O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 176,13 Kb.
səhifə1/5
tarix22.10.2017
ölçüsü176,13 Kb.
#9830
  1   2   3   4   5

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Informatika kafedrasi

Dasturlash asoslari.

Paskal tilida oddiy dasturlar tuzish.
Uslubiy ko’rsatma
(Umumta’lim maktablari informatika fani o’qituvchilari uchun)

Samarqand – 2013 yil
Aminov I.B. Dasturlash asoslari. Paskal tilida oddiy dasturlar tuzish.Uslubiy ko’rsatma. - VPKQTMO, Samarqand, 2013 yil. - bet.

Uslubiy ko’rsatma umumta’lim maktablarining informatika fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, u dasturlash asoslarining boshlang’ich tushunchalari, asosiy elementlari, operatorlari, ularning turlari va qo’llanilish o’rni,oddiy dasturlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni o’z ichiga olgan.


Taqrizchilar: F.Nomozov, SamDU «Axborotlashtrish texnologiyalari» kafedrasi dotsenti.

T.Oqnazarov, VPKQTMOI «Informatika» kafedrasi o’qituvchisi.

© Samarqand, SamDU- 2013 yil



So’z boshi
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ni amalga oshirish borasida bir qancha tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, shulardan biri, ta’lim tizimida har bir fanning o’qitish mazmunini qayta tahlildan o’tkazish va uni tubdan isloh qilish nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi.

Axborotlarning ishonchliligi, ularning o’z vaqtida tayyorlanishi ko’p jihatdan kompyuter dasturchilarning mukammal darajada bilishligiga bog’liq, chunki bu uch vosita bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda faoliyat ko’rsatadi.

"Informatika va axborot texnologiyalari" fani barcha o’quv yurtlarida o’qitiladigan kompyuter savodxonligi borasidagi uzluksiz dastur tizimiga kiritilgan Davlat ta’lim konsepsiyasiga asoslanadi.

Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o’qituvchi va talabalarga davlat tilida kerakli o’quv adabiyotlarini yetkazish alohida ahamiyatga ega.

Ushbu uslubiy ko’rsatma maktab informatika o’qituvchilariga mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy maqsadi dasturlash asoslarini mukammal bayon etgan holda dasturlash imkoniyatlaridan xabardor qilish, komputer bilan muloqot o’rnatish usullarini o’rgatish va ularda turli masalalarni yechish dasturini tuzish bilim va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Uslubiy ko’rsatma Paskal dasturlash tillari to’g’risida umumiy ma’lumotlar, amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ishlash uchun masalalar va foydalanish uchun testlar, adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga olgan.

Uslubiy ko’rsatmadan maktab o’qituvchilari “ Informatika va hisoblash texnikasi asoslar” fanidan algoritmlash va dasturlash asoslariga doir mavzularni o’rganishda va masalalar yechishda foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari uslubiy qo’llanmadan Paskal dasturlash tilini o’rganishga qiziqqan barcha maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quvchilari, oliy o’quv yurti talabalari va magistrlari ham foydalanishlari mumkin.


I-bob. Dasturlash tillari. Paskal dasturlash tili
1.1. Dasturlash tillari haqida umumiy ma’lumot

Biz axborot, kod, kompyuter, blok- sxema, algoritm, ijrochi va boshqa tushunchalarni o’rgandik. Bular masalani kompyuterda hal qilishda kerak bo’ladigan tushunchalarni o’rgandik. Bular masalani kompyuterda hal qilishda kerak bo’ladigan tushunchalardir. Ammo kompyuter bilan muloqot qilish uchun, bulardan tashqari, kompyuter “tilini” ham bilishimiz talab qilinadi. Biror masalani kompyuterda hal qilish uchun, avval, uning algoritmini tuzishimiz, so’ng bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonun qoidalar asosida yozishimiz lozim bo’ladi. Bu yozuv dastur deb ataladi.

Shunday qilib, dastur biror masalani yechishda kompyuter bajarishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi.

Kompyuter tushunadigan “til” dasturlash tili deb ataladi. (Eslang: algoritm ijrochisining ko’rsatmalar tizimi. Bu yerda kompyuter ijrochi sifatida qatnashmoqda.)

Dunyo odamlari o'rtasidagi munosabatda yagona til bo'lma-ganidek, turli rusumdagi kompyuterlarning yaratilishi va ularning turli sohalarda qo'llanilishi yagona dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko'rsatdi. Darhaqiqat, dasturlash tillari, yaratilishi va qo'llanilishi bo'yicha uch guruhdan tashkil topgan:

Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog'liq bo'lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo'lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlab yaratilgan EHM larda ("ЭНИАК", "МЭСМ" va boshqalar) masalalar ana shu tildagi buyruqlar yordamida hal qilinar edi.


Buyruqning kodi

Buyruqqa izoh

01 022

R radiusning qiymati jamlagichga yuboriladi

20 000

Jamlagichdagi qiymatni (R ni) bosmaga chiqarish

05 022

Jamlagichdagi Rning qiymati o'z-o'ziga ko'paytiriladi va natija yana jamlagichga yoziladi

05 020

020-021-yacheykalardagi p soniga jamlagichdagi qiymat (R2) ko'paytiriladi

20 000

Olingan natija, ya'ni doira yuzasining qiymati bosmaga chiqariladi

045 00 000

Tamom (Stop)

Ko'rinib turibdiki, bu tilda dastur tuzish ancha mashaqqatli ekan. Buning asosiy qiyinchiligi - buyruqlarning raqamlar yordamida ifodalanishi, har bir amalni bajarishda jamlagichdagi sonli qiymatning qaysi o'zgaruvchiga tegishliligini va boshqa o'zgaruvchilarning qiymatlari qaysi adresda joylashganini dastur tuzuvchi hamma vaqt bilishi talab etiladi. Mazkur holatdan chiqish va dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo'lgan buyruqlar tizimini yaratish, ularni qo'llash masalasi qo'yildi va hal qilindi. Bu kabi dasturlash tillari o'rta darajadagi dasturlash tillari (ba'zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Mazkur tillarning ijobiy xususiyati shundaki, ular yordamida tuzilgan dastur boshqa tillarda tuzilganidan 10-15 marta tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi tillarda bo'lmagan amallar mavjud. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM-6, Minsk-22, Minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida ishlatilar edi

Yuqori darajadagi dasturlash tillari ancha rivojlangan tuzilishga ega bo'lib, unda ishlatiladigan xizmatchi so'zlar inson nutqiga juda yaqinlashtirilgan. Mazkur tildan foydalanuvchi amallarni qadamma-qadam yozib boraveradi, kompyuter esa uni kerakli ko'rinishga, ya'ni o'zi tushunadigan raqamlar ketma-ketligiga o'tkazib oladi.

Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko'rsatmalar inson tiliga yaqin bo'lgan so'zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagilaridan ko'ra engil bo'lib, dasturchi, biror maxsus ko'rsatma bo'lmasa, adreslar, qurilmalar bilan bevosita bog'liq axborotlarni bilmasligi ham mumkin.

Yuqori darajadagi dastlabki dasturlash tili "Plankalkyul" deb nomlanib, u 1946 - yilda olmon olimi Konrad Suzu tomonidan yaratildi. Bu til o'z vaqtida ma'lum sabablar (shu jumladan ikkinchi jahon urushi)ga ko'ra, keng jamoatchilikka tanish emas edi. U 1972 yildan amalda qo'llanila boshladi.

1949 - yilda amerikalik Jon Mouchli dasturlashda 8 ta va 10 ta raqamli sanoq sistemalaridan foydalanmaslik taklifi bilan chiqdi. Ana shunga asoslangan dasturlash tili "Qisqacha kod"nomi bilan Greys Holler tomonidan yaratildi va dastlabki EHM larda ishlatildi

Kompyuter ko'rsatilgan amallarni bajarishi uchun operatorlarni raqamli ko'rinishga keltirishi kerak. Bu vazifani translyatorlar deb nomlanadigan maxsus dasturlar bajaradi. Keyingi yillarda juda ko'p yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratilgan bo'lib, ular qatoriga Paskal, dBase, Ada, KARAT, C++, Delphi, Visual Basic va boshqa tillarni kiritish mumkin. Yaratilayotgan dastur lash tillari biror yo'nalishdagi masalalarni hal qilishga mo'ljallan gandir.

Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan qiqacha ma'lumot berilgan:




Dasturlash tili

Yaratilgan yili

Dasturlash tili

Yaratilgan yili

Plankalkyul

1946

PL/1,Beysik

1964

Qisqa kod

1949

Algol W

1965

Assembler "Edsak"

1950

Logo

1967

AO

1950

Algol 68

1968

Avtokod "Madlen"

1953

APL

1969

Tezkor kodlash

1955

Paskal

1970

A-2, Flou-metik

1956

Fort

1971

IPL-1, Mat-metik

1957

Prolog, Si

1972

Fortran

1958

Ada

1972

Algol 58

1959

Smoltok

1980

APT, LISP, Kobol, Algol-60

1960






Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jaxon urushidai keyin yaratila boshlandi. Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan avvalgi 1800-yillar) Bobilda foiz bilan bog'liq murakkab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo'lib, agar bug'doy yiliga 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o'sishi uchun necha yil va oy kerak bo'lishi algoritmi yozilgan.



XIX asr fransuz kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 - yilda yupqa mato ishlab chiqish jarayonida stanoklari uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan va shu bilan perfokartaga asos solgan edi.

1836 - yilda ingliz olimi Charlz Bebbij hozirgi kompyuterlarning bevosita ajdodi bo'lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy hal qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-kitob natijalarini "eslab" qolishida edi.

1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) - shoir lord Bayronning qizi analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi kerakligini ta'kidladi. U berilgan shartlar bajarilmaguncha qadamlar ketma-ketligini ta'minlovchi buyruqlarni yozdi. Ana shu holat bilan u dasturlash tiliga asos soldi. Mazkur va boshqa kashfiyotlar kompyuter yaratil-gach, ularga zarur bo'lgan til yaratishni talab etdi.



1.2. Turbo – paskal tizimi va u bilan ishlash qoidalari.

Pascal dasturlash tilining birinchi versiyasi 1968 yilda Stenford universite-tida shved olimi Niklaus Virt tomonidan yaratilgan. 1982 yilda Amerikaning Borland firmasi tomonidan Turbo Pascal tizimining yaratilishi, Pascal tilining keng doirada qo’llanila boshlanishiga asos bo’ldi.

1992 yilda Borland firmasi Turbo Pascal 7.0 – versiyani taqdim etdi. Bu versiyada kompilyatorning ishi ancha yaxshilangan, obyektga mo’ljallangan dasturlash tamoyili to’liq ishga tushirilgan va uning imkoniyatlari kengaytirilgan.

Dasturni ishga tushirish.

IDE (Integrated Development Environment) – integrallashgan vositalar qobig’i (IVQ) – Turbo Pascal muhiti deb yuritiladi. Turbo Pascal muhiti turbo.exe fayli orqali MS DOS operasion tizimining buyruqlar satrida yoki Windows muhitining ishchi stolida ishga tushiriladi.

turbo. exe fayli ishlash uchun tayyor. Turbo Pascal tili dasturlashning muloqot (dialog) tizimidan iborat. Bu tizim – matn muharriri, kompilyator, jam-lovchi va yuklovchi qismlardan iborat Turbo Pascal tizimidan chiqish [ALT+X] tugmachalarini birgalikda bosish orqali amalga oshiriladi.

Turbo Paskal tizimining bosh “menyu” si.

Turbo Paskal muhiti ishga tushirilgandan keyin kompyuter ekranida uning oynasi paydo bo’ladi. Oyna sarlavhalar satri, bosh menyu va ishchi soha (matn muharriri) va buyruqlar satridan iborat.

Sarlavhalar satri matn muharririda yozilgan dastur nomidan iborat bo’ladi.

Pascal tilida tuzilgan dastur bilan ishlash uchun asosan bosh menyudan foydalaniladi. Bosh menyuga chiqish uchun F10 tugmacha bosiladi.





File Edit Seatch Rum Compile Debid Tools Options Winlow Help

Bosh “menyu” quyidagi asosiy bo’limlardan iborat:

1. File – fayllar bilan ishlash amallarini bajarishga mo’ljallangan. File bilan ishlash amallari:



  • Open (F3) – mavjud faylni muharrirlash uchun yuklash. Bu bo’lim tanlangandan keyin ekranda muloqat oynasi hosil bo’ladi. Oynada yuklash lozim bo’lgan fayl nomi ko’rsatilib, Enter tugmachasi bosiladi. Fayl yuklangandan keyin u muharrirlash va uni bajarish uchun tayyor bo’ladi.

  • Save(F2) – faylni saqlash. Bu bo’lim ishga tushirilganda muharrir xotirasidagi fayl diskga yoziladi. Agar muharrirlanayotgan fayl standart Noname.pas nomiga ega bo’lsa, u holda saqlashda fayl nomini o’zgartirish imkoniyati mavjud bo’ladi.

  • Save as – muharrirlanayotgan faylni boshqa nom bilan saqlash. Ushbu buyruq amalga oshirilgandan keyin, muharrirlanyotgan faylga boshqa nom beriladi va u kompyuter xotirasiga yangi nom bilan saqlanadi.

  • New – yangi faylni yaratish. Bu buyruq berilgan integrallashgan muhit muharriri yangi fayl yaratish tartibiga o’tadi. Yaratilyotgan faylga Noname. pas nom beriladi. Faylni saqlayotgan unga ixtiyori nom berish mumkin bo’ladi.

  • Exit (Alt +x) dasturlash muxitida ishni tugallash. Bu buyruq beril-gandan keyin integrallashgan muhitda ish tugallaniladi va undan chiqiladi.

2. Edit – fayllarni muharrirlashni yu qo’shimcha amallari “menyu”si bo’lib, matnni muharrirlashning asosiy funksiyalarini bajaradi. Bu amallar quyidagilardan iborat:

- matn bo’laklarini nusxalash;

- matn bo’laklarini o’rnatish;

- matn bo’laklarini o’chirish;

- muxarrirlanayotgan faylning boshlang’ich variantini tiklash ;

3. Search – matn bo’laklarini izlash va almashtirish “menyu”si bo’lib, matn qismlarini izlashni, lozim bo’lganda ularni yangisi bilan almash-tirishni amalga oshiradi

4. Run – Pascal dasturini bajarish “menyu”si bo’lib, ishchi sohada joy-lashgan dasturni ishga tushiradi. Bundan tashqari ushbu dasturni qadamma- qadam bo’yicha, hamda lozim bo’lganda esa ayrim qismini bajarishni amalga oshiradi.

Bu buyruq berilganda dastur ishga tushadi, agar dasturda xatoliklar mavjud bo’lmasa, o’zgaruvchilarga sonli qiymatni berishni talab etuvchi muloqat oyna hosil bo’ladi. Qiymatlar tartib bilan berilgandan keyin Enter tugmachasi bosilib, dastur ishga tushiriladi. Dastur natijasini ko’rish Alt +F5 tugmachalarini bosish orqali amalga oshiriladi.



5. Compili – kompilyasiya “menyu”si bo’lib, ishchi sohada joylashgan dastur-ni kompilyasiya qilish uchun ishlatiladi. Bu buyruq berilganda dastur kompilyasiya qilinadi. Agar kompilyasiya vaqtida dasturda xatolik mavjud bo’lsa, u holda bu haqda kerakli xabar kompyuter ekraniga chiqariladi. Xatoliklar tuzatilgandan keyin dastur yana kompilyasiya qilinadi. Kompilyasiya qilingan dastur bajariladi.

6.Debug – dasturni otladka qilish amallari “menyu”si bo’lib, dasturda mavjud xatoliklarni topishni yengillashtiruvchi buyruqlardan iborat.

7. Tools – instrumental vositalar “menyu”si bo’lib, Turbo Pascal muhitidan chiqmasdan turib, ayrim dasturlarni bajarishni amalga oshiradi.

8. Options- muhit parametrlarini o’zgartirish “menyu”si bo’lib, Turbo Pascal muhitida ishlash jarayonida lozim bo’lgan kompilyator parametr-larini o’rnatish uchun ishlatiladi.

9. Window – oynalarni boshqarish “menyu”si bo’lib, oynalar bilan ishlashning barcha asosiy amallarini bajaradi. Bu amallar: oynalarni ochish, oynani yopish, oynani kerakli joyga joylashtirish va oyna o’lchovini o’zgartirishdan iborat.

10. Help – yordam olish “menyu”si bo’lib, muhitda ishlash bo’yicha kerakli ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bosh “menyu”ga qarashli bo’lim – ostki “menyu” deb yuritiladi. Ostki “menyuga” buyrug’ini tanlash uchun, uning nomi ustiga kursor ko’rsatkichi joylashtirilib, Enter tugmachasi bosiladi. Ostki “menyu” dan chiqish Esc tugmachasini bosish orqali amalga oshiriladi.



Yüklə 176,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin