O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 113,3 Kb.
səhifə1/5
tarix29.01.2023
ölçüsü113,3 Kb.
#122727
  1   2   3   4   5
GO‘ZAL TARBIYA TAMOILLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
“Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi
“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi 306-guruh talabasi Ochilov Kamronbekning
“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o‘qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: GO‘ZAL TARBIYA TAMOILLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Ilmiy rahbar : v/b dotsent; B.Turdiyev.


TOSHKENT 2022


Mundarija
Kirish
I. BOB. Ta’limda tarbiya jarayonini tashkil etishda zamonaviy pedagogikkaning maqsadi
1.1 Innovatsiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning pedagogik tavsifi
1.2 Ta’lim - tarbiya samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvning zaruriyati
II. BOB. Ta’lim samaradorligi oshishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning umumiyligi
2.1 O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning tashkiliy jihatlari
2.2 Ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlikka erishish aspektlari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Muammoning dolzarbligi. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari. Ta’limda moddiy ba’za, standart, o`quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o`zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg`ulotlarni olib boruvchi o`qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga, pedagogik mahoratiga bog`lanib qolaveradi, o`quv-biluv markazida esa o`quvchi turmog`ini taqozo etadi. Har qanday ta’lim o`quvchi shaxsiga, uning qiziqish, xohish istagiga, ehtiyojiga qaratilmog`i kerak. Ya’ni ta’limni individuallashtirishga qaratilmog`i talab etiladi. Endi ta’limni individuallashtirish nima degan savolga javob beraylik: ta’lim jarayonini individuallashtirish shunday o`qitish usuliki, bunda har bir o`quvchi o`quv jarayonida faol ishtirok etib, o`quv-biluv jarayoniga shaxsiy hissa qo`shishi hisobga olinadi. Ta’lim jarayonini tashkil eishda o`qituvchining uslubiy yondashuvi, tezkorligi, o`quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi. O`quv-metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib borishda o`quvchi shaxsi o`quv-biluv markazida bo`ladi. Buning uchun shu kunlarda maktablarimizda olib borilayotgan an’anaviy darslarni yana bir marotaba eslab o`tish joizdir. An’anaviy o`qitish XVII asrda Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan. Hozirgi kunda tarix fanlarini o`qitishning muhim muammolaridan biri bu - maqsadli ta'lim-tarbiyani yo`lga qo`yishdir. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”1. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mavzuning maqsad va vazifasi Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini nazariy jihatdan o’rganish Mavzuga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish asosida hozirgi vaqtda tarbiyaning umumi metodlar, mazmuni va mohiyatiga qo‘yiladigan talablarning didaktik asoslarini aniqlash.

Vazifasi esa mavzuga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish; Innovatsion texnologiyalarni ta’limni rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlash; Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirishni pedagogik jihatdan asoslash. Mavzuning ob’ekti va predmeti Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirish jarayoni. Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirish jarayoni mazmuni va yo’llari. Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kuchaygan. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”. Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Mazkur kurs ishi kirish, 2 ta Bob va 4 ta qisim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.





Yüklə 113,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin