7- mavzu: Pedagogik testlashtirish Reja: 1. Pedagogik testlar va ularning o’xshashlik va farqli
tomonlari. 2. An’anaviy test Namunadagi test topshiriq shakllari Tayanich so’zlar: testologiya tarmoqlari, pedagogik testlashtirish, test turlari, test funktsiyalari, pedagogik testlar, psixologik testlar. Pedagogik testlashtirish —pedagogik testlarni qo’llash orqali o’quvchilarning bilimini o’lchash shakli. U o’zida tekshiriluvchini o’zlashtirganlik darajasini baholashga mo’ljallangan , xususiy testlashtirish va natijalarni qayta ishlashga asoslangan sifatli testlarni tayyorlashni mujasamlashtirgan.
Pedagogik test — bu o’quvchilarni o’zlashtirganligini test topshiriqlar tizimidan tashkil topgan, testni o’tkazish, qayta ishlash va natijalarni tahlil qilishi standartlashgan baholash vositasidir. Testlarning klassifikatsiyasi Tetslar har xil alomatlariga ko’ra klassifitsiya qilinadi:
maqsadiga ko’ra —axborot, diagnostik, o’rgatuvchi, motivatsion, attestatsion;
yaratilish tartibiga ko’ra — standartlashgan , standartlashmagan;
topshiriqlarni shakllantirish usuliga ko’ra — determinantlashgan, stoxastik, dinamik;
qaytar aloqa bo’yicha –an’anaviy va moslashtirilgan.
An’anaviy test An’anaviy test har xil javob variantli savollardan tashkil topgan. Har bir saol ma’lum ballga baholanadi. An’anaviy testning natijasi to’g’ri berilgan javobli topshiriqlar miqdori bilan belgilanadi.
Adaptiv test Testning asosiy turlaridan biri bo’lib, navbatdagi har bir topshiriq oldingi topshiriq javobiga bog’liq ravishda tanlanadi. Ushbu testning topshiriqlari topshiriqlar ketma-ketligi va miqdori dinamik tarzda aniqlanadi.
Kompyuter adaptiv testning an’anaviy testdan eng muhim afzalligi quyidagilardir:
testdan o’tayotganlarni bilim darajasi ostida adaptatsiyalashuv imkoniyati (haddan ortiq murakkab yoki haddan ortiq oddiy savob berishga to’g’ri kelmaydi);
haqqoniylik darajasini yo’qotmagan holda topshiriqlar miqdorining qisqarganligi hisobiga vaqt va kuch tejaladi (testning uzunligi 60%gacha qisqaradi).
Tesnlar har xil alomatlariga ko’ra klassifitsiya qilinadi:
maqsadiga ko’ra —axborot, diagnostik, o’rgatuvchi, motivatsion, attestatsion;
yaratilish tartibiga ko’ra — standartlashgan , standartlashmagan;
topshiriqlarni shakllantirish usuliga ko’ra — determinantlashgan, stoxastik, dinamik;
o’tkazish texnologiyasiga ko’ra — qog’oz, optik aniqlashdan foydalaniladigan qog’oz, tabiiy sharoitda olingan, maxsus apparatlardan , kompyuterlardan foydalanib;
topshiriq shakliga ko’ra — yopiq tip , ochiq tip, muvofiqlikka ega, izchil tartiblangan;
qaytar aloqa bo’yicha –an’anaviy va moslashtirilgan.