalaydi; T – tizimning mutloq harorati.
Polimerda harorat oshishi bilan entropiyaviy had (T

S
pp
) miqdori
ortadi. Ma‟lum bir haroratga oshganda

H
pp


T



S
pp
erishadi va natijada

G

shart bajariladi hamda polimer suyuqlanadi (6.1.1-jadval).
6.2.1.1-jadval. Polimerlar suyuqlanishining termodinamik parametrlari
Polimer
t
cq, 
o


H
pp

j/mol 

H
sol

j/g 

S
pp

j/molK 

S
pp
/bog„ 
j/K 

H
pp
bo„kishda suyuqlanish haroratini qayd etish orqali aniqlangan 
Polietelin
137,5
8040
292
19,5
9,8
Polipropilen
176
10450
260
24,2
12,1
Poliakrilonitril
317
5000
96
8,4
4,2
Polivinil spirt
228
6900
156
13,7
6,9
Polixlortriftoretilen
210
5000
43
10,4
5,2
Polivinilftorid
197
7500
163
16,2
8,0
Polioksimetilen
180
6650
222
19,3
7,3

H
pp
kalorimetrik usulda baholash orqali aniqlangan 
Polioksimetilen
180
49300
248
16,5
16,5
Polikaproamid
225
21400
188
43
6,1
Polietilentereftalat
267
23000
118
43
7,1

H
pp
suyuqlanish haroratini bosimga bog„lanishi bo„yicha aniqlangan 
Politetraftoretilen
327
6100
61
12
6,1
Suyuqlanish haroratining (T*
sq
) kristallanish haroratiga (T
kr
) bog„liqligi
umumiy holda quyidagicha yoziladi:
T*
sq
= (T
o
sq


T


kr
) /F (6.1.2)
bu yerda F = (a/2n) (b/2m) - bog„lanish koeffitsienti bo„lib, odatda 0 dan
1 gacha o„zgaradi. Bunda a va b lar kristall sirti va yadrosi erkin
energiyasini hamda n va m parametrlar kristall va kristall yadrosi
o„lchamlarining nisbatini ifodalaydi.
Ushbu (6.1.2) formula asosida polietilentereftalat namunalarining
suyuqlanish haroratini kristallanish haroratiga bog„lanishi talqin qilingan
grafigi 6.1.1-rasmda keltirilgan. Bunday grafiklar odatda to„g„ri chiziqli
bo„ladi va uni haroratning katta miqdorlari sohasiga fikran davom ettirib,
ideal, ya‟ni T
sq
T
kr
shart asosidagi nazariy grafik bilan kesishish
nuqtasida muvozanatli suyuqlanish haroratining (T
o
sq
) gipotetik miqdori
aniqlanadi.



99
Real amorf-kristall polimerlar tuzilishlarida nuqsonlarning bo„lishi va


energetik geterogenliklar tufayli suyuqlanish jarayoni haqiqiy muvozanatli
suyuqlanish haroratidan past haroratlarda boshlanadi. Suyuqlanish harorati
namuna tarkibidagi har xil qo„shimchalar miqdoriga, mutloq bosim va
mexanik kuchlanishlar ta‟siriga ham bog„liq bo„ladi.



Yüklə 107,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin