O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT ” KAFEDRASI
“BANK ISHI”
fanidan 5230700 “Bank ishi va auditi” ta’lim yo‘nalishi
4-kurs talabalari uchun tayyorlangan
MA’RUZALAR MATNI
Qarshi-2023
2
Tuzuvchi: “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi
katta o‘qituvchisi H.Azimova
Taqrizchilar:
Turonbank ATB Qarshi BXM
Chakana biznes bo’limi boshlig’i: O.Jo’rayev
“Buxgalteriya hisobi va audit”
kafedrasi dotsenti:
S.Egamberdiyeva
Mazkur ma’ruzalar matni 5230700 “Bank ishi va auditi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs
talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda ushbu fanning sillabusi asosida barcha
mavzularning asosiy mazmuni yoritilgan.
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi yig’ilishida ma’ruzalar matni to’plami
(bayon №__ “___” ________2023__ yil) “Iqtisodiyot” fakul’teti Uslubiy
komissiyasida (bayon №__ “__” ________ 2023__ yil) va institut Uslubiy
Kengashida ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
3
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori va barqaror sur’atlarda o’sishini va
raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakat bank tizimining va uning muhim tarkibiy qismi
bo’lgan tijorat banklari faoliyatining barqarorligini ta’minlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.Bu
esa “Bank ishi” fanini o’rganishga nisbatan yangi talablarini qo’yadi. Ushbu ma’ruzalar
matnida monetar siyosatning nazariy asoslari,makroiqtisodiy ko’rsatkichlari,pulga bo’lgan
talab.pullar taklifi va pul agregatlari hamda uning moliyaviy barqarorligi kabi masalalari o’z
aksini topgan.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitda tovar ishlab chiqarish va
ayirboshlash munosabatlari pul va banklarning ishtirokisiz amalga oshmasligi
barchamizga ma’lum. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning
asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan bo‘lib, ushbu faoliyatning asosini ham pul
tizimi va bank tizimi bilan bog‘liq qator munosabatlar tashkil etadi. Bu o‘z-o‘zidan,
keyingi yillarda, mamlakatimiz oily o‘quv yurtlarida iqtisodchi mutaxassislarni
tayyorlashda “Bank ishi” faninig ahamiyatini keskin oshirmoqda. E’tirof etish joizki,
mamlakatimizning iqtisodiyot va moliya yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari professor-
o‘qituvchilari tomonidan “Bank ishi” fani bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr
etilgan.
Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish
sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida, 2022-yilda yillik
inflyatsiya darajasini 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz hamda fiskal taqchillikni 3 foizgacha
pasaytirish choralari ko‘rilib, keyinchalik inflatsiya va Davlat budjeti taqchilligi ushbu
ko‘rsatkichdan oshmasligi nazarda tutilgan. Bunda, davlat ulushiga ega tijorat banklarida
transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy
sektor ulushi 60 foizgacha chiqarilsin
1
.
Reyting agentliklarining O‘zbekistonda valyuta,
savdo va narx siyosati erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi institutsional o‘zgarishlar,
mamlakat oltin-valyuta va byudjet zaxirasi etarli ekani, davlat qarzining kamligi singari
omillarga alohida e’tibor qaratayotgani. O‘zbekistonni Global raqobatbardoshlik
reytingiga kiritish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish. Mamlakatimizda bank
kapitalining asosiy qismi davlatga tegishli ekani-bank tizimidagi asosiy muammo.
Uning bank sektorida sog‘lom raqobatga, xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir
qilayotgani. Xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini rivojlantirish
bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish lozimligi,bank tizimiga xususiy va
xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich
kamaytirib borishning sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini,
kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qilishi muhimdir.
1
Dostları ilə paylaş: |