O'zbekistonda barqaror o'sishni taminlashni omillari va yo’llari mundarija kirish



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə1/7
tarix09.06.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#116781
  1   2   3   4   5   6   7
вамывпмывмыВМ



O'ZBEKISTONDA BARQAROR O'SISHNI TAMINLASHNI OMILLARI VA YO’LLARI


MUNDARIJA
KIRISH...............................................................................................................................3
1.BOB. MAKROIQTISODIY BARQARORLIK TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA IQTISODIY O'SISH MUAMMOLARINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI.................................................................................8
1.1. Oʻzbekistonda barqaror o'sishi tushunchasi va uning mohiyati.......................8
1. 2. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishga ta'siretuvchi omillar.............17


II.BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TAMINLASH VA IQTISODIY O'SISH DINAMIKASI TAHLILI..........................................................................................................................28
2.1. Respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar tahlili.28
2.2. O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning asosiy ko'rsatkichlari tahlili.......................33
III BOB TAHLIL...........................................................................................38
3.1 O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning asosiy ko'rsatkichlari tahlili...............38
XULOSA...........................................................................................................................42
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI....................................................45

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish har qanday iqtisodiy siyosatning eng asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Barqarorlikka erishish esa makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishi va ommaviy ishsizlikni oldini olish, pul qadrsizlanishini, pul emissiyasining boshqarilishini ta'minlash, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab chora–tadbirlar olib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham respublikamizda bunday chora–tadbirlar mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab amalga oshirila boshlandi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan chora–tadbirlar, jumladan, iqtisodiyot tarkibini o'zgartirish, ustuvor tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolini yaxshilash, pulning qardsizlanish jarayonini to'xtatish, to'lov balansi va davlat valyuta rezervlar holatini yaxshilash va buning natijasida O'zbekistonning tashqi iqtisodiy munosabatlarda tutgan o'rnini mustahkamlash, ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli ijtimoiy siyosat olib borish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda muhim omil bo'lib xizmat qildi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, islohotlar mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo'naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tish modelidan kelib chiqib amalga oshirildi. Ya'ni, iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo'lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o'z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o'z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta'minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillarga asoslanib olib borilgan iqtisodiy siyosat mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlash imkonini berdi.
Ma'lumki, har bir navbatdagi yangi yilning boshida Prezidentimiz I.A.Karimov
an'anaviy tarzda o'tgan yilda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan natijalar, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli jabhalarida qo'lga kiritilgan yutuqlar, shuningdek, keyingi yillarda alohida e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar borasida keng, dasturiy ma'ruza qiladi. Ushbu an'anaga muvofiq holda, shu yilning 17 yanvarь kuni, asosiy maqsadi O'zbekistonning 2014 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini muhokama etish va 2015 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat bo'lgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisi bo'lib o'tdi. Davlatimiz rahbari o'tgan yilda erishilgan yutuq va natijalar to'g'risida to'xtalar ekan, “O'tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o'sish sur'atlariga erishganimizni ta'kidlash joiz.
M amlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi”, -deya e'tirof etdi. Respublikada asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar o'zgarish sur'atlarini doimiy ravishda tahlil qilish, yuzaga keladigan muammolarni samarali

yechimi yo'llarini ishlab chiqish va iqtisodiyotda mavjud nomutanosibliklarni o'z vaqtida bartaraf etish hamda hozirgi kunda jahon iqtisodiyoti barqaror emasligi, tanlangan tadqiqot ishining dolzarbligini belgilab beradi.


O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash borasidagi jarayonlar ishning predmeti hisoblanadi.
Mamlakatni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy o'sish yo'nalishlarining nazariy va amaliy jihatlarini o'rganish asosida bu borada taklif va tavsiyalar ishlab chiqish magistrlik Kurs sining maqsadini tashkil etadi.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishi oldiga qo'yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan:
- makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish muammolarini tadqiq etishning nazariy va uslubiy asoslarini o'rganish;
- makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uning mohiyati ochib berish;
- makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillar tizimini tadqiq qilish;
- O'zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash borasidagi chora–tadbirlarni o'rganish;
- makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar tahlilini amalga oshirish;
- iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalarning iqtisodiy o'sish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyatini ko'rsatib berish;
- O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash yo'nalishlaridan biri sifatida pul - kredit siyosatining rolini asoslab berish;
- matematik modellashtirish usulidan foydalangan holda O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanish ko'rsatkichlari prognozini amalga oshirish.
– iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning hozirgi holati talablaridan kelib chiqqan holda mavzuning nazariy va uslubiy asoslari umumlashtirildi hamda ilmiy xulosa va takliflar ishlab chiqildi;
– O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari dinamikasi tahlil qilindi va yangi tendentsiyalar aniqlandi;
– mavzu bo'yicha iqtisodiy matematik model ishlab chiqildi va u yordamida O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanish ko'rsatkichlari prognoz qilindi.
Tadqiqotda asosiy masalalar va farazlar. O'zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash yo'nalishlarini belgilash, iqtisodiy ko'rsatkichlar o'rtasidagi miqdoriy bog'liqliklarni o'rganish, makroiqtisodiy barqarorlik ko'rsatkichlarini ekonometrik usullar yordamida prognozlashdir.
Muammoning o'rganilganlik darajasi. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash, bu boradagi muammolarni hal etishga bo'lgan yondashuvlar turli maktablar vakillari sanalgan iqtisodchilar va tadqiqotchilarning ilmiy asarlarida o'z aksini topgan. O'rganilayotgan muammoga oid fikr va mulohazalarni iqtisodiyot nazariyasining “otasi” sanalgan A.Smit, angliyalik mashhur iqtisodchi A. Marshall asarlarida uchratish mumkin. Masalaning turli jihatlarini mashhur iqtisodchilardan Y.Shumpeter, K.Gelbreyt, N.Klark, Dj.M. Keyns, Ye.Domar, R.Xarrod, R.Solou, V. Mutalimov va boshqalar chuqur tadqiq etganlar.
O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy o'sishga erishish yo'nalishlari, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari respublikamiz iqtisodchi-olimlari – E.A. Ahmedov, T.M. Ahmedov, K.N. Bedrintsev, S.S. G'ulomov, A. Nabixo'djayev, V. Golishev, G. K. Saidova, B. B. Berkinov, S.K. Ziyodullayev, N.S. Sultonov, N.T. To'xliyev, S. Chepelь, A.T. Yusupov, B. Yu. Xodiyevlarning ilmiy tadqiqotlarida keng yoritilgan.
Mamlakatimiz va xorijiy davlatlar iqtisodchi olimlarining o'rganilayotgan muammolarga bag'ishlangan ilmiy ishlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridagi muammoga tegishli fikr va mulohazalari, ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, ilmiy jurnallarda e'lon qilingan ilmiy maqolalar magistrlik ishining nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi. Unda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, turli me'yoriy hujjatlar, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo'mitasi va rasmiy statistik ma'lumotlaridan, davriy matbuot materiallaridan foydalanildi. Ishni yozishda statistik metodlar, guruhlash, iqtisodiy va qiyosiy tahlil, taqqoslash, matematik modellashtirish, ekstropolyatsiya usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati, shundaki unda tavsiya etilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror o'sish sur'atlariga erishish uchun chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda foydalanish mumkin. materiallaridan oliy o'quv yurtlarida “Makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiy o'sish modellari”, “Makroiqtisodiyot” va “Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish strategiyasi” o'quv kurslarini o'qitishda foydalanish mumkin.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti, ilmiy yangiligi o'z aksini topgan.
Ishning birinchi bobidamakroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish muammolarini tadqiq etishning nazariy va uslubiy asoslari o'rganilgan. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasining mazmun va mohiyatini ochib berishga qaratilgan turli yondashuvlar ko'rib chiqilgan. Ushbu bobda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillar tizimi tadqiq qilingan. Iqtisodiy o'sish turli maktablar namoyondalari tomonidan taklif etilgan modellari orqali ko'rib chiqilgan va ulardan O'zbekiston iqtisodiyotida foydalanish yo'nalishlari o'rganilgan.
Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy o'sish dinamikasi va mamlakatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar o'rganilgan. Ushbu bobda makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar tahlilini amalga oshirishga, hamda iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalarning iqtisodiy o'sish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyatini ko'rsatib berishga alohida e'tibor qaratilgan. Bundan tashqari iqtisodiyotga investitsiyalar jalb etishni takomillashtirish orqali barqaror iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish masalasi ko'rib chiqilgan.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin