Bilim hazina axloq fazilat


Ustoz, murabbiysiz qolganda zamon



Yüklə 31,56 Kb.
səhifə2/3
tarix25.01.2023
ölçüsü31,56 Kb.
#122536
1   2   3
Adhamjon
KONSTITUTSIYA NURLI HAYOTIMIZ VA KELAJAGIMIZ KAFOLATIDIR
Ustoz, murabbiysiz qolganda zamon,
Zulumotdan qora bo‘lardi jahon.

Abdurahmon Jomiyning yuqorida keltirgan baytlarini tahlilini yoritib o‘tadigan bo‘lsam;- “Agarda butun dunyo ustozsiz qolsa, ya’nikim, Yer yuzida ustozlar qolmasa, yomonlik oqibatida jahon zavolga yuz tutardi. Ya’ni ilmsiz inson bamisoli zulmat kabidir va uning ilmsizligi oqibatida dunyo zalolatga yuz tutishi mumkin”


Abdurahmon Jomiyni o‘z ustozi deb bilmish buyuk mutafakkir, shoir Mir Alisher Navoiy ham ustozlarni ulug‘lash borasida quyidagi baytlarini keltirib o‘tadi:[4]


Birovkim qilsa olimlargʻa ta’zim,
Qilur goʻyoki paygʻambarga ta’zim.

Bu oltinga teng baytlardan shularni anglash mumkinki, kimki, ustoz va murabbiylarga, bilim o‘rgatuvchi insonlarga ta’zim aylasa, ularning hurmat ehtiromini joyiga qo‘ysalar payg‘ambarga hurmat bajo aylaganlik bilan tenglashtriladi. Mana ustozlarni ulug’ligini yana bir isboti desam mubolag‘a qilmagan bo‘laman.


“Muallim” so‘zining ma'nosi “ilm beruvchi, ta'lim beruvchi, o‘rgatuvchi” demakdir. Payg‘ambarlar insoniyatga ezgulikni ta'lim berganlar, shuningdek, yaxshilikka chaqirganlar. Mana shuning o‘zi ham ta’lim beruvchi vakillarning martabalari naqadar yuksak ekaniga dalolat qiladi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning butun bashariyatga ustoz qilib yuborilganlari haqida Qur'oni Karimda bunday deyiladi: ya'ni: Alloh omilar orasiga o‘zlaridan bo‘lgan, ularga o‘zining oyatlarini tilovat qiladigan, ularni poklaydigan hamda ularga Qur'on va Hikmat Hadisni o‘rgatadigan bir payg‘ambarni (Muhammadni) yuborgan zotdir. Haqiqatan, (ular payg‘ambarkelishidan) ilgari aniq zalolatda edilar” (Jum'a surasi, 2-oyat).[5]
Yuqorida keltirilgan oyatdan ham ma’lumki payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) ham biz ummatlari uchun muallim qilib yuborilgandirlar. Ul zot bizga Allohning kitobini tanitdilar va bilimga, ustozga bo‘lgan hurmatni hamda ibodatni o‘rgatdilar. Bilim olish ibodadlarning eng yaxshisi hisoblanadi.
Lekin bugungi kun nafasi bilan qaraganda, bilim oluvchilarning ko‘pchiligi darsning muqaddasligini, ustozlarning ulug‘ligini, bilimning eng kata ibodatlardan biri ekanligini anglab yetishmayotgandek go‘yoki. Albatta yosh pedagog kadrlar bu borada harakat qilib yosh avlodni to‘g‘ri yo‘lga qaytaradilar degan ezgu niyatdan umidimizni uzganimiz yo‘q.
Mana yuqorida sizni bilim, bilim berguvchi aziz ustozlarni hurmati va izzatini qilib ularning ehtiromiga sazovor bolmog‘lik haqida qisqacha bayon qilib o‘tdim. Keeling endi axloq haqida siz azizlar bilan fikr almashadigan bo‘lsam:
Axloq – bu jamiyat, zamon, ba’zan insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan umumbashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi bo‘lib, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa hisoblanadi.[6]
Ma’naviyat nima? - degan savol tug‘ilishi tabiiy holat. Sababi, biz axloqni ma’naviy xodisa deb baholamoqdamiz. Demak, ma’naviyat tushunchasi shunday ma’noni bildiradi. “Bu gap bilan ma’naviyat yagona ma’noga ega demoqchi emasman”. Ko‘plab olimlar va yozuvchilar ma’naviyat haqida juda ko‘p fikr- mulohazalarini bildirib o‘tganlar. Shulardan biri bu bizning birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zlarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida ma’naviyatga quyidagicha ra’rif berib o‘tadilar; “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulgʻayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uygʻotadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”[7]
Demak ma’naviyat bizning ichimizdagi eng katta kuchlardan biri hisoblanib, bevosita axloqning ham negizini tashkil etuvchi kuch demakdir. Chunonchi, axloq ham ma’naviyat ham bir birini taqazo etib keladi va bir birini to‘ldirib turadi. Axloqi yaxshi va jamiyatda o‘zini idora qila biladigan inson albatta ma’naviyatli va pok insonlardan biri hisoblanadi. Axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi inson esa, jamiyatda tartbsizlikni vujudga keltiruvchi ma’naviyati rivojlanmagan qoloq inson bilan baravar mavqe’ga ega bo‘ladi. Payg‘ambarimiz o‘z hadislarida axloqiylik nuqtai nazaridan jamiyatda kishilarning bir-biriga yaxshiilik qilishligi bir biriga yaqin yelkama yelka turishliligi haqida aytib o‘tganlar. Jumladan, “Mo‘min kishi odamlarga o‘zini yaqin olib yuradi, odamlar ham unga yaqin munosabatda bo‘ladi. Shunday munosabat hosil qilmaganlarida yaxshilikning o‘zi yo‘q bo‘ladi. Odamlarga foydasi ko‘proq tegadigan kishi – odamlarning yaxshirog‘idir”.[8]


XULOSA
Mana biz siz aziz mutolaachilar bilan maqolamizning yuqori qismida bilim nima sababdan hazinaga tenglashtirilishi haqida, bilim ulashuvchi kishilarning hazinabon sifatida namoyon bo‘lishligi haqida o‘zimning fikr mulohazalarimni bo‘lishishiga va siz azizlarda ham bilim va axloq shu o‘rinda ma’naviyat nimaligi haqida tushunchalar hosil bo‘lishiga harakat qildim. Agar sizda bilimning muqaddasliligi, bilim ulashuvchilarning ota-ona qadri darajasiga tenglashtirilishi xattoki, biliim ulashuvchi ustozlarga hurmat ko‘zi bilan qarash payg‘ambarimizga qarashdek munavvar tuyg‘u ekanligi haqida, shu o‘rinda bilimni muqaddas Qur’oni Karimda ham ulug‘lanishi haqida iliq fikrlar va muqaddas tuyg‘ularni zig‘ircha bo‘lsa ham uyg‘ota olgan bo‘lsam demak men o‘z niyatimga erishdim deb hisoblasam bo‘ladi. Ushbu maqolani yozishimdan maqsad ham aynan shular edi. Bugungi kunda bilimga va ustozga hurmat, ustozni ulug‘lash darajasi avvalgidan ancha yomonlashdi degan xulosaga keldim. Avvalgi davrlarga nisbatan bugungi texnika rivojlangan asrda yosh avlod hurmat o‘rniga behurmatlik qilishmoqda, o‘qituvchilar bilan kerak bo‘lsa so‘zma-so‘z tortishishmoqda. Jamiyatda axloqsiz so‘zlardan foydalanish nihoyatda avj olib ketmoqda. Aynan shu jihatlarini hisobga olgan holda ushbu mavzuda maqola yozishga va yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga harakat qildim. Maqolamni payg‘ambarimizning hadislari bilan yakunlamoqchiman “Kimki odamlardan hayo qilmasa, u Tangridan ham uyalmaydi”.(608-hadis).[9] Ma’nosini quyidagicha izohlab o‘taman: qaysi bir inson odamlardan hayo qilmasa, ya’nikim jamoat joylarida hayosiz va axloqsiz so‘zlardan foydalanib yursa, turli beadab qiliqlardan foydalanib omma e’tiborini o‘ziga trtib jamiyatda tartibsizliklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘lsa, u inson o‘zining yaratuvchis bo‘lmish Tangrisidan ham uyalmagay va bu qilgan ishlari-yu aytgan gaplariga javobgarlikni his ham qilmaydigan inson bo‘ladi.



Yüklə 31,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə