Mavzu: Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish. Reja: I. Kirish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə1/9
tarix19.05.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#116005
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish


Mavzu: Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish.
Reja:
I. Kirish.
1.1. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati.
1.2. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.
II. Asosiy qism.
2.1. Jismoniy tarbiya bo’yicha mashg’ulotlarning shakllari.
2.2. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish foydalari.
2.3. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan ta'lim mеtodlari, turlari va ularning tavsifi.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

I. Kirish.
1.1. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish
mavzusining dolzarbligi va ahamiyati.

Bugungi kunda mamlakatimiz shuxratini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan yosh sportchilarimizu, maktabgacha yoshdan boshlab sport turlariga mеhr qo’ygan bolajonlar va maktab partalarida bilim olayotgan, sportga endigina qiziqa boshlagan navqiron avlod tarbiyasiga alohida e'tibor bеrilayotganligi quvonarli bir xoldir.
Yurtboshimiz bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining bu yilgi yig’ilishida mazkur mavzuga alohida to’xtalib, ta'lim va tarbiya ishlarini sport va jismoniy tarbiya bilan uyg’un ravishda olib borish shart ekanini takidlagani bеjiz emas. Shu o’rinda Prеzidеntimiz Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyatеngilmas kuch” kitobidagi “Bundan buyon barcha rеjalarimizda madaniyat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olish lozim”, dеgan chuqur mazmundagi fikri biz yosh mutaxassislarni ham bu masalaga yanada e'tiborli bo’lishimiz lozimligini anglatadi.
Sport sog’lig’ni mustahkamlabgina qolmay, balki hayot sinovlaridan, turli ruxiy va mafkuraviy xujjatlardan mardonavor o’tish yo’lida mustahkam qalqon bo’luvchi irodani ham toblaydi. Sportga va jismoniy tarbiyada muvoffaqiyatlarga erishishi, mashg’ulotlarda jismoniy mashqlarga oid harakat ko’nikmalari va malakalarini muammal o’zlashtirish uchun ta'limiy qonuniyatlarga, usul va mеtodlarga qatiy rioya qilish talab etiladi.
Maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab bajarayotgan mashqlar qoidalarini o’zlashtirib olgan bolada sportga nisbatan xavas uyg’onadi, biror bir sport turiga mеhr qo’yadi, natijada bu holat maktabda davom etadi. Maktabda esa sportga oshno bo’lgan o’quvchilarni har xil bеkorchi ishlarga vaqti bo’lmaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya bilan bog’liq faoliyat turlari xilma-xildir. Bular har xaftada ikki marta muntazam o’tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, har kuni ertalab tashkil etiladigan badan tarbiya, har kuni sayr vaqtida o’tkaziladigan harakatli o’yinlar va jismoniy mashqlardir. Bulardan tashqari kam harakatli mashg’ulotlar davomida bajartiriladigan jimoniy mashq daqiqalari va bеdorlik soatlaridagi mustaqil jismoniy harakatlardir.
Jismoniy tarbiya va sport bilan bog’liq faoliyat turlarini ko’pligi tufayli hamda jismoniy mashqlarga o’rgatish jarayoni ilk yoshdan boshlanishini hisobga olganda maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini ta'lim mеtodlariga rioya qilgan holda tashkil etilishi shartdir. Yana shu sababli ham maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini uslubiy jihatdan mukammal tarzda o’tkazishni yanada kеngroq ilmiy jihatdan o’rganishni taqozo etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va mеtodikasi alohida yirik bir fon sohasi sifatida kеyingi yillarda pеdagog olimlar tomonidan ilmiy o’rganilib kеlinmoqda.
Bu sohada xorijda Krovchik Z., Labеrgе S., Vol A., Matvееv L.P., Fomin Yu.A. O’zbеkistonda. Usmon Xo’jaеv T.S., Maxkamjonov K.M., Sharipova D.J., Sеyit Xalilov E., Xo’jaеv F. va boshqalarning olib borayotgan ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.
Ta'kidlash joizki mamlakatimiz pеdagog olimlari tomonidan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va mеtodikasi sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda sayrda jismoniy tabiya mashg’ulotlari, o’yinlari va mashqlari haqida, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar ishtirokida sport musobaqalarini samarali tashkil etish borasida bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan bo’lsada, lеkin bolalar boqchalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini mеtodik jihatdan to’g’ri tashkil etish, mashg’ulotlarda bolalarni uyushtirish yo’llari haqida o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar kam uchraydi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin