Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Moliya Mahkamov



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
Sirtqi fakultet iqtisodiyot yo`nalishi 21.164 guruh talabasi 
 
 
MAHKAMOV FAHRIDDIN SOVRIDIN OG’LIning 

“MOLIYA ” 
fanidan 
 
MUSTAQIL TALIM 
 
Mavzu: 
Trаnsfеrt bаhоsining turlаri vа shаkllаntirish tаmоyillаri 
 
 
 
 
 

Farg’ona-2023 


Kirish
Keyingi yillarda mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish va tizimni takomillashtirish 
borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonda sug‘urta xizmati bozorini rivojlantirish, 
shuningdek aholining keng qatlamlari va xo‘jalik subyektlarini sug‘urtada ishtiroklarini 
rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari va iste’molchilarga qulay sharoitlar, soliq 
to‘lashda imtiyoz yaratilgan. Sohaga bo‘lgan e’tibor tarmoqda faoliyat olib borayotgan 
kompaniyalar soni o‘sib borayotganida ham namoyon bo‘lmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda 
30dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat olib borayotgani va aholiga 200 dan ortiq sug‘urta 
xizmatlarini taklif etayotgani bunga dalildir.
Sug‘urta faoliyati bozor iqtisodiyoti moliyaviy infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, 
iqtisodiyotning yaxlitlikda barqaror rivojlanishini taominlovchi muhim omillardandir
Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari va 2009- yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida bozor iqtisodiyoti 
institutlari, xususan, sug‘urtaning zamonaviy shakllarini keng rivojlantirish zarurligiga alohida 
e’tibor qaratildi. Shu asosda hozirgi kunda sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada 
takomillashtirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini rivojlantirish va sifatini oshirish
sug‘urta tizimini rivojlantirishda rivojlangan sug‘urta tizimiga ega xorijiy mamlakatlarning 
tajribalarini o‘rganish va ulardan samarali foydalanishga alohida eotibor qaratilmoqda.
Respublikamiz sug‘urta tizimini rivojlantirishda bevosita iqtisodchi mutaxassislarning roli 
kattadir. Bo‘lajak
iqtisodchilarni oliy ta’lim muassasalarida olayotgan bilimlari orasida «Sug‘urta asoslari» 
fanining ham alohida o‘ziga xos o‘rni mavjud bo‘lib, bu fanni o‘rganishda mazkur ma’ruzalar 
kursining yordami tegadi, chunki ma’ruzalar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat standartlari va 
o‘quv dasturlari asosida qator chet el, ya’ni rivojlangan sug‘urta tizimiga ega davlatlar 
iqtisodchi-olimlari tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlari, respublikamizning sug‘urtaga doir 
qonunchiligi, sug‘urta amaliyotida qo‘llanilayotgan me’yoriy hujjatlar asosida va ulardan unumli 
foydalanilgan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari 
o‘rganilgan holda yozilgan.
«Sug‘urta asoslari» fanidan ma’ruzalar kursi sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, vazifalari, roli va 
rivojlangan jamiyatda qo‘llash sohalarini o‘rganishni qamrab oluvchi sug‘urta nazariyasining 
asosiy masalalarini yoritib beradi.
U sug‘urtaning kelib chiqish va O‘zbekiston hududida rivojlanish tarixi, muhim sug‘urta 
atamalarining mazmunini, sug‘urtaning turkumlanishi va sug‘urtani tashkil etishning 
tamoyillarini va boshqalarni yoritib beradi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin