Mavzu: Albert Kamyu “Begona” Bajardi: Turopov Sharofiddin



Yüklə 143,17 Kb.
tarix24.01.2023
ölçüsü143,17 Kb.
#122520
Turopov Sharofiddin Falsafa mustaqil ish

Mavzu: Albert Kamyu “Begona”

Bajardi: Turopov Sharofiddin

Tekshirdi: Nurullayeva Zulhumor

“Begona”

  • Fransuz yozuvchisi va faylasufi Alber Kamyu (1913–1960) oʻtgan asrning 50-yillarida jahon intelligensiyasi tafakkuri va dunyoqarashiga katta taʼsir koʻrsatgan ijodkorlardan sanaladi. Zamondoshlari unga “Gʻarb vijdoni” degan sharafli nom bergandilar.
  • 1957 yili Shvetsiya akademiyasi Kamyuga “adabiyot rivojiga qoʻshgan ulugʻ xizmatlari, unda inson vijdonini real voqelikka aylantirgani uchun” xalqaro Nobel mukofotini beradi. Mukofot topshirish marosimida soʻzlagan nutqida, adib oʻz hayoti va ijodiga nazar tashlar ekan, jumladan, shunday xulosa qiladi:
  • “… men oʻz zamonimning galerasi (kemasi)ga mixlanganman, boshqalarga qoʻshilib eshkak eshishim, kemada baliq hidi anqib turganligi, jallodlarning bisyorligi, bu ham yetmagandek, notoʻgʻri yoʻl olinayotganiga qaramay, undan tushib qolmasligim uchun mahkam kishanlab qoʻyilganman”

“Begona”

  • "Begona" romani 1940- yilda yozib tugatilgan, 1942- yilda dunyo yuzini ko'rgan. Qissa XX asr fransuz adabiyotining, aniqrog'i, "Kamyu avlodining eng yaxshi asari", "asr san'atidagi eng yirik falsafiy asotirlardan biri" deya baholangan. Yaratilganiga 60 yildan ko'p bo'lganiga qaramay "Begona" hanuz Fransiyada eng sevib o'qiladigan asarlardan hisoblanadi. Roman vatanidagina emas, jahonning ko'plab mamlakatlarida ham shuhrat qozongan."Begona" asari juda ham bahslarga sabab boʻlgan dunyo tan olgan roman. Negadir bu asarni oʻqisam xayolimga adabiyotdagi iyhom sheʼriy sanʼati kelaveradi (iyhom - jumladagi bir soʻzda ikki xil maʼnoni anglash). Demak, avvalo, asardan olgan yuzaki gʻoyam haqida qisqacha: asar Mersoga onasining oʻlimi haqidagi telegramma kelishi bilan boshlanadi. Merso onasi vafotidan taʼsirlanmaydi ham, u uchun qaygʻurmaydi ham. Hatto koʻrishni ham istamaydi. Toʻgʻrisi, har qanday inson degan maxluqot, gʻirt begona vafot etsa ham, qalbi ogʻriydi-ku! Koʻmish jarayonida esa u qalban emas, jismonan azob chekadi. Issiq, bir kun oldingi uyqusizlik. Dafn marosimidan soʻng, Mari bilan koʻrishib koʻngilxushlik qiladi.

“Begona”

  • Asarda Salamano chol va uning iti obrazlari mavjud. Kunlardan bir kun Salamanoning iti yoʻqolib qoladi, (Salamanoning itini koʻp urardi) dastavval jahli chiqadi-yu, ammo keyin itini koʻp axtaradi, oʻrganib qolganligini aytadi, siqiladi. Bir inson iti uchun shuncha xafa boʻlsa-yu, onasi vafot etgani uchun zigʻircha siqilmagan Mersoni koʻrsatib bermoqchimidi, muallif. Sujetda davom etamiz. Asarga Merosining doʻsti Raymon qoʻshildi. Raymon ikki arab bilan yoqalashib qoladi. Bunga Merso ham aralashadi. Oradan vaqt oʻtib, Merso, Mari Raymonlar sohilga borishadi. U yerda oʻsha arablar bilan toʻqnashuv sodir boʻladi, Raymon yaralanadi. Uni shifokorga olib borishadi. Merso sohilga qaytib kelib arablardan birini uchratadi va otib qoʻyadi. Shundan soʻng Mersoning hayotida tutqunlik davri boshlanadi, bu yerda koʻproq sigaret cheka olmaslik, icha olmaslik, Mariga oʻxshagan kim bilandir uchrashib tura olmaslikdangina azob chekadi, ammo bunga ham koʻnikadi. Oʻn bir oylik tergovdan soʻng uni oʻlimga hukm qiladilar. Eʼtibor bersangiz, bu toʻgʻriday: odam oʻldirdi va jazolandi. Endi asardan olgan ikkinchi asosiy gʻoyamga oʻtsak, Merso onasi uchun yigʻlamadi, sababi onasi u uchun avvalroq, qariyalar uyiga ketganida vafot etib boʻlgan edi. Lekin u munofiqlik qilishi, boshqalar kabi yolgʻondan iztirob chekishi mumkin edi, ammo bularni oʻziga ep koʻrmaydi.

“Begona”

  • Bizning "Begona"miz kimga begona? Oʻz jamiyatiga, oʻzining muhitiga begona. Mersoga boshligʻi Parijdan ajoyib ish taklif qiladi, ammo Merso unga farqi yoʻqligini aytadi. U boshligʻiga yaltoqlanmaydi, tilyogʻlamalik qilmaydi. Ichida qanday javob boʻlsa, shundayligicha aytadi-qoʻyadi. Mari undan sevishi soʻraganda ham bunaqa narsalar unga qiziq emasligini, umuman unga farqi yoʻqligini aytadi. Mana uning begonaligi. Merso - murakkab obraz absurd jamiyatdagi absur qahramon. Merosining tergov qilinishi, sud qilinishiga eʼtibor qilsak, u bir insonni oʻldirgani uchun emas, onasining janozasida yigʻlamagani, siqilmagani uchun, butun jamiyat eʼtiqod qilib kelayotgan "odob qoidalari" ga amal qilmagani, Xudoga ishonmagani uchun sudlanib oʻlimga hukm qilinadi. Tergovchi uni onasining janozasida xafa boʻlmagani, koʻmganlaridan soʻng Mari bilan kinoga borib koʻngilxushlik qilganini dalil sifatida keltirsa, advokat yashirishga urinadi. Merso ham onasining oʻlimidan qattiq iztirobda ekanini aytishi, oʻzini yolgʻondan xafa qilib koʻrsatishi mumkin va bu bilan oʻlimdan qutulib qolishi mumkin edi, biroq u munofiqlik qilmaydi. Onasini oʻlimidan soʻng yigʻlamagani bu uning koʻngil ishi, Xudoga ishonmasligi, eʼtiqodsizligi uning kimnidir oʻldirganligi uchun dalil boʻla olmaydi.

“Begona”

  • Asarning tili ham sovuqroq tarzda, bir maromda, atrofga befarq, jamiyatdan begona uslubda. J.P. Sartr asarda hikoya qilish uslubining qurilishiga eʼtibor berarkan jumladan quyidagilarni aytgani ayni haqiqat:
  • “… har bir jumla – bu oʻtkinchi lahza, koʻz ochib yumguncha oʻtadigan soniya har bir jumla orolga oʻxshaydi. Biz ham jumladan jumlagacha, fanodan fanogacha sakrab-sakrab harakatlanamiz”
  • Xullas, asar yaratilgandan beri koʻplab bahslarga sabab boʻlib kelmoqda. Balki bu uning ekzistensializm yoʻnalishda yozilgani uchundir. Lekin roman har bir kitobxon mushohada qilib oʻqiydigan asarlar qatoridan joy olsa arziydigan asar.

E’tiboringiz uchun rahmat!

.


Yüklə 143,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə