Servis jarayonida transport-ekspedision xizmatlarning ahamiyati



Yüklə 236,11 Kb.
səhifə1/9
tarix24.02.2023
ölçüsü236,11 Kb.
#123606
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6,7-маъруза


SERVIS JARAYONIDA TRANSPORT-EKSPEDISION XIZMATLARNING AHAMIYATI


6.1. Transport ekspeditorlik xizmatlarini tashkil etish

Yuk tashishni magistral transportda amalga oshirishda uning boshlang’ich va oxirgi punktlarida yoki transport uzellarida tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, yukni olib kirish va olib chiqish, ortish va tushirish, yuk egalariga axborot, sug’urta, bojxona va boshqa xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha bir qator qo’shimcha operatsiyalarni bajarish zarur bo’lib, ular transport-ekspeditorlik xizmatlari deb ataladi. Bu operatsiyalarni, odatda, yuk egalarining o’zi yoki magistral transport tuzilmasiga kiruvchi maxsus ekspeditorlik tashkilotlari yoki mustaqil aktsionerlik yohud aloqador korxonalar, kompaniya va firmalar amalga oshirishi mumkin.


Transport-ekspeditorlik xizmatlarining tuzilishi quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:
-transport xizmati;
-ekspeditorlik xizmati;
-vositachilik xizmati.
Transport xizmatlariga yukni ortish-tushirish va transportirovkalash xizmatlari kiradi.
Ekpeditorlik xizmatlariga tayyorlash, ombor va ekspeditorlik xizmatalri kiradi.
Vostitachilik xizmatlariga esa tashkiliy, konsulg’tativ (maslahat) va axborot xizmatlari kiradi.
Transport-ekspeditorlik xizmatlarini bir nechta belgisiga ko’ra tasniflash ham mumkin:
- tashkilotlarning o’zaro faoliyat aloqalariga ko’ra;
- talabning ko’rinishiga ko’ra;
- faoliyat xarakteriga ko’ra.
Temir yo’l trans’orti sohasida trans’ort-eka’editorlik hizmatlarining o’rni beqiyos kattadir. Hozirgi kunda milly trans’ort korxonalarining jahon trans’ort kom’aniyalariga asta-sekinlik bilan integratsiyalashishi kuzatilmoqda. Bu o’z navbatida turli kattalikdagi va mulkchilikdagi trans’ort-eka’editorlik korxonalarining rivojlanishini rag’batlantiradi.
Chet el tajribasi shuni ko’rsatadiki, trans’ort sohasining umumiy tendensiyasi milliy trans’ort tizimining asta-sekinlik bilan umumjahon tizimiga moslashuvi hisoblanadi.Bu sharoitlarda yuklarni “eshikdan-eshikgacha “, istalgan manzilga o’z vaqtida yetkazib berishga harakat qilinadi va trans’ort-eks’editorlik firmalarining faoliyati ham asosan shunga yo’naltirilgan. Shuning uchun ham bozor sharoitida trans’ort-eks’editorlik faoliyatini o’rganishga va uni rivojlantirishga katta etibor berish zarur.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davri bilan bog’liq ravishda ekspeditorlik tashkilotlarining sifatli va miqdoriy tarkibi jiddiy ortdi.
Avtomobil transportida transport-ekspeditsiya xizmatlarini ko’pgina hollarda avtotransport korxonalarining o’zi «eshikdan eshikkacha» sxemasi bo’yicha yuk yetkazib amalga oshiradi. Bu korxonalar
ham temir yo’l bekatlariga yuklarni markazlashgan olib kirish va olib chiqish vazifasini bajaradi.
Temir yo’l transportida yuk egalariga transport-ekspeditsiya xizmati ko’rsatish bo’yicha asosiy ishni yuk va tijorat faoliyati bo’limlari, ortish-tushirish ishlarining mexanizatsiyalashgan distantsiyalari, yuk stantsiyalari, shuningdek, yuk egalarining muvofiq tuzilmalari bajaradi.
Biroq, transport-ekspeditsion xizmatlarni ko’rsatish sohasida

Transport bozorini prognoz qilish

Optimal marshrutni tanlash

Tara va ukapovkani tanlash

Harakatlanuvchi tarkib turini va xilini tanlash

Yetkazish kordinatsiyasi

Yetkazishni tashkillashtirish

Ma’lumotlarni uzatish

Tashish va yuk yetkazish haqida xabar berish

Yuklarni zichlash

Ekspedit
orlik

axborot


Transport

Ekspeditorlik

Vositachilik

Tayyor
lash

Hisob-kitob operatsiyalari

Hujjatlarni rasmiylashtirish

Yuklarni himoyalash va kuzatib borish

Jo’natilganlarni konsalidatsiyalash

Yuklarni markirovkalash

Yuklarni saqlash

Yuklarni qabul qilish va jo’natish

Yuklarni jo’natishga tayyorlash

Harakatlanuvchi tarkibni yuk ortish joyiga yetkazish

konsultativ

tashkiliy

Yuklarni transportirovkalash

Yuklarni ortish va tushirish

ombor

Transport ekspeditorlik hizmatlari


Lizing va arenda



Harakatlanuvchi tarkibga yol-yo’lakay ortish

13- Rasm. Trans’ort-eks’editorlik hizmatlari strukturasi





14- rasm. Transport-ekspeditorlik hizmatlari klassifikatsiyasi

amalda ko’pgina muammolar va yetishmovchiliklar mavjud.


Transportning boshqa tarmoqlarda bo’lgani kabi hali ham samarali vositachilik (hamkorlik) tizimi yaratilmagan. Yaqinda tuzilgan ko’p sonli mustaqil ekspeditorlik firmalari ko’p hollarda bir yoki ikki xizmat turinigina ko’rsata oladilar va shu bilan resurslar chegaralanganligi tufayli xizmatlar majmuaviyligini va ularni bajarishning sifati kafolatini tahminlay olmaydilar. Yuk jo’natuvchilari birqancha ekspeditorlik tashkilotlariga murojat qilishlariga to’g’ri keladi. Natijada bu xizmatlarning qiymati oshib ketadi, tashishni tashkil etish muddati keyinga suriladi, mazkur transport turining obro’si tushadi.
SHuni aytib o’tish lozimki, magistral transport turlarida xususiy ekspeditorlik xizmatlarining mavjudligiga qaramay, bog’liq bo’lmagan transportg’ekspeditsion vositachilar zarur va foydalidir. Ular nafaqat transport xizmatlari bozorida raqobatni yuzaga keltiradi va marketing tadqiqotlarini olib boradi, balki katta transport korxonalarini bahzida qiyinlashtiruvchi ko’p sonli mijozlar bilan bo’ladigan yordamchi ishdan ozod etadi va tashish jarayonini samarali tashkil etishga asosiy ehtiborlarini qaratishlariga imkon beradi. Ayniqsa, xalqaro yo’nalishlarda aralash tashishlarni amalga oshirish borasida vositachi-ekspeditorlik faoliyati juda zarur. Bunda ekspeditorlik tashkilotlari transport xizmatlari istehmolchilarining qiziqishlarini himoya qilinishini, vositachi bo’lmagan holda juda zarur va qimmat turuvchi (transport tsexlarini, agentlarni, xizmat safarlarini tahminlab berish) xizmatlarni bir vaqtning o’zida ko’p sonli mijozlarga ularning to’g’ridang’to’g’ri ishtirokisiz amalga oshirish hisobiga transport harajatlarini kamaytirishni tahminlaydilar.
Ekspeditor – transport ekspeditsiyasi shartnomasi tomoni–tovarlarni tashishni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxs, bunda u temir yo’l, suv, avtomobil transportida yuklarni tashish, shuningdek, yuklarni, tavakkalchiliklarni, transport vositalarini sug’urtalash, yuklar va hujjatlarni rasmiylashtirish, joylashtirish, saqlash, ishlov berish, dekloratsiyalash va bojxona tartibotlari, transport–ekspeditorlik xizmati ko’rsatish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa xizmatlar ko’rsatish bo’yicha keng va turli ishlar kompleksini bajaradi, shuningdek, ushbu tashishlarni amalga oshirish ustidan nazoratni tahminlaydi va mijozning transport korxonalari oldidagi manfaatlarini himoya qiladi.
Ekspeditorlik xizmatlari – bu ekspeditor shartnomaga muvofiq xizmat ko’rsatishni o’ziga olgan vositachilik va yordamchi – texnologiya xizmatlari kompleksidir.

15-rasm. Transport ekspeditorlik kompaniyasining xizmat turlari


Transport ekspeditorlik xizmati – yukni jo’natish va qabul qilib olish jarayonini tashkil etish, shuningdek, transport ekspeditsiyasi shartnomasiga muvofiq yuk tashishga aloqasi bo’lgan boshqa ish turlarini bajarish bilan bog’liq transport xizmati turi. Bu xizmatlarini bajarishda ekspeditor va yuk egasi o’rtasida moliyaviy munosabatlar kelishilayotgan ikkala tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlab yuk egasiga shart – sharoitlarini, shu jumladan xizmatlar haqining miqdorini, berishda kelishilayotgan tomonlarning xizmat aloqalarini rivojlantirishga imkoniyat yaratishga, potentsial mijozlar uchun mahqul bo’ladigan ekspeditor korxonasining raqobatbardoshligini oshirishga intilishga rioya qiladi.





16 -rasm. Espeditorning funksiyalari
Transport ekspeditorlik kompaniyalarning asosiy vazifalari O’zbekistan Respublikasi va xalqaro transport bozorida transport ekspeditorlik va boshqa xizmatlarni ko’rsatish hisoblanadi.
Transport ekspeditorlik kompaniyalari quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga ega:
- yuridik va jismoniy shaxslarga transport ekpeditorlik xizmatlarini ko’rsatish;
- yukni sug’urtalash yoki yuklarni sug’urtalash shartnomalarini tuzishni tashkillashtirish;
- korxona balansidagi harakatdagi vositalarni tahmirlash va texnik xizmat ko’rsatish;
- o’zining hisobidagi moliyaviy vositalari va zayomlari asosida tovar, xizmat, ishlarni eksport-import ishlarini amalga oshirish;
- tijorat vositachiligi va tijorat sotib olish ishlarini ichiga oluvchi moliyaviy vositachilik faoliyatini amalga oshirish.
O’zbekistan Respublikasi hududida bo’lganidek, undan tashqaridagi qo’shma korxonalar (mulkchilik shaklidan qatg’iy nazar), boshqarmalar, savdo uylari, assositsiyalari, birjalar va banklarni tashkil etish uchun investitsion faoliyatni o’zining va zayom mablag’lar hisobiga amalga oshirish;
- birja faoliyati, qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar, qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar olib boruvchi, valyuta mablag’lari, tovar moddiy resurslar, ko’chmas mulk, intellektual mulk bilan ishlovchi brokerlik va dillerlik faoliyatlarini yuritish, birjalararo integratsiyalarni rivojlantirish;
- marketing va konsalting informatsion hisoblash xizmati, auktsion o’tkazish, ko’rgazma va yarmarka o’tkazish;
- yer uchastkalari va omborlarni ijaraga olish, foydalanish, omborlar bilan tahminlash, yuk va yuklash texnikasi bilan bajariladigan boshqa operatsiyalarni taklif qiladigan tashkilotlar xizmatidan foydalanish.
Transport ekspeditorlik kompaniyalari quyidagi xizmat turlarini ko’rsatadi:
- jo’natish stantsiyasidan belgilangan temir yo’l stantsiyasiga yuk tashishni tashkillashtirish;
- mijoz shartlari bo’yicha yuk tashish optimal ko’rinishini tanlash;
- yuk qabul qiluvchi omboridan yukni olish, yetkazib berish va topshirish, yuk qabul qiluvchining omboriga yoki tashuvchining omboriga yetkazib berish;
- qadoqlash, belgilash, joylash, saralash va saqlash;
- yukni jo’natilganligi, qaerdaligi va belgilangan joyga yetkazib borishi to’g’risida mahlumotlar berish;
- transport ekspeditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan savollar bo’yicha maslahat berish;
- yukni tashiganligi uchun temir yo’l tashuvchilari bilan hisob-kitoblar;
- temir yo’ldagi hohlagan harakat vositalari, hamda yuklarni nazorati va tushishi bo’yicha xizmatlarni taklif etish;
- korxona faoliyati va maqsadini targ’ib qilish uchun reklamalar, risolalar boshqa materiallar nashr qilish;
- O’zbekiston Respublikasidagi beligilangan qonunlar chegarasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
- xalqaro va mahalliy temir yo’l yo’nalishlarida yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchilarga transport ekspeditorlik xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish.



Yüklə 236,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin