6-Ma’ruza 6-Mavzu: Qurilish ishlab chiqarishni tayyorlash. Reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/4
tarix10.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#125062
  1   2   3   4
6-ma\'ruza


6-Ma’ruza 6-Mavzu: Qurilish ishlab chiqarishni tayyorlash.
Reja:
6.1.Umumiy qoidalar.
6.2.Tashkiliy-tеxnik tayyorgarlik. qurilish oldi tayyorgarligi. Tayyorlov davri ishlari.
6.3 Rеjaviy-iqtisodiy tadbirlar.


10.1.Umumiy qoidalar
Qurilish ishlab chiqarishni tashkil etishni ikki asosiy davr: qurilishni tashkiliy- texnik tayyorlash davri va qurilish maydonini asosiy ishlarni bajarishga tayyorlash davriga ajratish mumkin bo‘lib, ular o‘ziga xos uslublari, qurilish ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari va hujjatlari bilan farqlanadilar.
Har qanday qurilish loyihasini amalga oshirishda o‘nlab, ba’zan hatto yuzlab har xil mulkchilik shaklidagi, mezonlari va ko‘rsatkichlari ham qurilishni amalga oshirayotgan bosh pudratchi bo‘lgan tashkilot maqsadlariga hamisha ham muvofiq kelmaydigan turli korxonalar, pudrat va boshqa tashkilotlar ishtirok etadilar. Chuqur o‘ylangan va o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlarga ega bo‘lmay turib, qurilishni muvaffaqiyatli boshqarib bo‘lmaydi. Bunda, qurilish ishlab chiqarishini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va ro‘yobga chiqarish bosqichlari yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqa turib, unda yetakchi o‘rin ilgarilovchi, rejali va malakali tayyorgarlikka berilishini qayd etmoq lozim. Qurilishga tayyorgarlik ko‘rish sifatiga birinchi navbatda uni belgilangan muddatlarda yuqori ko‘rsatkichlar bilan amalga oshirish imkoniyati bog‘liqdir.
Qurilish ishlab chiqarishini tayyorlash (QICHT) qurilish maydonchasida ish boshlashdan avval bajariladigan umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlikdan, hamda qurilish maydonchasi va uning atrofidagi hududni tashkillashtirish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq, maydoncha tashqarisi va ichida bajariladigan barcha ishlarni o‘z ichiga olgan ob’yekt qurilishiga tayyorgarlikdan, shuningdek rejali iqtisodiy chora- tadbirlardan iborat bo‘ladi.

6.2.Tashkiliy-texnik tayyorgarlik


Umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlik buyurtmachi tomonidan o‘tkazilib, qurilish davrining tayyorgarlik ishlaridan avval keladi. Ularning bajarilish muddatlari qurilish davri me’yorlari bilan cheklanmaydi. Murakkab ob’yektlar uchun chora-tadbirlar mohiyati va ularni amalga oshirish muddatlari qurilish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan direktiv organlar tomonidan belgilanadi.
Umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlik davrning asosiy vazifalari kapital qurilishga tuziladigan pudrat shartnomalari qoidalariga uzviy bog‘liq va o‘z ichiga quyidagilarni olishi shart:

  • qurilishni loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlash;

  • qurilish uchun amalda (naturada) maydoncha (trassa) ajratish;

  • qurilishning moliyaviy ta’minlanishini rasmiylashtirish;

  • tender(tanlov)ni tashkil qilish va o‘tkazish;

  • qurilishga pudrat va subpudrat shartnomalarini tuzish;

  • ishlarni bajarishga ruxsatnomalar va dopusklarni rasmiylashtirish;

  • buzilib tashlanishi kerak bo‘lgan binolarda joylashgan shaxslar va tashkilotlarni ko‘chirish masalasini hal qilish;

  • qurilishni shoxobcha yo‘llar, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, aloqa tizimi hamda quruvchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari uchun binolar bilan ta’minlash;

  • qurilishga uskunalar, konstruksiyalar, materiallar va tayyor mahsulotlar yetkazib berilishini uyushtirish.

  • Qurilishni boshlash uchun zarur, buyurtmachi tomonidan bosh pudratchiga topshiriladigan loyiha-smeta hujjatlari (LSH) ikki bosqichli loyihalashda kelishilgan va tasdiqlangan loyihani hamda unga ilova qilingan qo‘shma smetani yoki tasdiqlangan ishchi hujjatlari va smetalarini o‘z ichiga oladi. Loyiha hujjatlari ichida qurilishning kelishilgan bosh rejasi ham topshirilib, u tuproq (er) ishlarini amalga oshirish uchun order-ruxsatnoma olishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat arxitektura qurilish nazorat organining tayyorgarlik davri ishlarini amalga oshirish uchun bergan ruxsati buyurtmachi va pudratchi tomonidan birga rasmiylashtiriladi.

  • Ishchi hujjatlar (IH) smeta hujjatlari bilan birga pudratchiga topshirilishi shart. Qurilish tashkiloti POS asosida, ishchi hujjatlaridan foydalanib, bo‘lg‘usi ishlar hajmi, birinchi navbatda tayyorgarlik davri uchun ishlarni bajarish loyihasi (IBL)ni ishlab chiqadi. Davlat buyurtmasi tarkibidagi ob’yektlar qurilishining rejali asosi tasdiqlangan titul ro‘yxatini taqdim etish talabida o‘z aksini topadi.





Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin