1 Angliyaning iqtisodiy sohada orqada qolishi. 2. Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik siyosati. 3. Irlandiya muammosi- ijtimoiy harakat. Tred -yunionlar. 4. Ijtimoiy -iqtisodiy taraqqiyot. 5. Angliyaning tashqi siyosati . 6.Angliyadagi siyosiy partiyalar faoliyati. Liberallar partiyasining tuzilishi. 7.lrlandiyadagi siyosiy inqiroz.
Angliyaning iqtisodiy sohada orqada qolishi. XIX sarning 70 -yillarida Angliyada Gladston boshchiligida hukumat ( 1864-1874) rahbarlik qilib , u Angliyaning jahonda yetakchiligi o`zgarmasdir, degan tamoyilga asoslanib tuzilgan edi. Bu davrda sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatidan boshqa mamlakatlardan hali ham ancha ustunligini saqlab qolgan edi. U Grrmaniya , AQSh , Fransiya uchalasi ishlab chiqargan metalldan ham ko`p metal eksport qilardi.Angliyaning iqtisodiy qudrati va mustamlaka bozoridan foydalanishi boshqa mamlakatlar 1873-1874 yillarda boshidan kechirgan yangi inqirozning boshlanishini bir qadar orqaga cho`zishga imkon berdi.
Garchi . 1874 yilda Angliyaning eksporti kamaya boshlagan , baholar bir qadar pasayib ishsizlik ko`paygan bo`lsa ham Angliyada inqiroz 1874-1879yillarda ro`y berdi.
Lekin , 1878-1879 yillardagi inqiroz ketidan biron bir kattaroq sanoat yuksalishi bo`lmasdan , 1882 yil oxiriga borib , Angliya iqtisodiyoti navbatdagi inqirozga tortila boshladi .
Angliya iqtisodiyotida tez -tez takrorlanib turgan inqirozlar Angliyaning sanoat sohasidagi hukmronligiga chek qo`yilishini tezlashtirdi .AQSh 1886 yilda po`lat eritish jihatidan 1890 yilda cho`yan ishlab chiqarish 1892 yilda paxta yetishtirish , 1899 yilda ko`mir qazb chiqarish jihatidan Angliyadan o`zib ketdi. Qo`shma shtatlar o`zining ichki bozoridan siqib chiqardi , Germaniya esa tashqi bozoridan va hatto ichki ingliz bozoridagi raqobatdan unga zarbalar berdi. 20 yil mobaynida ya`ni 80 -yillardan tortib XX sar boshlarigacha Germaniya eksporti 41 % ga ko`paygan : AQSH eksport qilish esa ikki martadan ham ziyodroq oshgan holda, ingliz eksporti bor yo`g`l 8 % ga ko`paygan.
XX sarning 70 -90 - yillarida uzoq davom etgan agrar inqiroz Angliyaga jiddiy ziyon yetkazdi.