Mavzu Ko‘p xonali sonlar Darsning maqsadi



Yüklə 41,52 Kb.
səhifə1/2
tarix28.02.2023
ölçüsü41,52 Kb.
#123693
  1   2
K.Nargiza 20-27


  1. Mavzu Ko‘p xonali sonlar

Darsning maqsadi:
- Sonlarni xona qo‘shiluvchilarning yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlay olish malakalarini mustahkamlash.
- Minglar sinfi ichida sonlarni raqamlash to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash.
-Arifmetik amallar bajara olish malakalarini rivojlantirish.

I Tashkiliy qism.


II Darsga hozirlik ko‘rish.
Dasrning maqsadi aytilib o‘tiladi.
III Dars tafsilotlari.

Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha sharhlar:



  1. O‘quvchilar bilan massa o‘lchov birliklari haqida suhbat o‘tkazilib, o‘lchov birliklari esga olinadi. Keyin topshiriqlarni o‘quvchilar doskada bajaradilar.



  1. Berilgan sonlar oldin o‘quvchilarga o‘qib berilib og‘zaki tahlil qilinadi. Keyin o‘quvchilarga doskada bajartiriladi.

kabi.

  1. Masala matni bir o‘quvchiga o‘qitiladi. Masala savol-javob asosida tahlil qilinadi. Masala quyidagicha yechiladi:



Javob : 25 varoq

  1. Masala bir o‘quvchiga o‘qitiladi va sinf doskasida bajartiriladi.



  1. Berilgan misollar o‘quvchilarga og‘zaki bajartiriladi. Topshiriqni bajarishdan oldin o‘quvchilar bilan sonlarni 10 marta, 100 marta va 1000 marta orttirish va kamaytirish haqida suhbat o‘tkaziladi.

  2. Masala bir o‘quvchiga o‘qitiladi va masala mazmuni savol-javob asosida tahlil qilinadi.

Keyin masala quyidagicha yechtiriladi:

  1. 135

  1. 1) Birinchi topshiriq quyidagicha bajariladi. Masalan, 4 sonini so‘z bilan yozish kerak bo‘lsa, “ to‘rt” to‘rta xarf kerak bo‘ladi va ho kazo.

  1. Bu topshiriqni o‘quvchilarning o‘zlariga berilgan namunaga qarab mustaqil bajaradilar.

IV Darsni yakunlash va baholash.
Darsga hulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- misollarni yechish va 2- topshiriqni bajarish.
22-mavzu. Yassi shakllar.
Darsning maqsadi:
- yassi shakllarni farqlay olish haqidagi o‘quvchilarga tushuncha berish;
- yassi shakllarning perimetri haqidagi tushunchalarini takrorlab esga olish;
- shakllarning perimetrini hisoblashga doir misol va masalalar yecha olish malaka ko‘nikmalarini rivojlantirish;
I Tashkiliy qism
II Darsga hozirlik ko‘rish
Darsning maqsadi aytib o‘tiladi.
O‘qituvchi oldindan tayyorlangan yassi shakllarning maketini olib keladi.
III Dars tafsilotlari
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha sharhlar:

  1. Rasmda qanday shaklar tasvirlangan. Nomarini ayting.

Har bir raqam yozilgan shakllarning nomini ayting.


- Rasmda kvadrat, doira, uchburchak, oltiburchak va to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak tasvirlangan. Bularni umumiy nom bilan yassi shakllar deyiladi.

  1. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat bir-biriga nimalari bilan o‘xshash va nimalari bilan farq qilishi o‘quvchilardan so‘raladi. Kerak bo‘lsa o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini to‘ldirib boradi.

  2. To‘g‘ri burchakli to‘rtburchakda tomonlari 4ta. Beshburchakda 5 ta va oltiburchakda 6 ta tomoni borligi o‘quvchilarga tushuntiriladi.

  3. Berilgan to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakda qarama-qarshi tomonlari teng bo‘lgani uchun bittadan eni va bo‘yi o‘lchanibn natijalari qo‘shiladi va ikkiga ko‘paytirilib perimetri topiladi. Qolgan shakllar : to‘rtburchakning burchak toonlar o‘lchanib natijalari qo‘shiladi. Oltiburchakning 1 ta tomoni o‘lchanib natijasi 6 ga, beshburchakning esa 1ta tomoni o‘lchanib natijasi 5 ga ko‘paytirilib, perimetri topiladi.

  4. Misollarni yechishdan oldin o‘quvchilarga qisqacha uzunlik va vaqt o‘lchovlari haqida tushuncha beriladi va o‘quvchilarga doskada bajartiriladi.

  5. Amallarni o‘quvchilarga doskada navbat bilan yechtiriladi.

  6. O‘quvchilar bilan uchburchaklarni sanash mashqi o‘tkaziladi. Berilgan shaklda 5 ta uchburchak borligi aniqlanadi. D nuqtadan boshlanadigan uchburchaklar DBA, DCA, DCE va DAE nomlari daftariga yozdiriladi.

  7. Jadvaldagi xatoliklarni aniqlash uchun berilgan natijalarni tekshirib tahlil qilamiz. bo‘lsa, bo‘ladi.

emas bo‘ladi.
Agar : bo‘lsa emas 1001 bo‘ladi.
Agar : bo‘lsa emas bo‘ladi.
IV Darsni yakunlash va baholash.
Darsga hulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib baholanadi.
Uyga vazifa : 1-topshiriqlarni va 2- tengsizliklarni bajarish.



  1. mavzu: Fazoviy jismlar.

Darsning maqsadi:
- fazoviy jismlarni farqlay olish haqida tushuncha berish;
- fazoviy jismlarnin elementlari haqida tushuncha hosil qila olish;
I Tashkiliy qism .
II Darsga hozirlik ko‘rish.
Darsning maqsadi aytib o‘tiladi. O‘qituvchi oldindan tayyorlangan fazoviy jismlarning kichraytirilgan maketlarini olib keladi.
III Darsning tafsilotlari.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha sharhlar:

  1. Dastlab o‘quvchilarga kvadrat, silindr, piramida, konus , shar va parallelopiped kabi fazoviy jismlar haqida tushuncha beriladi. Bunday jismlarga fazoviy jismlar deyiladi. O‘quvchilardan darslikda rasmlari berilgan shakllarning nomlari so‘raladi.

  2. Rasmda tasvirlangan fazoviy shakllarning birinchisi kub, ikkinchisi esa parallelopiped. Ularning bir-biriga o‘xshash tomonlari : ikkala shaklda ham oltitadan tomonlari bor. Sakkiztadan qirralari bor. Har ikkala shakldagi barcha burchaklari to‘g‘ri burchak, farqli tomonlari esa kubning hamma tomonlari bir-biriga teng, parallelopipedda esa bir tomoniga nisbatan ikkinchi tomoni uzunroq bo‘ladi.

  3. Sinf xonasida parallelopiped va kubga misol bo‘ladigan nimalar borligini topish o‘quvchilardan so‘raladi.

  4. O‘quvchilardan atrofimizda kub va parallelopipedga misol bo‘ladigan narsalarning nomlarini aytish so‘raladi.

  5. Futbol to‘pi qaysi fazoviy jismga o‘xshaydi? Shar shakliga misol bo‘ladigan yana qanday narsalarni bilasiz? Nomlarini ayting.

  6. Berilgan tengsizliklarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlash uchun berilgan tengsizliklardagi o‘lchov birliklarini bir xil o‘lchamga keltiramiz. Masalan :

  7. Demak kabi qolgan topshiriqlar o‘quvchilarga doskada bajartiriladi.

  8. Masala bir o‘quvchiga o‘qitiladi. Keyin o‘quvchilar bilan masala mazmuni savol-javob asosida tahlil qilinadi va bir o‘quvchiga doskada yechtiriladi.



Javob : 480 kg
8.Misollarni yechishdan oldin sinfdagi o‘quvchilarni teng ikki guruhga bo‘lib misollarni musobaqa shaklida yechish kerakligi aytiladi. Darslikda berilgan misollarni o‘quvchilar kitobdan yozib olib mustaqil bajaradilar. Misollarni oldin va to‘g‘ri bajargan guruh o‘quvchilari rag‘batlantiriladi. IV Darsni yakunlash va baholash
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batilantirilib baholanadi.
Uyga vazifa : 1- masala v a 2- tenglamalarni yechish.

24-mavzu. Takrorlash


Darsning maqsadi :
- ikkinchi sinf, minglar sinfi ichida sonlarni o‘qish, yozish va xona qo‘shiluvchilarining nomalumni ayta olish ko‘nikmalarini mustahkamlsh;
- uzunlik va massa hamda vaqt o‘lchov birliklariga oid bilimlarni esga olish;
I Tashkiliy qism.
II Darsga hozirlik ko‘rish.
Darsning maqsadi aytib o‘tiladi.
III Dars tafsilotlari.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha shrhlar.
1. Berilgan misollar o‘quvchilarga navbatma – navbat o‘qitiladi, keyin xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida yozdiriladi
kabi.
2. Berilgan topshiriqni bajarishda quyidagi sonlar oldin o‘quvchilarga o‘qitiladi va cho‘tga soldiriladi 850470, 572079, 122442, 976215.
3.

Bu misollar o‘quvchilarga o‘qitiladi, keyin nollar bilan tugagan sonlarni 10 ga, 100 ga va 1000 ga bo‘lish qoidasi esga olinadi.
4. Berilgan misollar o‘quvchilarga doskada navbatma – navbat bajartiriladi. Misollarni yechtishdan oldin o‘quvchilarga amallar tartibi: ( oldin qavs ichidagi amallar, keyin ko‘paytirish va bo‘lish amallari berilgan tartib bo‘yicha bajariladi)
5. Berilgan misollarni yechishda ustun shaklida yechiladigan misollarni qanday yechish kerakligi haqidagi qoida eslatiladi :
Shundan so‘ng berilgan misollar ustun shaklida yozib yechtiriladi.



6. O‘quvchilarga berilgan topshiriq mustaqil bajartiriladi. Topshiriqni o‘quvchilar bajarishlari uchun 3-5 minut vaqt ajratiladi va to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.


7. Sinf doskasining eni va bo‘yi o‘lchanadi. Keyin sinf doskasining perimetri mert va detsimetrlarda hisoblanadi.
IV Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- misollar va 2- masalalarni yechish.

25-Mavzu. Takrorlash.


Darsning maqsadi :


- ikkinchi sinf, minglar sinfi ichida sonlarni o‘qish, yozish va xona qo‘shiluvchilarining nomalumni ayta olish ko‘nikmalarini mustahkamlsh;
- o‘tilgan mavzularga doir o‘quvchilar bilimini kengaytirish, mustahkamlash va takrorloshga doir mashqlar bajarish.
I Tashkiliy qism.
II Darsga hozirlik ko‘rish.
Darsning maqsadi aytib o‘tiladi.
III Dars tafsilotlari.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha shrhlar.
1. Berilgan sonlarni bir-biri bilan taqqoslanadi. Keyin xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalanadi.
a) , , , , b) 3
yoki : kabi.
2. Berilgan yigirma to‘rt ming to‘qson uch, qirq ikki ming sakkiz yuz, o‘ttiz sakkiz kabi sonlarni sinflarga ( minglar va yuzlar ) ajratib o‘qitiladi.
3.Quyidagi sonlar: 785,9,36,129,919,376 o‘qitiladi.
a) Bu sonlar birlar sinfining sonlari ekanligi ta’kidlanadi.Keyin shu sonlar o‘sib borish tartibida yozdiriladi. Masalan :9,36,129,376,785 va 919 kabi.
b) Bu sonlar minglar sinfining sonlari bo‘lganligi uchun 785000 ,97000, 214000, 9000, 536000 deb o‘qiladi. Keyin bu sonlar ham o‘sib boorish tartibida yozdiriladi:9000, 97000, 214000, 536000, 785000 kabi.
4.Sinf xonasining eni va bo‘yini o‘lchab uning perimetrini topishda o‘qituvching quyidagicha ish tutishi o‘rinli bo‘ladi.O‘qituvchi o‘quvchilar bilan quyidagicha suhbat o‘tkazadi.
- Sinfning eni va bo‘yini qadamlab o‘lchasak necha qadam chiqishi mumkin?
- 1metrli lineyka bilan o‘lchasakchi ?
O‘quvchilar javobi tinlanganidan keyin o‘quvchilarga sinfning eni va bo‘yi qadamlab va metr bilan o‘lchash topshirig‘i beriladi .Shundan so‘ng sinf xonasining perimeteri bir o‘quvchiga doskada yozdirib yechtiriladi.
5. Mashqda berilgan misollarni yechishdan oldin amallar tartibi esga olinadi .Keyin o‘quvchilarga misollar doskada yechtiriladi.
6.Berilgan masala bir o‘quvchiga o‘qitiladi .O‘quvchilar bilan masala matnini tahlil qilishga doir suhbat o‘tkaziladi. Shundan so‘ng masala doskada o‘quvchilarga yechtiriladi.
Masala quyidagicha yechiladi .
1) (kishi)
2) (kishi)
3) (kishi)
Javob: 3 kunda 3470 kishi kelgan
7.Berilgan tenglamalarni yechishdan oldin o‘quvchilarning noma’lum ayriluvchini topish, noma’lum ko‘paytuvchini topish , noma’lum bo‘luvchini topish qoidalari esga olinadi.Keyin doskada tenglamalar o‘quvchilarga yechtiriladi.
8.Sanoq cho‘plar bilan bajarilishi kerak bo‘lgan mashq o‘quvchilarga mustaqil bajartiriladi.
O‘quvchilar sanoq cho‘plaridan quyidagi shakllarni yasaydilar
IV Darsni yakunlash va baholash .
Darsga xulosa yasaladi .Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib ,baholanadi.
Uyga vazifa : 1-masalani yechish va 2-jadvalni to‘ldirish.
26-MAVZU.Natural sonlarni qo‘shish va ayirish.

Darsning maqsadi :


- o‘quvchilarda sonli ifodalar haqida tushuncha hosil qilish;
- arifmetik amallar : ularning o‘qilishi va yozilishi ,arifmetik amallarning bajarilish tartibiga doir masala va misollar yecha olish ko‘nikmalarini mustahkamlash .
I Tashkiliy qism.
II Darsga hozirlik ko‘rish.
Darsning maqsadi aytib o‘tiladi.
III Dars tafsilotlari.
O‘quvchilarning diqqati darslikda berilgan qoidalarga qaratiladi. "Sonli ifoda" haqida tushuncha beriladi. Ifodaning qiymati qanday hosil bo ‘lishi tushuntiriladi.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha sharhlar.
1. Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish b abo‘lish – to‘rt arifmetik amal ekanini, ular yozuvda "+" qo ‘shish, " " ayirihs, "×" ko ‘paytirish va ":" bo‘lish kabi yozilishi tushuntiriladi.
Amallar natural sonlar bilan birga kelganda masalan – yig‘indi, – ayirma, – ko‘paytma, – bo‘linma dedeb yuritilishi, bunda ; ; va SONLI IFODA lar deb yuritilishini o‘quvchilarga tushuntiriladi. Bunday va bohsqa ifodalarning bajarilishi natijasida hosil bo‘lgan sonlar ifodaning qiymati ekanligi ta’kidlab o‘tiladi.
2. a) qachon yig‘indi qo‘hsiluvchilardan biriga teng bo‘ladi?

b) qachon ayirma kamayuvchiga teng bo‘ladi?

Yoki:
Demak
ekanligi haqida o‘quvchilarga tuhsuncha beriladi.
3. Mashqda berilgan sonli ifodalar o‘quvchilarga og‘zaki bajartiriladi.
4. Tenglamalar o‘quvchilarga doskada bajartiriladi.




Tekshirish : Tekshirish :


5. Masala matni bir o‘quvchilarga o‘qitiladi. Masala mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi va doskada yechiladi.
2)
6. Masala matni bir o‘quvchilarga o‘qitiladi. Masala mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi va doskada yechiladi. Shu o‘rinda o‘quvchilar e’tiborini sut sog‘uvchi ayol (ona)ga yordam berayotgan o‘g‘il – qizning onasiga yordamchi, aqlli, odobli bolalar ekanligi aytib o‘tiladi.
Masala quyidagicha yechiladi :
1) 2)
Demak 144 litr sut 4 ta bidonga sig‘ar ekan.
7. Topshiriqni bajarishdan oldin o‘quvchilarga massa va uzunlik hamda vaqt o‘chov birliklari eslatiladi.
Topshiriqlar o‘quvchilarga doskada bajartiriladi.

IV Darsni yakunlash va baholash .
Darsga xulosa yasaladi .Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib ,baholanadi.
Uyga vazifa : 1-misollar va 2-topshiriq.

27-mavzu. Natural sonlarni yozma qo‘shish.


Darsning maqsadi :

  • Ko‘p xonali natural sonlarni yozma qo‘shishni bajarish malakasini chuqurlashtirish.

  • Ko‘p xonali natural sonlarni yozma qo‘shish qoidasi bilan o‘quvchilarni tanishtirish va shu asosda misollarni yechish malakalarini rivojlantirish.

I Tashkiliy qism.
II Darsga hozirlik ko‘rish.
Darsning maqsadi aytib o‘tiladi.
III Dars tafsilotlari.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha shrhlar.

  1. Darslikda berilgan namunaga o‘quvchilar e’tibor qaratadi.

yoki
.

  1. Ko‘p xonali sonlarniyozma qo‘shish qoidasihaqida o‘quvchilarga tushuncha beriladi. Shu qoida asosida darslikda berilgan




Bu misollar qanday yechilganini tushuntirib berish o‘quvchilardan so‘raladi. So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini to‘ldirib umumlashtitadi.



  1. Misollar o‘quvchilarga yuqoridagi qoidalarga asosan birlar xonasi ostiga birlar, o‘nlar xonasi ostiga o‘nlar, yuzlar xonasi ostiga yuzlar, minglar xonasi ostiga minglar , o‘nminglar xonasi ostiga o‘nminglar va yuzminglar xonasi ostiga yuzminglar xonasidagi son moslab yoziladi va birlar xonasidagi sonlardan boshlab qo‘shish boshlanadi




4. Qo‘shish va ayirishning xossalari haqida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi


IV Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- misollar va 2- masalalarni yechish.
28 – mavzu. Ko‘p xonali natural sonlarni yozma ayirish
Darsning maqsadi :
- Ko‘p xonali natural sonlarni yozma ayirish amalini bajarish tartibiga doir misollar yechish va o‘quvchilar tushunchalarini chuqurlashtirish
- Masalalarni yecha olish malakalarini mustahkamlash.
- arifmetik amallarni bajarish ketma-ketligiga doir bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash.
I Tashkiliy qism.
II Darsga hozirlik ko‘rish.
Darsning maqsadi aytib o‘tiladi.
III Dars tafsilotlari.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo‘yicha shrhlar.
Darslikda namuna sifatida berilgan misol o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga tushuntiriladi va tushuntirilgan anmuna asosida misollar o‘quvchilarga bajartiriladi.

Yüklə 41,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin