Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot Reja: Kirish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/20
tarix19.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#125562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bank ishi hisobot 2021 (BI-70 Ayyub Isroilov)


Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. "O'zmilliybank"ning faoliyati tarixi bilan tanishish.

  2. Tijorat banklari passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi va tahlili.

  3. Tijorat banklarning valyuta o'tkazmalari bo'limi faoliyati bilan tanishish.

  4. Tijorat banklari aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili.

  5. Bank tomonidan xavfsiz omonatlar xizmatlari bilan tanishish.

  6. Bank tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili.

  7. Pul muomilasi tashkil etish, ular bo‘yicha mi’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o‘rganish.

  8. Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalrini amalga oshirish tartibi va tahlili.

  9. Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularining tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqasadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va mazmunini o‘rganish.

  10. Tijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo‘llanishi amaliyoti hamda xorijiy davlatlarining ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish.

  1. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar.


Kirish
Men, Majidov Jaloliddin Khusniddin o‘g‘li Samarqand Iqtisodiyot va Servis institut “Bank-moliya xizmatlarii” fakulteti Moliya yo‘nalishi MK-419 guruh IV bosqich talabasiman. O‘zbekiston Respublikkasining Talim to'g'risidagi qonuni ,Kadrlar tayyorlashning milloy dasturi ,Oliy va o'rta maxsus talim Vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug'I bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talablarining malakaviy amaliyoti haqida nizomga muofiq kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash maqsadida 2022-2023 o’quv yillari bo’yicha institut tomonidan belgilangan ya’ni 2023 -yilning 9-yanvardan 2023-yil 9-aprelgacha vaqt oralig‘ida bitiruv oldi malakaviy amaliyot amaliyot o‘tashga "O'zmilliybank" aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyati filialiga yuborildim. Ushbu amaliyot davomida amalga oshirgan kunlik belgilangan vazifalarimni hisobotimda aks ettirdim.
Iqtisodiyotning muhim subyekti bo‘lgan banklar faoliyatini o‘rganish, ularning ishlash usullari, funksiya va insonlarning hayotida muhim o'rinlardan egallagan plastik karta operatsiyalarini bilish iqtisodiyotni samarali boshqarishda muhim omil sanaladi. Aynan shu o‘rinda bankning asosiy bo'limlaridan bo'lgan plastik karta bo'limi va barcha faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan buxgalteriya hisobi muhim hisoblanib, bu faoliyatlar nafaqat banklar tomonidan amalga oshirilayotgan jamiyat azolariga qulaylik yaratish maqsadida onlayn banking va plastik kartalarini vazifalarini bajarish va muhim vazifalardan biri bo'lib barcha faoliyat turlarining hisobini yuritibgina qolmay, bank va bank xodimlariga operatsiyalarni nazorat qilish hamda xatoliklarning oldini olish va ularni o‘z o‘rnida bartaraf etishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Shu sababli bugungi kunning dolzarb masala va sohalaridan biri bu albatta banklarda buxgalteriya hisobi sanaladi. Hozirgi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan global integratsiyalashuv hamda taraqqiyot asrida bank buxgalteriya hisobini mukammal bilish, uni tahlil qila bilish va uning asosida xulosa chiqara olish muhim bo‘lib bormoqda va bunday talablardan kelib chiqib talabalarni hamda xodimlarni yangi davr talablari asosida tayyorlash yetakchi vazifaga chiqmoqda. Yuqoridagi fikrlar orqali mazkur hisobotning dolzarbligi mujassam bo‘ladi.
Bank bozor munosabatlarining boshqa subyektlaridan farqli o‘laroq, pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini o‘zida yig‘uvchi, uni zaruriyat mavjud bo‘lgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag‘larini samarali ishlatish asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi moliyaviy muassasa hisoblanadi.
Bank o‘z faoliyatini qonun va qoidalar asosida aniq va samarali olib borishi, nafaqat, bank faoliyatini rivojlantiradi, balki butun jamiyatning va iqtisodiyotning ravnaq topishiga, jamiyat a’zolari hayot sharoitlarining yanada ko‘tarilishida asos bo’ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin