Reja: Ch. Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati



Yüklə 90,81 Kb.
tarix09.12.2023
ölçüsü90,81 Kb.
#138681

CH.darvinning hayoti va ilmiy faoliyati. Ch.Darvin ta`limotining asosiy mazmuni va yo`nalishlari.
Reja:

  1. Ch. Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati

  2. Evolyutsion nazariya ustida ishlash

  3. Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni

Charlz Robert Darvin 1809-yil 12-fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida shifokor oilasida tughldi. U bolaligi- dayoq tabiatdagi voqea-hodisalar, chunonchi, qushlar hayo- tini kuzatishga, o‘simliklar va minerallardan kolleksiyalar to‘plashga qiziqar edi. Darvinlar uyining bir tomonida xilma- xil manzarali daraxt va butalar ekilgan bog‘ bo‘lib, ikkinchi tomonida daryo oqar edi. Yosh Charlz bo‘sh vaqtlarini tabiat quchoghda o‘tkazar, qushlar, hasharotlarni kuzatib, baliq tutar va ov bilan shug‘ullanar edi.


U 1817-yili maktabga borgan bo‘lsa-da, o‘sha davrda hukmron bo‘lgan «klassik maktab» sinchkov Darvinda hech qanday qiziqish uyg‘otmadi. Darvin 16 yoshga to‘lgach, otasi uning kelgusida shifokor bo‘lishini ko‘zlab, Edinburg universitetining meditsina fakultetiga o‘qishga kiritdi.
Biroq universitetdagi darslar ham quruq «klassik» o‘qitishga asoslanganligi, ayniqsa, odam anatomiyasidan o‘qiladigan ma’-ruzalar zerikarli ekanligi, narkozsiz operatsiyalar qilinishi yosh Darvinda tibbiyot fanlariga nisbatan qiziqish uyg‘otmadi.
O‘g‘lining medik bo‘lish ha- vasi yo‘qligidan xabardor bolgan otasi uni 1828-yili Kembrij universitetining ilohiyot fakultetiga o‘qishga berdi. Bu yerda ham u xuddi Edinburg universitetidagi kabi, darslarga qiziqmasada, uni tashlab ket- madi. Chunki universitetda ilohiyotga oid darslar bilan birga tabiiyot fanlari ham o‘qitilar edi. Darvin tabiiy fanlarga qiziqishi jihatdan boshqa studentlardan ajralib turgani sababli universitetdagi yirik tabiatshunos olimlarning diqqat- e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Botanika professori Genslo, ge- ologiya professori Sedjvik Darvinning tabiyotga oid bilim- iarini rivojlantirishga yaqindan yordam berdilar. U tajribali geolog Sedjvik tomonidan Shimoliy Uelsga uyushtirilgan ge- ologik ekskursiyalarda faol ishtirok etdi. Darvin A. Gum- boldtning Janubiy Amerikaga qilgan safari xotiralarini o‘qib, safar qilishga ko‘proq qiziqa boshladi.
Darvin 1831-yili universitetni tamomlagandan keyin pas¬tor bo‘lib ishlashdan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslikka, tadqiqotlarga moyillik sezdi. Chunki bu davrga kelib, u botanika, zoologiya, geologiya sohasidagi adabiyotlardan yax- shi xabardor, tabiiy sharoitda bu fanlar bo‘yicha tadqiqot ish- larini olib borish metodikasini anchagina egallagan edi. Bun- dan xabardor bo‘lgan professor Genslo uni ingliz harbiy doiralari tomonidan butun jahon bo‘ylab safarga jo‘natilayotgan «Bigl» kemasidagi ekspeditsiya tarkibida tabi¬atshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi.
«Bigl» kemasidagi safar va uning ahamiyati. «Bigl kema¬sidagi safar 1831-yil 27-dekabrdan boshlanib, 1836-yil 2- oktyabrigacha, ya’ni salkam 5 yil davom etdi. Bu kema sa- farining asosiy vazifasi dengiz xaritalarini mufassal tuzish maqsadida Janubiy Amerikaning sharqiy va g‘arbiy sohillarini hamda unga yaqin orollarni suratga olishdan, yer atrofida bir nechta xronometrik o‘lchov olishdan iborat edi.
«Bigl»ning marshruti. 1831-yil 27-dekabrda Angliya qirg‘oqlaridan chiqqan «Bigl» kemasi Yashil Burun orollarida bir oz to‘xtagandan so‘ng, Janubiy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlariga yetib keldi. U aprel oyida Rio-De Janeroda so‘ngra Montevideo, Buenos-Ayresda bo‘lib, Olovli yer to¬mon suzadi. Keyin yana shimol tomonga qaytib, 1833-yil av- gustda Bayya-Blankaga yetib keladi (5-rasm). 1833-yil dekabrida Sharqiy qirg‘oqdagi barcha ishlar yakunlangach, kema Patagoniya qirg‘oqlari tomon suzadi va Olovli yemi aylanib o‘tib, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab suzib o‘tadi. U Peru va Chilining ba’zi gavanalarida to‘xtagach, 1835-yili Galapagoss orollariga yetib keladi. U yerda birmuncha vaqt bo‘lgach, Tinch okean orqali Yangi Zelandiya qirg‘oqlariga yo‘l oladi. Kema Avstraliyada bo‘lgandan so‘ng, 1836-yil boshida Hind va Atlantika okeanlari orqali yana Braziliya qirg‘oqlariga yetib keladi va u yerdan Angliyaga qaytadi (5-rasm).
Safarga ketayotgan Darvin Lyayelning 1830-yili chiqqan «Geologiya asoslari» degan kitobining birinchi tomini o‘zi bi-lan olib ketgan edi. Yashil Burun orollarida olib borilgan dastlabki geologik kuzatishlarda Darvin Lyayelning geologik o‘zgarishlar asta-sekin borishi haqidagi mulohazalari boshqa mualliflar nazariyasiga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Janubiy Amerikada olib borilgan kuzatishlar dastlabki xu- losalarni yana bir marta tasdiqladi. Lyayelning geologiya so- hasidagi nazariyasi o‘simliklar, hayvonlar ham sekinlik bilan evolyutsiya jarayonini o‘tadi, degan g‘oyani ilgari surishga undaydi.

«Bigl» kemasidagi safar.
Kema Braziliyada bo‘lganda, Parana daryosi qirg‘oqlari yaqinida Darvin qurg‘oqchilikdan nobud bo‘lgan bir qancha hayvonlar suyagining qoldiqlarini topdi va ularning ko‘plab qirilishi «halokat nazariyasi» bilan bog‘liq emasligini o‘z kun- daligiga qayd qildi.
Paleontologik qazilmalar ham Darvin fikrlarining yo‘nalishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U Janubiy Amerikaning Bayya-Blanka rayonida qadimgi davrlarda yashagan va qirilib ketgan sutemizuvchilardan milodont, taksodont, megaloniks, ssilidoteriyalar suyagining qoldiqlarini topdi. Ayniqsa, qirilib ketgan qadimgi chala tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov, chumolixo‘r, zirhlilarga o‘xshashligi Darvinni hayrat - lantirdi. U qirilib ketgan va hozirgi davrdagi tukotuko hamda suv cho‘chqalari o‘rtasida yanada ko‘proq o‘xshashlik bor- ligini aniqladi. Qazilma holda topilgan ba’zi hayvonlar hozir yashayotgan bir qancha hayvon turkumlarining ayrim belgi- larini o‘zida mujassamlashtirganligi ham ma’lum bo‘ldi (6- rasm, a, b).
Bu dalillar ilgari yashab, qirilib ketgan hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar o‘rtasida o‘zaro qarindoshlik bor, deb taxmin qilishga sabab bo‘ldi. Buenos-Ayresdan Santyagogacha bo‘lgan masofada ham Darvin taksodont, mastodont, ot, Patagoniyada esa karkidon, tapir, paleoteriy kabi ilgari qirilib ketgan hayvonlar suyagining qoldiqlarini topdi. Bundan hayratlangan Darvin: «Bitta qit’aning o‘zida ilgari yashab, qirilib ketgan va hozir yashayotgan hayvonlar o‘rtasida shu qadar ajablanarli o‘xshashlik borligini yer yuzasida organizmlar paydo bo‘lishi va yo‘qolib ketishi haqi- dagi masalani qachonlardir, boshqa xildagi har qanday faktlarga nisbatan yaxshiroq yoritib berishga men shubha qilmayman» deydi. Darvin Kordilera qoyalari bo‘ylab qilgan ekskursiyalarida tizmaning markaziy qismida — 2000m balandlikda araukariyalar oilasiga mansub 50 ga yaqin daraxtning toshga aylangan qoldig‘ini topdi. Ular bir- biridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa-da, bir gurahni tashkil etardi.
Toshga aylangan daraxtlarga qarab, Darvin shu yer- larda o‘tmishda sodir bo‘Igan voqyealarni ko‘z oldiga keltirdi. Hayvonlar geografik tarqalishining ba’zi o‘ziga xos tomonlari ham safar davomida Darvinni ajablantirdi. U Shi- moliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o‘zaro taqqoslab, ular o‘rtasida katta farq borligini qayd qildi. Chunonchi, Janubiy Amerikada maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo‘r, zirhli kabi hayvonlar tarqalgan. Ular Shimoliy Amerikada uchramaydi. Darvin bu masalaga tarixiy nuqtayi nazardan yondashdi. Uning fikricha, o‘tmishda Amerikaning ikkala qismi bir bo‘lib, faunasi o‘xshash bo‘lgan, keyinchalik esa Meksikaning janubida quruqlik ko‘tarilishi tufayli hay- vonlarning bir qit’adan boshqa qit’aga o‘tishi uchun to‘siq hosil bo‘lgan.
Darvin Yashil Burun orollaridagi hayvonlarni o‘rganib, ular Afrika qit’asi qirg‘oqlarida uchraydigan hayvonlarga o‘xshash bo‘lsa ham, lekin ko‘p xossalari bilan ulardan farq qilishini qayd qiladi.

. Galapagoss arxipelagining vyuroklari.
U o‘z kuzatishlari natijasiga asoslanib, okean orollari¬dagi hayvonlar bilan o‘simliklar yaqin qit’adan tarqalgan, le¬kin tabiiy sharoit boshqacha bo‘lganligi tufayli vaqt o‘tishi bi¬lan fauna va flora ham o‘zgargan va o‘ziga xos xususiy xos- salarga ega bo‘la borgan, degan mulohazani o‘rtaga tashlaydi. Albatta, bu mulohaza kreatsionizmga tamomila qarama- qarshi bo‘lib, turlarning o‘zgarishi, ularning kelib chiqishi bir-biriga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Turlarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi dastlabki g‘oya Darvinda «Bigl» kemasidagi safar davridayoq paydo bo‘ladi. Lekin bu jarayon sabablarini aniqlash masalasi hali ko‘p ji- hatdan muammo edi. Darvin Angliyaga qaytgach, xonaki va tabiiy sharoitdagi hayvon, o‘simliklarning o‘zgaruvchanligiga doir ma’lumotlami ko‘plab yig‘a boshladi va 1837-yilning iyul oyida yon daftariga evolyutsiya bo‘yicha dastlabki mulo- hazalami yozdi. Shu vaqtdan boshlab, 20 yildan ortiqroq vaqt mobaynida u evolyutsiya g‘oyasini rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlar, dalillarni to‘play boshladi va ularni puxta o‘rgandi. Evolyutsion nazariyaning birinchi xomaki nusxasi 1839-yili tayyor bo‘ldi. Turlar kelib chiqishi nazari- yasining asosiy qoidalari esa 1842-yili yozilgan qisqacha ocherkida o‘z ifodasini topdi. 1844-yilga kelib, turlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ocherk oxiriga yetkazildi. Bu davrda sun’iy va tabiiy tanlanishning ijodiy roli Darvin e’tiborini tobora ko‘proq o‘ziga jalb etdi.
Darvin turlarning o‘zgarishi haqidagi nazariya juda mu- him ilmiy kashfiyot bo‘lib, fanda katta qadam ekanligini yax- shi tushungan holda uni har tomonlama asoslashga harakat qilganligi uchun ham matbuotda e’lon qilishga shoshilmadi. 17 yil davomida yangi nazariyaning qisqacha mazmunidan faqat Darvinga juda yaqin olimlar — Lyayel va Gukerlar xabardor edilar, xolos.
1856-yili Lyayel Darvinga organik damning tarixiy rivo- jlanishi haqidagi qarashlarini kengroq bayon etishni maslahat qildi. Shundan keyin u nashr etilgan «Turlarning kelib chiqishi» asariga qaraganda 4 marta katta hajmli asar yozishga kirishdi. Lekin asarning yarmini yozib bo‘lgach, olimning ilgari o‘ylagan fikrlari tamomila o‘zgardi. Gap shundaki, Malayya arxipelagida ish olib borayotgan taniqli tadqiqotchi, zoolog Alfred Uolles 1858-yil 18-iyunda Darvinga xat va kichik maqola yubordi. Darvin Uolles yub- organ maqolaning mazmuni bilan tanishgach, u bilan o‘zining g‘oyasi va fikrlarida hayron qolarlik darajada o‘xshashlik borligiga ajablandi. Shunga qaramasdan, u Uollesning maqolasini jurnalda e’lon qilmoqchi va uni evolyutsion ta’limotning birinchi muallifi deb e’tirof etmo- qchi bo‘ldi. Lekin Darvin evolyutsion ta’limot ustida 20 yil- dan buyon tinmay ishlayotganligidan va juda ko‘p faktik ma- teriallarga ega ekanligidan xabardor bo‘lgan Lyayel, Guker va boshqa olimlar bunga e’tiroz bildirdilar va Darvin o‘z ta’limotini qisqa maqola shaklida yozishiga va uni Uolles maqolasi bilan bir vaqtda e’lon qilishiga maslahat berdilar. Natijada 1858-yili 1-iyulda Londondagi «Linney jamiyati» majlisida Uolles maqolasi bilan Darvin nazariyasining qisqacha ocherki haqida axborot tinglandi va jamiyat jur- nalining avgust oyi sahifalarida Uolles maqolasi bilan Darvinning «Organik mavjudotlarning tabiiy holatda o‘zgarishi, tabiiy tanlanish, xonaki hayvonlarni yowoyi turlar bilan qiyoslash to‘g‘risida» nomli maqolasi nashr qilindi. Le- kin har ikki maqola ham olimlar diqqatini o‘ziga torta ol- madi. Natijada Lyayel va Guker Darvinni o‘z nazariyasini qisqacha bo‘lsa-da, bitta kitob holida yozib, nashr ettirishga shoshirdilar va nihoyat, 1859-yil 24-noyabrda «Tabiiy tanla¬nish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi, ya’ni yashash uchun kurashda eng yaxshi moslashgan zotlarning saqlanib qolishi» degan mashhur asari chop etildi.
Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» nomli asari aniq va mantiqiy reja asosida yozilgan bo‘lib, Lyayel ta’biri bilan aytganda, «bir uzun argument»dan iborat edi. U umuman evolyutsion nazariya, xususan, tabiiy tanlanish haqidagi nazariyani isbotlashga qaratilgan edi. Asar 14 bobdan iborat bo‘lib, xilma-xil hayvonlar zoti va o‘simliklar navini chiqar- gan inson amaliyotini tahlil qilishdan boshlanardi. Inson or- ganizmlarning irsiyati va o‘zgaruvchanlik xossalari tufayli sun’iy tanlashda ajoyib natijalarga erishganligi ko‘p misollar zaminida tushuntiriladi. So‘ngra tabiiy sharoitdagi tanlanish bayon etiladi. Darvin o‘zgaruvchanlik va irsiyat xossalari tabiiy sharoitda yashaydigan organizmlarga ham mansub- ligini, lekin bu yerda «yashash uchun kurash» yoki «hayot uchun raqobat», «organizmlarning geometrik progressiya yo‘li bilan ko‘payishi» tanlanish sababchisi ekanligini qayd qiladi.
Yangi nazariyaga oid qiyinchiliklar Darvinning diqqat markazida turdi. Bu qiyinchiliklarning eng asosiysi tur xili qanday qilib turga aylanadi, nima sababdan har xil turlar o‘rtasida oraliq formalar uchramaydi, degan masaladir. Bu qiyinchilik yashash uchun kurash, belgilarning ajralishi va oraliq formalaming qirilib ketishi g‘oyalari bilan bartaraf qilindi. Darvin ba’zi hollarda soddadan murakkab tomon rivojlanishda oraliq formalar uchrashini ta’kidladi.
Yangi nazariya oldidagi qiyinchiliklardan yana biri hozirgi organizmlarning ajdodlari orasida izchil paleontologik qatorlar yo‘qligi va paleontologik qazilmalardagi yetish- movchilikdir. Darvin bunday yetishmovchiliklar tabiiy ekanligini, chunki qadimgi davrda yashagan hayvonlar vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketishini, shunga ko‘ra, hech bir vaqt «geologik solnoma» to‘la bo‘lmasligini qayd qildi. Asarning so‘nggi boblari evolyutsion nazariyani paleontologik, bio- geografik, sistematik, qiyosiy anatomik va embriologik dalil- lar bilan isbotlashga qaratilgan. Darvin turli-tuman dalillar, g‘oyalar zaminida tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning paydo bo‘lishidagi nazariya kreatsionistlar nazariyasiga nis- batan ko‘p afzalliklarga ega ekanligini ta’kidladi.
«Turlarning kelib chiqishi» asari Darvin tomonidan ba- jarilgan juda katta mehnatning bir ulushidir. Asarda bayon etilgan fikrlarning to‘g‘riligini isbotlash va rivojlantirish maqsadida Darvin keyinchalik ham yana ko‘p asarlar yozdi. Ulardan biri 1868-yili nashr etilgan «Xonakilashtirilgan hay- vonlarning va madaniy o‘simliklarning o‘zgamvchanligi» nomli asardir. Asarda tabiiy tanlanish haqidagi nazariyani is- botiash maqsadida hayvon zotlari, o‘simlik navlarini chiqa- rish tajribasi, ya’ni sun’iy tanlash masalasi juda keng, puxta, ilmiy tarzda yoritildi.
1871-yili Darvin «Odam paydo bo‘lishi va jinsiy tanla¬nish» degan asarini nashr ettirdi. Bu kitobning ko‘p sahifa- lari, antropolog Ya. Ya. Roginskiy uqtirishicha, Uolles maqolasidagi fikrlar xususidagi munozara natijasi edi. Uolles 1864-yili nashr ettirgan maqolasida odam paydo bo‘lishida Darvin qarashlaridan keskin farq qilgan g‘oyani ilgari surdi. Uning mulohazasiga ko‘ra, odam ajdodlaridagi o‘zgarishlar tabiiy tanlanish yo‘li bilan vujudga kelgan bo‘lsa-da, biroq odam miyasi aqliy qobiliyatlarining rivojlanishi bilan uning ta’siri to‘xtaydi, chunki odamdagi tuyg‘ular, ongli hayot qo- biliyati, axloqni tabiiy tanlanish yoki evolyutsion nazariya bi¬lan tushuntirib bo‘lmaydi. Darvin yuqoridagi asarida Uolles fikrlarining noto‘g‘ri ekanligini uzil-kesil isbotlashni maqsad qilib qo‘ydi. Asarning birinchi bobida odam hayvonot olami- dan kelib chiqqanligini isbotlovchi qiyosiy anatomiya, fiziologiya, embriologiya, sistematika, paleontologiya dalillari keltiriladi.
Asarning keying! boblarida hayvonlar bilan o‘simliklar turlarining paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynagan omillar — o‘zgaruvchanlik, irsiyat, tanlanish odamning kelib chiqishida ham muhim rol o‘ynaganini ko‘rsatib o‘tiladi. Asarda odamning hayvonot olamida tutgan o‘rni belgilab beriladi, Darvin Ouen va Uolleslarning «odam o‘z miyasining rivoj topishi va ruhiy holati bilan hayvonlardan tubdan farq qiladi va shunga binoan uni hayvonlardan ajratish kerak» degan mulohazalarini tanqid qildi va mazkur masalani ilmiy jihat- dan hal etdi.
Darvin odam paydo bo‘lishi masalasini biologiya fani nuqtayi nazaridan hal etgan bo‘lsa-da, lekin bunda sotsial omillar qanday rol o‘ynaganini ochib bera olmadi.
Darvin asarining ikkinchi qismi jinsiy tanlanishga baghshlangan. U juda ko‘p dalillar, kuzatishlarni tahlil qilib, ikkinchi darajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishini, hay- vonlarda jinsiy tanlanish qanday ro‘yobga chiqqanligini atrof- licha hal qildi. Bulardan tashqari, Darvin yana ko‘pgina asar- lar yozdi va ularda evolyutsion nazariyaning ayrim muam- molarini atroflicha yoritdi. «O‘simliklar olamida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri», «Hasharotxo‘r o‘simlik- lar to‘g‘risida», «Odamda va hayvonlarda tuyg‘uning ifodalanishi» kabi asarlari bunga yorqin misoldir. Darvin asarlarining jami 12 tomdan iborat edi. Uning asarlari sinchkovlik bilan dalillar to‘plash va ulami keng ko‘lamda nazariy jihatdan asoslashning yorqin namunasidir. U induk- siya bilan deduksiyaning, analiz bilan sintezning doimiy o‘zaro aloqasini to‘g‘ri qo‘llagan olimdir.

FOYFALANILGAN ADABIYOTLAR


1. А.С. Северсов, «Теория эволюции». Владос М., 2005.
2. А.В.Яблоков, А.Т.Юсуфов. «Эволюционное уче¬ние» М., 1998 г.
3. С.Х. Карпенков. Концепции современного естес¬тво знания. М., Фонд «Мир», 2005.
4. А.Т. G‘ofurov, S.S. Fayzullayev, J. Saidov. «Ge- netika osmonidagi zulmatli tunlar». Ta’lim muommolari, 2005, 80-84-b.
5. A. Lima-de Farua — «Эволция без отбора — Авто¬эволюция формы и функции». Инглиз тилидан таржима. «Мир», 1991 г.
6. А.Т. Рофуров «Давринизм» Т.: «Укцгувчи», 1992-й.
arxiv.uz
Referat.uz
Ziyonet.uz
Yüklə 90,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin