Reja: 1. Musulmon maktablarini isloh qilish sohasida harakatlar. Ismoil G’aspiralining pedagogik qarashlari 2. I. G’aspiralining barcha g’oyalari Markaziy Osiyoga keng tarqalishi 3. «Usuli jadid» maktablarida hamma o’qish huquqi Foydalanilgan adabiyotlar
1. Musulmon maktablarini isloh qilish sohasida harakatlar. Ismoil G’aspiralining pedagogik qarashlari XIX asr boshlarida Buxoroda ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga va islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’ladi. Ana shu islohot tarafdorlarini jadidlar, yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar.
O’sha davrdan boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, diniy fanatizm ruhidagi kishilarni qadimiylar deya boshladilar.
XIX asr boshida Abu Nasr Al Kursaviy boshchiligida ilg’or ma’rifatparvar mudarislar Buxorodagi 200 dan ortiq madrasani isloh qilish g’oyasini ko’tarib chiqdilar. Qadimiylar ularni kofirlar, xudosizlar deb aybladilar.
XIX asrning 50-60 yillarida diniy islohotchilik harakati kengaya boshladi. Bu harakat boshiga mudaris va tarixchi Marjoniy, domla Fozil G’ijdivoniy, Mo’minjon Vobkandiy, Xudoyberdi Boysuniy kabilar turdilar. Bu harakat vakillari madrasa va maktablar dasutridan olib tashlash g’oyasini ko’tarib chiqdilar. Jumladan Rahimjon Marjoniy o’z dasturida quyidagi olti talabni kiritdi.
1. Qur’ondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan holda o’zlari erkin fikr yuritsinlar.
2. Kishilarning bir-biriga ko’r-ko’rona ergashishi man qilinsin.
3. Madrasalarda o’qitiladigan hoshiya va irq kabi foydasiz darslar olib tashlansin.
4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari, islom tarixi kabi darslar o’tilsin.
5. Arifmetika, tarix, jug’rofiya, tabobat, handasa, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o’qitishga qarshilik ko’rsatilmasin.
6. Har bir ishda musulmonchilikni Muhammad alayhisalom davridagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko’zda tutilsin.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida kelib Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko’p shahar va qishloqlarida jadidchilik harakati avj ola boshladi. Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayotini qayta qurishga qaratilgan. Shu nuqtai nazarda asrimiz boshlarida jadidlar va jadidchilik harakati yuzaga keldi.
1905 yil Rossiyada, 1907 yil Eronda, 1908 yil Turkiyada bo’lgan burjua to’ntarishlar Markaziy Osiyoda jadidchilik harakatining shakllanishi va o’sishida o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Jadidchilik jamiyatni to’ntarish yo’li bilan emas, islohotlar yo’li bilan rivojlantirishni asosiy vazifasi deb belgiladi. Jadidchilar barcha qatlamlarning tinch-totuv yashashi va ishlashi g’oyasini ko’tarib chiqdilar.
Jadidlar 1906 yildan e’tiboran «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat» singari gazetalar chiqarib o’z g’oya va qarashlarini targ’ib qila boshladilar.
Jadidlarning harakat dasturida quyidagi masalalar o’z ifodasini topgan.
1. Diniy taasuf va fanatizmga qarshi kurash.
2. Ona tilida o’qitiladigan Evropa usulidagi yangi maktablar tashkil etish.
3. Yangi o’zbek adabiy tilini ishlab chiqish, adabiyot va teatr yaratish.
4. Xotin-qizlarni jadid maktablariga jalb etish, paranjidan chiqarish.
5. Mahalliy amaldorlarni chor hukumdorlari tomonidan siquvga olinishiga qarshi kurash kabilar. Jadidchilik dastlab Qrimda paydo bo’ldi. Uning asoschisi turkiy qavmdan bo’lgan I. G’aspiralidir.
Sharq xalqlari madaniy hayotida, maktab va maorifida haqiqiy inqilob yasab «usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan «Usuli savjiya» ni u boshlab berdi.
I. G’aspirali 1851 yil 21 martda tavallud topdi. 8 yoshida o’qishga beriladi va gimnaziyada o’qiydi, so’ng Varonej ofitserlar harbiy o’quv yurtiga undan Moskvadagi Milyutin gimnaziyasiga o’tadi va 1868 yilda uni tugallab Boqchasaroyga qaytadi. «Zanjirli» madrasada rus tilidan dars beradi. Oradan ko’p o’tmay o’qish uchun Turkiya-Istambulga undan Frantsiyaga, Vena, Myunxen, Shtutgarda bo’ladi va 1876 yil Boqcharoyga qaytib kelib o’qituvchilikni davom ettiradi.
1883 yil 10 aprelida «Tarjimon» gazetasini chiqaradi va «Bolalar muallimi» darsligini tuzadi.
1884 yilda u 12 bolani yangicha usuli jadid bilan o’qitishga kirishadi va 40 kun ichida burro savodini chiqaradi. Yangi usul maktabda quyidagilarga amal qilinishi kerak:
1. Sinfda bolalar soni 30 tadan oshmasligi.
2. Bolalar yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi.
3. Har qabul nechta bo’lishidan qat’i nazar bir sinfdan oshmasligi.
4. Har bir muallimda 3-4 sinf bo’lishi.
5. 7-9 yoshli bolalar uchun 5 soatdan oshmasligi, har darsdan so’ng 10 daqiqa tanaffus bo’lishi.
6. Juma va bayram kunlari dam olish.
7. O’n oy o’qishdan so’ng ta’til bo’lishi.
8. Dars zeriktirmasligi.
9. Bolalarni urish va so’kish befoydaligi ko’rsatilgan.
U «Usuli jadid» bilan o’qitishning qoidalarini quyidagicha tushuntiradi.
1. Butun alifboni birdan o’rgatish og’ir, boshda uch, besh harf o’rgatib borish engil.
2. Birinchi darsdan shogirdlarni yozishni boshlamasliklari kerak.
3. Darslar soatlarga, qismlarga ajratib o’rgatilishi.
4. O’quvchi bir darsni o’zlashtirmaguncha ikkinchisiga o’tilmasligi kerak.
5. Harflar bilan tanishtirganda ular haqida kengroq ma’lumot berilishi kerak.
O’quvchilarni har 6 oyda imtihon qilish, yil oxirida sinfdan sinfga o’tkazish, o’zlashtirmaganlarni sinfda qoldirish zarurligi ko’rsatiladi.
Millatning o’zligini ko’rsatadigan xususiyatlardan biri til va maorifdir. Bu ikkisi bo’lmasa millat mustaqil bo’lmaydi. I. G’aspirali 1905 yilda yozgan maqolasida millatning asosi til birligi va din birligi degan.