Kapital qo’yilmalar va kapital bozori



Yüklə 144,73 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü144,73 Kb.
#140023
  1   2   3   4   5   6
Kapital qo’yilmalar va kapital bozori (1)

Kapital qo’yilmalar va kapital bozori





Reja:



1.Kapital qo’yilmalar va kapital bozori

2.Qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi investitsiya
3. Investitsiyani hisoblashda diskontlangan qiymat

Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).


Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqaradi, ya′ni u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, ma`naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya′ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir.
Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiklaydi. Masalan, uskuna 1000000 so`m bo`lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo`lsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o`tkaziladi deb qaraydigan bo`lsak, har yilgi daromaddan 100000 so`mdan amortizatsiyaga ajratish kerak bo`ladi. Aylanma kapital bir yil davomida o`zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o`tkazib qayta tiklanadi.
Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bog`liqdir. Kelajakda ko`proq daromad olish ishtiyoqi ko`pchilikni bugungi iste′molining bir qismidan voz kechib, uni jamg`arishga undaydi. Jamg`arilgan mablag` pul ko`rinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma`lum muddatga qo`shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti 310 bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan qo`shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi. Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma`lum muddat oralig`ida foydalanganligi uchun to`lanadigan narxdir.
Kapitaldan foydalanishni tahlil qilganda bugun sarflangan mablag`ni kelajakda sarflanadigan mablag` bilan taqqoslash yoki bugun olinadigan daromad bilan kelajakda olinadigan daromadni taqqoslash muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda vaqt omilini e`tiborga olish kerak bo`ladi. Bugungi sarflangan bir so`m bir yildan keyin sarflanadigan bir so`mga teng emas. Bularni bir-biriga tenglashtirish uchun, avval ularni bir vaqtga keltirish zarur bo`ladi. Turli xil yillardagi xarajatlarni yoki daromadlarni bir yilga keltirishda diskont ko`paytiruvchisidan foydalaniladi.
Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang`ich vaqtga keltirish hisobkitoblariga diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda keng qo`llaniladi. Investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida bo`ladigan xarajatlar bilan loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga to`g`ri keladi. Kelajakda olinadigan daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan kichik bo`ladi. Nima uchun deganda, joriy daromadga (ya′ni, bugungi kundagi daromadga) kelajakda foiz bo`yicha qo`shimcha daromad olish mumkin. Loyihalarni tahlil qilishda loyiha qiymatini aniqlash uchun bugungi kunda qo`yilgan kapital mablag`lar bilan loyiha amalga oshirilgandan keyin olinadigan daromadlarni solishtirish zarur bo`ladi. Buning uchun joriy xarajatni va kelajakda olinadigan daromadni hisob-kitob qilish kerak
Loyiha deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi. Investitsiya - daromad olish uchun qo`yiladigan kapital mablag`. Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to`ldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi. Yalpi investitsiyalash - kapital zahirasining umumiy o`sishidir. Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish. Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag`ni ajratgandan keyingi qolgan qismi. Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - Qoplash
Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo`lsa, sof investitsiya musbat bo`ladi (bu holda kapital ko`payadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo`lsa, sof investitsiya manfiy bo`ladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo`lsa, kapital hajmi o`zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi). Qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda kapitalning ichki o`zini oqlash koeffisienti r dan va ssuda foizi i dan foydalaniladi. Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi ularning chekli ichki oqlash koeffisientidan ssuda stavkasi foizini ayirirsh orqali aniqlanadi:r=r-i,bu yerda r-chekli sof qoplash ;i-ssuda stavkasi foizi .Agar r=i bo’lsa, investitsiyadan olinadigan foyda maksimal bo’ladi







Do`konlarning sotish quvvati (bir kunlik), kg

Umumiy investitsiya (kapital mablag`i sarfi), so`m


Chekli investisiya, so`m


Kapitalga to`lanadigan chekli foiz, so`m


Chekli sotish xarajatlari, so`m


Chekli umumiy xarajatlar, so`m (MC)


Investitsiyadan olinadigan daromad, so`m (MR)





Chekli foyda, so`m























1000

100000

100000

10000

5000

115000

120000

5000

2000

200000

100000

10000

7500

117500

120000

2500

3000

300000

100000

10000

10000

120000

120000

0

4000

400000

100000

10000

12500

122500

120000

-2500

5000

500000

100000

10000

15000

125000

120000

-5000



Bir yillik ivestitsiya qaytimlari
Ishlab chiqarish masshtabi oshishi bilan birga chekli xarajat ham oshib boradi, shuning uchun ham MC chizig`i musbat yotiqlikka ega. Chekli daromad 120000 ga teng bo`lganligi uchun MR chizig`i 120000 nuqtadan o`tib abtsissa o`qiga parallel bo`ladi. MC chizig`i bilan MR chizig`ining kesishgan nuqtasi maksimal foydani ta`minlaydigan optimal sotish quvvati 3000 kg ga teng ekanligini aniqlaydi.
r=

Sotish quvvati, kg


r - chekli qoplash normasi, %


Ssuda foizi stavkasi i , %


Investitsiyani chekli sof qoplash normasi (r) , %


1000

15,0

10,0

5,0

2000

12,5

10,0

2,5

3000

10,0

10,0

0,0

4000

7,5

10,0

-2,5

5000

5,0

10,0

-5,0




Sotish quvvati, kg


r - chekli qoplash normasi, %


Ssuda foizi stavkasi i , %





1000

15,0

10,0

5,0

2000

12,5

10,0

2,5

3000

10,0

10,0

0,0

4000

7,5

10,0

-2,5

5000

5,0

10,0

-5,0

Endi chekli qoplash normasi koeffisienti r ni va ssuda foiz stavkasi i bilan taqqoslaymiz


Bir yillik qo`yilgan investitsiyaning chekli oqlash normasi
Sotish masshtabi oshishi bilan o`zini oqlash normasi 15 foizdan 5 foizga tushadi. i = r bo`lganda, investitsiyadan olinadigan daromad maksimallashadi, ya′ni sotish hajmi 3000 kilogrammga etadi. 1510 5 1000 2000 3000 4000 5000
i,rQ I=10% Kapitalning chekli qoplash normasi Ssuda foizi stavkasi o`zgarmas bo`lib 10% ga teng bo`lgani uchun, uning chizig`i abtsissa o`qiga parallel joylashadi. Chekli oqlash normasi do`konlarning sotish quvvatiga qarab o`zgaradi, ya′ni r sotish masshtabi oshishi bilan pasayib boradi. Chekli oqlash normasi chizig`i investitsiyaga bo`lgan talab chizig`ini ifodalaydi. Talab chizig`idan ko`rish mumkinki, foiz stavkasi qancha yuqori bo`lsa, kapitalga bo`lgan talab shuncha kam va aksincha, foiz stavkasi qancha past bo`lsa, kapital mablag`ga bo`lgan talab shuncha yuqori bo`ladi. Foydani maksimallashtiradigan sotish hajmi i = r bo`lganda 3000 kilogrammga teng bo`ladi. Asosiy kapitalga qo`yilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli bo`ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya′ni undan foydalanish muddati mavjud bo`lib, u chegaralangan bo`ladi. Asosiy kapital xizmat ko`rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi. Uzoq muddatli oraliqdagi kapital qo`yilmadan olinadigan foydani hisoblash uchun asosiy kapitalning xizmat ko`rsatish muddatini va undan foydalanish davomida har yilda olinadigan daromadni bilish kerak bo`ladi
Investitsiya qo`yishdan maqsad, kelajakda olinadigan daromadlarni va qilinadigan xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning qiymatini baholash mumkin bo`ladi. Investitsiyani baholashda sof keltirilgan qiymat mezoni (NPV) ishlatiladi. Bu mezonga ko`ra, agar olinadigan daromad investitsiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori bo`lsa, investitsiya amalga oshiriladi Kapital – moliyaviy menejmentda doimiy foydalanib kelinayotgan iqtisodiy kategoriyalardandir, mamlakatni bozor munosabatlariga o‘tishi bilan o‘zini yangi mazmuniga ega bo‘ldi. Korxonaning tashkil etilishi va rivojlanishida bosh iqtisodiy negiz bo‘lib, kapital o‘zini mavjudligi va xarakati jarayonida davlat, mulkdorlar va ishchi xodimlar manfaatlarini ta’minlaydi.
Moliyaviy menejment yo‘nalishlarida kapital mablag‘lar qiymatini pul, moddiy va nomoddiy shaklda, uning aktivlarini shakllantirishda investitsiyalashtirilganligini xarakterlaydi.
Korxona kapitalini iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, birinchi navbatda uning quyidagi tavsiflarini ko‘rib o‘tish zarur:
1.Kapital korxona ishlab chiqarishini asosiy omili hisoblanadi. Iqtisodiy nazariyada ishlab chiqarishni 3 ta asosiy omilini ajratib ko‘rsatish mumkin, korxonalar xo‘jalik faoliyatini ta’minlashda ishlab chiqarish - kapitali; yer va boshqa tabiiy resurslar; mehnat resurslari. Yagona ishlab chiqarish kompleksida barcha omillarni birlashtiruvchi omil bo‘lib, ishlab chiqarish kapitali muhim o‘rin egallaydi.
2.Kapital daromad keltiruvchi korxona moliyaviy resurslarini xarakterlaydi. Kapital bu o‘z o‘rnida – ssuda kapitali shaklida ishlab chiqarish omillaridan ajralmagan holda korxonaning daromadini shakllantirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish(operatsion) faoliyat emas, balki moliyaviy (investitsiya) faoliyati sohasini belgilaydi.
3. Kapital korxonaning mulkdorlarini boyligini shakllantiruvchi bosh asosiy manba hisoblanadi. U bu zaruriy darajada boylikni shakllantirishni joriy va kelajakda ta’minlash uchun zarurdir. Joriy jarayonda ishlatilgan kapitalning bir qismi kapital tarkibidan ajralib, uning mulkdorlarini (egalarini) kelajakda yo‘naltirilgan ehtiyojlarini ta’minlaydi.
4. Korxona kapitali uning bozor qiymatini asosiy o‘lchovi hisoblanadi. Unda korxona jami o‘z kapitallarini aktivlarga nisbatan hajmini belgilaydi. Bu yerda ishlatilgan o‘z kapitallarini tarkibini chetdan jalb qilingan kapitallari qo‘shilgan tarkibi bilan foyda olishni belgilaydi.
5. Korxona kapitali dinamikasi uning xo‘jalik faoliyati samaradorligi darajasining muhim barometri hisoblanadi.




Yüklə 144,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin