Biologiyadan ma’lumotnoma



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix12.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#126785
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
MA\'LUMOTLAR eng yangi (@OYBEK Alisherovich)



BIOLOGIYADAN
MA’LUMOTNOMA
2019-2020
 
 


@OYBEK_Alisherovich
+998 90 963-16-55
Kanalimdagi ma'lumotlar asosida tayorlandi.
Genlarning qaytarilish chastotasi.
XARDI-VAYNBERG qonuni haqida 
Xardi-Vaynberg qonuni - bir gen allellari boʻyicha farq qiluvchi, oʻzaro erkin 
chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining 
taqsimlanishini tasvirlovchi qonun. 1908-yilda bir-birlaridan mustaqil holda ingliz 
matematigi G.Xardi va nemis vrachi V.Vaynberglar kashf etishgan. Xardi-Vaynberg 
qonuniga binoan, mutatsiyaning tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz 
bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro shu uchrash tezligi avloddan avlodga 
oʻzgarishsiz oʻtadi. Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi ota-onalarinikiga 
oʻxshash boʻlar ekan, u hodda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz 
qoladi . A - allelini "p", a - allelini esa "q" harfi bilan belgilansa, u holda p+q=1 
boʻlishi, bu formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi
AA, Aa, aa genotiplarning uchrash tezligini esa p²+2pq+q² formula yordamida 
aniqlash mumkin. Xardi-Vaynberg qonuni populyatsiyalar genetikasi uchun 
ahamiyatga ega. Qonun populyatsiyalarda kam uchrovchi allellarning aksariyat 
hollarda geterozigota organizmlarda saqlanib qolishini koʻrsatib beradi. Xardi- 
Vaynberg qonuni tabiiy sharoitda amal qilishi juda qiyin chunki populyatsiyalarga 
genetik muvozanatni buzuvchi tashqi va ichki omillar doimo taʼsir etib turadi. Shu 
Xardi-Vaynberg qonunini keyingi populyatsion genetik modellar yaratishning 
boshlang'ich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq boʻladi. 
BILIB QOʻYING. 
Gemizigota
(yunon. hemi-yarim+zigota) — diploid organizm boʻlib ularda muayyan 
genlarning faqatgina 1 ta toʻplami boʻladi. Masalan erkaklarda X xromasomadagi genlar 
boʻyicha gemizigota hisoblanadi. Chunki shu organizmda X xromasoma toq demak genlar 
toʻplami jinsiy xromasomaga koʻra bittadir.Bundan bilish mumkinki gemizigota desa XY 
organizlarni tanlash mumkin 
EKOLOGIK PIRAMIDA qoidasi 
Ekologik piramida qoidasiga koʻra oziq darajalarida moddalar va energiya progressiv kamaya boradi. 
Yani bir darajadan ikkinchi darajaga oʻtganda energiyaning va moddaning miqdori taxminan 10 
barobarga kamayadi. Bunda oziq zanjirning 10 % ini tana tuzilishiga 90 % i organizm hayot faoliyatini 
taminlashga sarflanadi. 
Sebarga - 50 000 kg 
↓↓ 
Kapalak - 5000 kg
↓↓ 
Kaltakesak - 500 kg 
↓↓ 
Ilon - 50 kg 
↓↓ 
Ilonburgut - 5 kg 
MITOZ va MEYOZ 


@OYBEK_Alisherovich
+998 90 963-16-55
Kanalimdagi ma'lumotlar asosida tayorlandi.
(n - xromasoma) (c - DNK yoki xromatida) 
INTERFAZA 3 ta bosqich 
👇 
G¹ davri - 2n 2c 
S davri - 2n 4c 
G² davri - 2n 4c 
MITOZ 4 ta bosqich 
👇 
Profaza → 2n 4c
Metafaza → 2n 4c 
Anafaza → 4n 4c 
Telofaza → 2n 2 
Meyoz I
Profaza I → 2n 4c
Metafaza I → 2n 4c 
Anafaza I → 2n 4c 
Telofaza I → 1n 2c 
INTERKINEZ → 1n 2c 
Meyoz II
Profaza II → 1n 2c 
Metafaza II → 1n 2c 
Anafaza II → 2n 2c 
Telofaza II → 1n 1c 
BILIB QOʻYING. 
🎯 MITOZ 👇👇 
💧💧 PROFAZA — 2n 4c Ikki DNK (xromatid) li xromosomalarni diploid toʻplami
💧💧 METAFAZA — 2n 4c Ikki DNK (xromatid) li xromosomalarni diploid toʻplami
💧💧 ANAFAZA — 4n 4c Bir DNK (xromatid) li xromosomalarni tetraploid toʻplami
💧💧 TELOFAZA — 2n 2c Bir DNK (xromatid) li xromosomalarni diploid toʻplami
🎯
MEYOZ 
👇👇 
📌 PROFAZA I — 2n 4c Ikki DNK (xromatid) li xromosomalarni diploid toʼplami 
📌 METAFAZA I — 2n 4c Ikki DNK (xromatid) li xromosomalarni diploid toʼplami 
📌 ANAFAZA I — 2n 4c Ikki DNK (xromatid) li xromosomalarni diploid toʼplami 
📌 TELOFAZA I — 1n 2c Ikki DNK (xromatid) li xromosomalarni gaploid toʼplami 
🌀🌀 PROFAZA Il — 1n 2c Ikki DNK (xromatid) li xromosomalarni gaploid toʼplami 
🌀🌀 METAFAZA Il — 1n 2c Ikki DNK (xromatid) li xromosomalarni gaploid toʼplami 
🌀🌀 ANAFAZA Il — 2n 2c Bir DNK (xromatid) li xromosomalarni diploid toʼplami 


@OYBEK_Alisherovich
+998 90 963-16-55
Kanalimdagi ma'lumotlar asosida tayorlandi.
🌀🌀 TELOFAZA Il — 1n 1c Bir DNK (xromatid) li xromosomalarni gaploid toʼplami 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin