O’zbekiston respublikasi o’rta maxsu va oliy ta’lim vazirligi



Yüklə 345,8 Kb.
səhifə1/5
tarix06.03.2018
ölçüsü345,8 Kb.
  1   2   3   4   5

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’RTA MAXSU VA OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI
«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha

prorektor, professor

Teshaev O.R.______

«____»___________2012 yil
Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya
Fan: Travmatologiya-ortopediya

4-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti uchun


YaGONA USLUBIY TIZIM
Son, tizza bugimi, boldir suyaklari va oyoq panja shikastlari davolash usullari.

TMI - Suyak va bugimlarning tizimli kasalliklari. Oyok panjasi statik deformasiyasi.


6 MAVZUSI bo’yicha amaliy mashg’ulot




T A ‘ L I M T E X N O L O G I Ya S I

Toshkent - 2012



Tuzuvchilar:

Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya

kafedrasi mudiri: t.f.d. Karimov M.Yu.

Ukuv ishlari buyicha mas’ul ass., t.f.n. Saloxiddinov F.B.


TMA MUKning “GIGIENA” sekstiyasida

Muhokama qilingan va tasdiqlangan

rais B.M. Mamatqulov


----” ---------------- 2012 yil

Mashg’ulot № 6

Mavzu: Son, tizza bugimi, boldir suyaklari va oyoq panja shikastlari davolash usullari.

TMI - Suyak va bugimlarning tizimli kasalliklari. Oyok panjasi statik deformasiyasi.

Vaqt: 225 minut

(5 soat akadem soatlarda)



Talabalar soni:10-12

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Amaliy mashg’ulot

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

1. Kirish qism.

2. Nazariy qism

3.Analitik qism:

-Organayzer

-Test masalalar

4. Amaliy qism



O’quv mashg’uloti maqsadi:

Talabalarga Son, tizza bugimi, boldir suyaklari va oyoq panja shikastlari davolash usullari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni o’rgatish, tekshirish usullarini, immobilizatsiya prinsiplari, rentgen o’qishni o’rgatish, singan joyga mahalliy anisteziya qilish, suyak tana tortmasini o’rgatish, gips bolamlarini tayyorlash langenta va gips bolamlarini quyishni o’rgatish.

Talaba bilishi lozim:


- Son, boldir, tizza bo’g’imi va oyoq panja shikast turlari.

-Son, boldir, tizza bo’g’imi va oyoq panja shikastlariga tashxis qo’yish;

- Jarohatlangan bemorlarni klinik tekshirish;

- Zaruriy birinchi tibbiy yordam hajmi.

- Rentgenodiagnostika


Talaba bajara olishi lozim:


Amaliy mashulotlarni bajara olishi:-Son suyagi shikastida bemorlarga birlamchi tibbiy yordam berishni o’rganish.

Pedagogik vazifalar:

Son, boldir, tizza bo’g’imi va oyoq panja shikast turlari bilan tanishtirish;

Son, boldir, tizza bo’g’imi va oyoq panja shikastlarini birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish o’rni va axamiyati bilan tanishtirish;

Bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlarni oldini olish usullari.

Ularni tibbiyot amaliyotidagi o’rni va axamiyati.


O’quv faoliyati natijalari:

Son, boldir, tizza bo’g’imi va oyoq panja shikast turlari ko’rsatadilar;

Son, boldir, tizza bo’g’imi va oyoq panja shikast turlari tasniflaydilar va bidimlarini shakllantiradilar, tashxis qo’yish;

- Son, boldir, tizza bo’g’imi va oyoq panja shikastlarini klinik tekshirish;

- Zaruriy birinchi tibbiy yordam hajmini o’rni va axamiyatini tartibli ravishda ochib beradilar.



Ta’lim usullari

Asalari uyasi” o’yini, ma’ruza, axborot berish, namoish, interaktiv ish o’yinlari.

Ta’lim shakli

Jamoaviy, guruhlarda ishlash («Asalari uyasi »), yakka tartibli

Ta’lim vositalari

Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, jarroxlik anjomlari.

Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.



Ta’lim berish sharoiti

Guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar

Monitoring va baholash

Og’zaki so’rov: tezkor-so’rov, yozma so’rov: test


Son, tizza bugimi, boldir suyaklari va oyoq panja shikastlari davolash usullari o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqich-lari va vaqti

225 daq


Faoliyat

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish

10 daqika

5 daqiqa


    1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar: shikast turlari, klinikasi, profilaktikasi va davosi to’g’risida tushuncha beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

    2. Adabiyotlar ro’yxatini beradi (ilova №9)

    3. Talabalarni aqliy hujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi Amaliy mashgulot rejasi va tuzilishiga qarab ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibi bayon qilinadi.

1.4. Amaliy mashgulotda talabalar faolligini baholash mezonlarini e’lon qiladi (ilova №5):



Tinglaydilar va yozib oladilar.

Tinglaydilar va yozib oladilar


Savollarga javob beradi.

Tinglaydilar


2-bosqich.

Asosiy qism

30 daqiqa

5 daqiqa
45 daqiqa


40 daqiqa


15 daqiqa
45 daqiqa
5 daqiqa

45 daqiqa


20 daqiqa


2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida mavzuning asosiy tushunchalari bo’yicha tezkor-so’rov o’tkazadi

2.2. Keys materiallarini muhokama qilishni tashkillashtiradi, ishlash qoidasi, vaziyatlarni tahlil qilish chizmasi, muammolarni ifodalanishiga e’tibor berishlariga qaratadi

Tanaffus
2.3. Vaziyatni mustaqil tahlil qilishni, muammoni ifodalashni, echish yo’llarini aniqlashni, so’ngra uni echish topshirig’ini beradi( Ilova№3).
Tanaffus
2.4. Testlarni yakka tartibda ishlaydilar

2.5. Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish

(slaydlar, prezentastiya, videofilmlar va bq.), ularni izoxlash
Tanaffus

2.6. Talabalarga amaliy ishning rejasi va qadamma qadam bajarilishi tushuntiriladi.

2.7. Talabalar o’z qo’llari bilan amaliy ishni mustaqil bajarishadi va natijalarni daftarlarga bayonnoma tarzida yozishadi.

2.8. TMI mavzusi e’lon qilinadi va muxokama qilinadi


Kasallik tarixi yozish uchun bemorlar kurastiyasi va muxokama qilish.

Savollarga javob beradilar.
Muhokama qiladilar, aniqlashtiruvchi savollar beradilar

Amaliy qism materiallarini muhokama qiladilar,

aniqlaydilar, savollar beradilar.

Mustaqil ravishda tahlil qilish varag’ini to’ldiradilar, muammoni echadilar.

Vaziyatli masalalarni muhokama qiladilar

taqdimot kiladilar boshqa talabalar munozarada ishtirok etadilar, savollar beradilar



3-bosqich.

Yakuniy


10 daqiqa

3.1. Xulosa: Mavzu bo’yicha xulosa qiladi.

3.2. Faol talabalar baholanadi Gurux bo’yicha baxolash mezonlari e’lon qilinadi

3.3. Mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va topshiriqlar beriladi


Tinglaydi

O’z o’zini baholaydilar.

Savollar beradilar

Topshiriqni yozadilar







Mashg’ulotni o’tkazish joyi va jihozlanishi:

  • Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya auditoriyalari.

  • Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, Kramer, Diterixs va Beller shinalari, gips boglpamlar.

  • Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.






1. Mavzuni asoslash:

Bu mavzu talabalarga 1-tibbiy yordam ko’rsatishni o’rgatadi, oriqsizlantirish usullari, turlari, immobilizatsiya prinsiplari, rentgen o’qilishni, singan joyning mahalliy anestiziyasi, langenta va gips bolam qo’yilishi, taxminiy tashhis qo’yish, keyingi klinika sharoitda nazorat olib borish usullarini o’rgatadi.




2. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik:

Ushbu mavzu bo’yicha talabalarni o’qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ jarrohlik, radiologiya, anesteziologiya-reanimasiya va umumiy jarrohlik bilimlariga asoslangan.




3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi(mazmuni):

3. 1.Nazariy qism:

SON SUYaGINING SINIShLARI SON SUYaGI PROKSIM AL BO’LIMINING SINIShI

Sonning proksimal bo’limi aloxida anatomik-fiziologik sharoitlarda joylashgan:



  1. Sonning bo’yni suyak usgi pardasi bilan koplanmagan;
    tunga karamasdan buyinni kust sohasida suyak usti pardasi
    rivojlangan.

  2. Son-chanoq bo’g’imining kapsulasi songa bo’ynining asosida,
    ko’stlararo chizikdan bir oz proksimal joylashgan. Shunday qilib, son suyaganingboshi va bo’yniningasosiy qismi son-chanok;bo’g’imining ichida joylashgan.

  1. Sonning bo’yni va boshchasi uchta arteriyadan kon bilan
    ta’minlanadi: a) yumalok boylam arteriyasidan (kagta yoshda bu arteriya,
    odatda, obliterastiyaga uchraydi); b) kapsula yopishgan joydan bo’yinga
    kiradigan arteriyalardan. Bu tomirlarning bir qismi sinovial parda
    ostidan bo’yin bo’ylab borib, suyakning tog’ayga o’tish joyida son
    suyagi boshiga kiradi; v) ko’stlararo sohada suyakka kiradigan
    arteriyalardan. Shunday qilib, bo’g’imi kapsulasi yopishgan joydan
    SINIQ.ChIZIRI kancha proksimal joylashgan bo’lsa, son suyagi boshining
    kon bilan ta’minlashi shuncha yomon bo’ladi. Ko’stlar soxasi esa shu
    joyga yopishgan mushaklardan kiradigan arteriyalar xisobiga doimo
    kon bilan yaxshi ta’minlanadi.

  2. Sonning bo’yni va diafizi o’klaridan xosil bo’lgan bo’yin-
    diafiz burchagi o’rtacha 127° ni tashkil etadi (115° dan 135° gacha).
    Ushbu burchak kanchalik kichik bo’lsa, bo’yinga shunchalik ko’p og’irlik
    tushadi va buning evaziga bo’yinning sinishi osonlashadi. Bo’yin-
    diafsh burchagining katta yoshda kichrayib ketishi shu yoshda sonning
    bo’ynidan ko’p sinishi omillaridan bo’lib xisoblanadi.



Agar siniq. yuzasi chanoq-son bo’g’imi kapsulasi yopishgan joydan
proksimal joylashgan bo’lsa, bundam sinishlar medial yoki bo’yin
sinishlari deb ataladi. Sinish /

chizigining kaerdan o’tganligiga karab kapital (kallachaning sinishi), subkapital (kallachaning asosidan sinishi), transstervikal (bo’yin bo’ylab) medial sinishlar tafovut qilinadi (159-rasm). Bu sinishlar hammasi bo’g’im ichi sinishlariga kiradi, lekin proksimal suyak bo’lagining qon bilan ta’minla-nishi \ar xil xolatda bo’ladi, chunonchi, kapital va subkapital sinishlarda son kallachasiningkrn bilan ta’minlanishi butunlay buziladi, chunki u avaskulyar sharoitda qoladi. Transstervikal si­nishlarda proksimal bo’lagining kon bilan ta’minlanishi qisman saqlangan bo’ladi, sinish chizigi bo’yinning asosiga kanchalikyakdn joylashgan bo’lsa, qon bilan ta’minlanish shunchalik ko’prok saqlanib koladi. Bo’yin-diafiz burchagining deformastiyasiga karab medial sinishlarni kuyidagi turlari tafovut qilinadi:



  1. Valыus sinish. Bu xolatda bo’yin-diafiz burchagi kattalashgan
    bo’ladi, odatda, bundam sinix, larchalari bir-biriga kadalgan bo’ladi.

  2. Varus sinish. Bu dolatda bo’yin-diafiz burchagi kichraygan
    bo’ladi, odatda sinix, parchalari siljigan bo’ladi (160-rasm).

Agar sinish yuzasi bo’g’im kapsulasining bo’yniga yopishgan joyidan distal joylashgan bo’lsa, bunday sinishlar lateraya yoki ko’stdagi sinishlar deb ataladi. Bunday sinishlar, ya’ni sinish yuzasi ichkari yuqoridan pastki tashqariga yoki ko’stlar orasidan kirgan bo’lsa, ko’stlar sol;asidan sinishlar, agar sinish yuzasi ikkala ko’stni birikgiruvchi chizik bo’ylab ketgan bo’lsa, ko’stlararo sinish deb ataladi. Ko’stlararo sinishlar, ko’pincha, maydalanib sinish toifasiga kiradi va bunday xollarda kichik ko’stning ko’chib ketishi kuzatiladi. Bunday sinishda suyak parchalarining bir-biriga kirib ketishi va kirib ketmasligi bilan sodir bo’lishi mumkin. Xar ikxala, medial va lageral sinishlar katta yoshdagi odamlarda uchraydi va ko’pincha katta ko’stga og’irlik tushishi (yiqilish) natijasida sodir bo’ladi. Bu dollarda shshsastlanish kuchi katta bo’lmasliga mumkin, chunki kariyalarda suyak osteoporozga uchragan bo’ladi.

T a sh x i s. Son suyagi bo’ynidan singanda orrik tinch turgan xolatda unchalikkuchlibo’lmaydi, orrik chovsodasidajoylashadi. Bo’g’imda harakat qilganda okrik kuchayadi. Chov va kust soxalarida qontalash bo’lishi medial sinidsharda bir necha kundan keyin sodir bo’ladi.

Son suyagi bo’ynidan singanda kuyidagi simltomlar xarakterlidir:

Oyostning tashstari rotastiyasi. Bu simptom oyoqning gashkariga buralib kolishi va panja tashki kirrasi gorizontal xolatda yotishi bilan belgilanadi (16]-rasm).

Oyoqning ichkari rotastiyasi. Shikastlangan tomonda bemor oyogini ichkariga bura olmaydi. Oyoqning tashkariga rotastiyasi fiziologik bo’lishi mumkin, lekin bemor ichkariga faol rotastiya kila olmasa, bu xolat oyoqning singanligidan dalolat beradi.

Katta ko’stga bosilganda ogrist paydo bo’lishi. Yozilgan oyoqning govoniga yoki katta kust sohasiga urilganda og’riq. seziladi va kuchayadi.



Oyoqhning kaltalanishi. Oyoqning mutlak uzunliga o’zgarmagan holda nisbiy uzunligining 2-4 sm.ga kamayishi (varusli sinmshlarda) kayd etiladi.

Girgolav simptomы. Medial sinishlarda chov bog’lamini ostida son arteriyasining pulsastiyasi kuchayadi. Bemor tovonini erdan uzmasdan oyogini tizza va chanok-son bo’kimlarida bukishi mumkin, lekin na oyoqni ko’tarish, na ko’tarilgan va yozilgangan oyoqni ushlab turish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.

Varus deformastiyali sinishlarda katga kust Rozer-Nelaton chizigidan yuqorida turadi (kuymich do’mbokchasi bilan oldingi yuqori o’simtani birlashtiruvchi chizik). Katga ko’stning cho’kkisi bilan oldingi yuqori o’simtani birlashtiruvchi Shumaxer chiziri siljib ketgan medial va vertel sinishlarida kindikning ostidan o’tadi (162-rasm).

Kokdpgan sinishlarda yuqorida keltirilgan simptomlar, ko’pincha, yuzaki rivojlangan bo’ladi yoki umuman kuzatilmasliga mumkin. Bunday bemorlar suyak parchalari bir-biridan ajrab ketmaguncha bir necha kunlab va haftalab bemalol yurishlari mumkin. Bunday lollarda sinishning doimiy belgisi chov va kust soxhsidaga, yurganda kuchayib ketadigan og’riq. hisoblanadi. Ayrim lollarda og’riq. tizza bo’g’imi sohasiga uzatilishi mumkin. Rentgen tekshiruvi asosan ikkita ko’rinishda: oldidan va yonboshdan o’tkaziladi, ya’ni koqilgan sinish bor-yo’yushgini aniqlash uchun zarur lollarda ko’shimcha, oyoqni maksimal kerilgan va ichkariga yaqinlashtirilgan holatda tekshiruv o’tkaziladi.

Birinchi yordam. Son suyagining bo’yni va kust so>;asi singan bemorlarga birinchi yordam okrikni qoldirish (teri ostiga 1 g morfin yoki promedol eritmasi) dan boshlanadi. Oyoqni shina yordamida immobilizastiya qilish shart emas. Bu dolatda oyoqni yon yuzalariga kumli krpchalar yoki kichikrohyostihchalar kuyiladi.

Stastionar sharoitida og’riq.sizlantiriladi: buning uchun chov boylamidan 1,5-2 sm pastki va son arteriyasidan 1,5-2 sm tashqaridagi so\a tanlanadi. Igaa kerakli chukurlikka sanchilib porshen tortiladi, agar kon aralash sinovial suyuklik chiksa, u joyga 20 ml 2%li novokain eritmasi yuboriladi (163-rasm).

Son suyagi bo’ynining medial k;okilmagan varus s i n i sh l a r i n i davolash. Bunday sinishlarni davolash ancha qiyinchiliklarga ega. Immobilizaniyaning murakkabligi va nokulay maxalliy anatomik xolatni inobatga olganda kapital va subkapital sinishlarning bitish sharoiti yaxshi emas. Suyakni bitish jarayoni 6-8 oy davom etadi. Katta yoshdagi bemorlarning bunchalik uzoq, muddatda to’shakda bo’lishi \ar xil asoratlar chakiradi, ya’ni pnevmoniya, yotok yaralar, tromboemboliya kabi asoratlarga duchor kiladi, ularning okibagida konservativ davolash davrida 20% gacha o’lim xolati uchraydi.

Kapital va subkapital sinishlarda max.alliy anatomik sharoitning murakkabligi, immobilizastiyaning mustax.kam bo’lmasligi natijasida suyakning bitishi qiyinchilik bilan boradi va 6-8 oy davom etishi mumkin. Shu bilan bir katorda, katta yoshdagi bemorlarda uzoq, vakt to’shakda yotib qolish o’pkada zotiljam kasalligining kelib chiqishiga, yotok yaralar hosil bo’lishiga, gromboemboliyaga sabab bo’lib, yuqori darajada o’lim oqibatiga olib keladi. Shuning uchun kariyalarda uzoq, vakt xarakatsizlantirish bilan bog’liq. bo’lgan davolash usullari, ya’ni mustakil ravishda skelet tortmasi, gips bog’lami kullanilishi mumkin emas.

Son suyagi bo’ynining varusli, koqilmagan sinishlarida jarro>u1ik yo’li bilan davolash maqsadga muvofiqdir. Agar jarroxlik usuliga moneliklar bo’lsa (umumiy axvoli okir yoki sinishgacha bemor yurmagan bo’lsa), bemorni erta xarakatlantirish lozim. Bemorni erta xarakatlantirishdan maqsad — uning xayotini saqlab qolishdir.



Bemorni erta harakatlantirish usuli. Singan joyni og’riq,-sizlantirib (5—10 kun davomida) katta boldir suyagi do’mbogi ostidan kegay o’tkazilib, oyoqda skelet tortmasi ko’yiladi.

Zarur xolatlarda skelet tortmasi o’rniga oyoqni tinchlantirish maqsadida ikki yoniga kum solingan xaltachalar kuyiladi. Birinchi kunlardanok bemorni to’shakda o’tkaziladi, nafas olish gimnastikasi bajariladi. Singan joy vakti-vakti bilan og’riqsizlantirilib, skelet tortmasi olingandan keyin bemor yonboshga yotkmziladi, o’tkaziladi, oyogini yotokdan pastga tushiriladi. Umumiy axvoli kuzatib boriladi, zarur muolajalar o’tkaziladi. 3-daftadan boshlab bemor qo’ltiktayokda yurishni boshlaydi, singan oyogini bosmaydi.

Bunday davolash usulida sinish bitmaydi, bemor bir umr qo’ltiktayokdan foydalanadi.

Jarrohlik yo’li bilan davolash. Jarroxlik muolajasi kechiktirib bo’lmaydigan ko’rsatmalar bo’yicha bajariladi. Agar bemor kasalxonaga tushgan kuni operastiya qilinmasa, unda operastiyagacha skelet tortma o’rnatiladi, oyoq standart Beler shinasiga yotkizilib, 6-8 kgyukosiladi.

Son suyagi bo’ynidan medial singanda osteosintezning ikkita asosiy usuli mavjud: 1) yopiq (bo’kimdan tashqari) usul, bunda bo’kim ichi va singan joy ochilmaydi; 2) ochiq (bo’g’im ichi) usul, yopiq usul vositasida repozistiya qilib bo’lmaganda qo’llaniladi (ko’pincha bo’g’im kapsulasi interpozistiya bo’lganda yoki eskirgan sinishlarda). Agar repozistiyadan keyin va osteosintez paytida fiksator xolatini rentgenologik kuzatish imkoniyati bo’lmasa, ochiq fiksastiyaga ko’rsatma paydo bo’ladi.

Yopiq usuldagi osteosintez max.alliy yoki umumiy og’riqsizlantirish yordamida tortmada yopiq repozistiya qilingandan yoki ortopedik stolda repozistiya qilingandan keyin bajariladi.

Uitmen usulida bir zumda repozistiya stshshsh. Yozilgan oyoqni to sog’lom oyoq bilan tenglashguncha uzunasiga tortiladi. Oyoqni tortish jarayonida ichkariga karab 40-50° gacha rotastiya qilinadi va tashqariga 20° kerib maxkamlanadi. Bemor ortopedik stolda kupay joylashishi lozim, chunki bu xolatda repozistiya xolati saqlanishi va son-chanoq bo’g’imi sohasini 2 ta ko’rinishda rentgen tekshiruvidan o’tkazish imkoniyati yaratilishi kerak

Osteosintez qilish uchun asosan uch parrakli Smit-Peterson mixidan yoki uning modifikastiyasidan foydalaniladi. Uch parrakli mix mustaxkam osteosintezni ta’minlaydi (164-rasm). 7-10 sm uzunlikda sonningtashqari yuzasida to’g’ri yo’nalishda to’qimalarni kesish yo’li bilan katta kust osti ochiladi. Katta ko’stning asos sohasida iskana yordamida mixning parraklariga moe ravishda o’ydimlar hosil qilinadi. Doimiy telerentgen nazorati ostida suyak bo’ynining o’rtasidan markaziga karab mix yuboriladi. Subkapital sinishlarda istisno



tarikasida uch parrakli mixni suyak boshi va chanoq kosasi tubidan xam o’tkazib, chanoq ichiga 1 -1,5 sm ichkariga yuboriladi.

Agar operastiya telerentgen nazoratisiz bajariladigan bo’lsa, mixni to’rri yo’nalishda kiritish muammosi tug’iladi. Bunday xollarda bir necha usullar taklif qilingan bo’lib, ulardan eng soddasi 2-3 ta yo’naltiruvchi yo’g’on kegayni rentgen nazoratida kiritishdir. Rentgen nazoratidan so’ng to’g’ri ketgan kegayni tanlab olinib, bu kegay bo’ylab uch parrakli mix krkiladi.

Ochiq (bo’g’im ichi) osteosintez umumiy og’riqsizlantirish usuli bilan amalga oshiriladi. Bu usul yopiqusulga Karaganda anchagina shikast etkazadigan bo’lib, ko’p lollarda o’limga olib keladi. Ko’pincha bunday operastiyadan keyin son suyagi boshining aseptik nekrozi kuzatiladi.

Operastiyadan keyingi davolash. Yopiq osteosintezdan keyin gips bog’lami ko’yilmaydi. Oyoq tashqariga buralib

krlmasligi uchun ikki yoniga kumli yostikchalar kuyiladi. Ochik osteosintezdan keyin esa choklarni olguncha (7-10 kunlar) XII qovurg’adan oyoqni barmoq. uchigacha orqa longetali gips bog’lami ko’yiladi. Operastiyadan keyingi birinchi kunlardanok bemorni faol olib borish tavsiya qilinadi (yotokda aylantirish, nafas gimnastikasi). 3-4 x.aftalarda bemor qo’ltiktayokda singan oyoqka bosmagan xolda turshziladi. Son suyagi boshining aseptik nekrozga uchrashining oldini olish maqsadida 5-6 oy mobaynida singan oyoqka bosishga ruxsat berilmaydi (aynikra, subkapital sinishlarda). Mixni odatda operastiyadan bir yil o’tgandan so’ng, yani sinish to’la konsolidastiya bo’lgandan keyin olib tashlanadi. Bemorni mex.nat krbiliyati yopiq usul bilan osteosintez qilinganda 7-18 oyda tiklanadi.

Subkagshtal va kapital krkdlmagan sinishlar ancha murakkab guruxni tashkil etadi. Bu sinishlardagi fiksastiyaning murakkabligi va kon bilan ta’minlanishining keskin buzilishi oyoqni oylab bosmaslikni takozo qiladi. Barcha zarur qoidalarga bo’yso’ngan xolda ham 20% bemorlarda subkapital sinishlarni davolashda son suyagi boshinining aseptik nekrozi uchraydi. Shularni inobatga olib, keksalardagi subkapital va kapital sinishlarda osteosintez o’rniga bo’g’imni almashtirish yoki endoprotezlash afzal xisoblanadi. Xozirgi paytda 70 yoshdan oshgan bemorlarda endoprotezlash operastiyasi ko’plab



qo’llanilmokda. Buning afzalligi shunstaki, xastalashgan kariyalarni tezrok oyoqda turshzish imkoniyati tugaladi (3-4 xaftadan keyin, agar endoprotezni qotirish maqsadida suyak stementi ishlatilgan bo’lsa, 3-4 kunlardayokoyoqk1a turgizish mumkin), asoratlarning oldini olishda buni katta ahamiyati bor. Son suyagi bo’ynining k o-ki l gan sinishini davolash. Krqilgan sinishlar ajralib ketgan sinishlarga Karaganda yaxshi bitadi. Bir-biri ichiga kirgan suyak bo’laklarini ajratmaslik kerak bu katta asorat xisoblanadi. Bemorni davolash taktikasi

bo’laklarning bir-biriga kirish darajasiga va sinish yuzasining yo’nalishiga bog’liq. bo’ladi. Sinish yuzasining yo’nalishiga karab krqilgan sinishlarningikkita turi tafovut qilinadi: 1) vertikal valыus sinishlar —Pauvels bo’yicha III gurux. (165-rasm, a); 2) gorizontal valgus sinishlar - Pauvels bo’yicha I va II guruxlar (165-rasm, b).

Vertikal valgus sinishlar bir-biridan ajralib ketishga moyil bo’ladi, shuning uchun bunday sinishlarni jarroxlik yo’li bilan davolagan ma’kul: yopiqusulda 3 parrakli mix bilan osteosintez qilish.

Gorizontal valgus sinish bir-biridan ajrab ketishga moyil emas, shuning uchun jarroxlik usuli bilangina emas, balki konservativ usulda davolasa xam bo’ladi. Bunday xollarda sinishning ajralib ketmasligini va son suyagi boshining aseptik nekrozga uchramasligining oldini olish zarur. Buning uchun yoshlarga 3-4 oyga kaltalashtirilgan (tizza bo’rimigacha) son-chanoq gips bog’lami ko’yiladi. Bemorga singan oyogiga bosmaslik sharti bilan qo’ltiktayokda yurishga ruxsat beriladi. Khari bemorlarda singan oyoqni Beler shinasida immobilizastiya qilinadi, katta boldir suyagi dumbokchasi ostidan sim o’tkazib kichik (2-3 kg) yuk osib ko’yiladi. Ko’p yuk osish mumkin emas, chunki suyak bo’laklarini ajratib yuborish mumkin. Birinchi kunlardan boshlab davo badantarbiyasi o’tkaziladi. 1,5-2 oydan keyin skelet tortmasi olib tashlanadi va singan oyoqda bosmasdan qo’ltiktayokda yurishga ruxsat beriladi. 3-4 oydan keyin singan oyoqda asta-sekin bosishga ruxsat beriladi. Son suyagi boshining aseptik nekrozga uchrashining oldini olish maqsadida 6 oygacha oyoqda to’la bosishga ruxsat berilmaydi. Mexnat kobiliyati 6-8 oydan so’ng tiklanadi.

Son suyagi bo’ynining medial sinishlarining asoratlariga bo’laklarning uzoq, vakt bitmasligi va soxta bo’g’im xosil bo’lishi, son suyagi boshining aseptik nekrozi, son-chanoq bo’g’imini defor-mastiyalovchi artrozi kiradi.

Son suyagi bo’ynining soxta bo’g’imida asosiy jarroxlik muolajasi Mak-Murrey bo’yicha kust ostidan kiyshik osteotomiya qilish xisoblanadi (166-rasm). Son suyagi bo’ynining soxta bo’g’imida, agar u deyarli butunlay surilib ketgan bo’lsa, ko’pincha, son suyagi boshi va bo’ynini Mur yoki Kaplan (65-70 yoshdan oshgan bemorlarda) endoprotezi bilan almashtirish, son-chanoq bo’g’imida rekonstruktiv operastiya o’tkazish yoki artrodez qilish (yoshrok bo’lgan bemorlarda) tavsiya qilinadi.

Son suyagi bo’ynining lateral sinishlarin i davolash. Lateral sinishlarning kechishi medial sinishlarga nisbatan birmuncha yaxshi bo’ladi. Bunday sinishlarni davolashda medial sinishlardagi kabi muammolar tug’ilmaydi. Kust soxasida sinishlar odatda 2,5-3 oy mobaynida yaxshi bitib ketadi. Bunday sinishlardan keyin odatda soxta bo’g’imlar kuzatilmaydi.

Lateral sinishlarni davolashda konservativ va operastiya usullari qo’llanilishi mumkin. O’rnidan siljib ketmagan sinishlarda 2,5-3,5 oyga koksitli gips bog-lami kz'yish yo’li bilan davolash mumkin, 1,5-2 oydan keyin oyoqka bosishga ruxsat beriladi. Suyak parchalari siljib ketgan xollarda katta boldir suyagi g’adir-buduri ostidan yoki son suyagini pastki do’nglari orasidan kegay o’tkazib, oyoqni Beler shinasiga yotkizib, doimiy skelet tortmasi o’tkazish maqsadga muvofiqdir (6-10 kg yuk bilan). Skelet tortmasi bilan davolanganda kuyidagi qoidaga rioya qilish lozim: ko’stlararo sinishlarda kanchalik varusli deformastiya ko’p bo’lsa, oyoqni skelet tortmada shunchalik ko’p tashqariga kerish kerak Agar varusli deformastiya kuzatilmasa, oyoqni tashqariga kerilmaydi. 6-8 xaftadan keyin skelet tortmasi go’xtatiladi. Undan keyin esa bemorni davolashni ikki xil usul bilan davom ettirish mumkin: 2,5-3,5 oyga koksitli gips bog’lami ko’yilib, bemorga asta-sekin singan oyogida yurishga ruxsat beriladi yoki funkstional usul bilan davolashni davom ettiriladi.





Funkstional usul bilan davolash maxsus standart shina yoki Belerning shinasida amalga oshiriladi. Bunday xollarda shi-naning gorizontal qismida boldir ostiga almashtirib turila-digan gamak ko’yiladi.


Yüklə 345,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə