Darsning jihozlanishi: Tabiiy va sun'iy giyohlar, savatcha, shox-shabbalar, gul, dekorativ o'simliklar (ikebana uchun materiallar o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan olib kelinadi).
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: «Onamga sovg'a» mavzusida Ikebana ishlash mashg'uloti darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida o'tkaziladi. 8- mart - Xotin-qizlar bayramida onalarimiz uchun sovg'a tayyorlash an'anaga aylanganligi aytib o'tiladi. Bu sovg'ani o'quvchilar o'z qo'llari bilan yasasalar onalar uchun bundan qadrliroq sovg'a bo'lmasligi uqtiriladi. Ikebana uchun ishlatiladigan tabiiy materiallar haqida ma'lumot beriladi.
II.Asosiy qism: 1.O'qituvchi tomonidan sodda Ikebana ishlash texnikasi tushuntiriladi va yasab ko'rsatiladi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda Ikebana yasaydilar.
III.Darsga yakun yasash: Dars materiallari darslikda berilgan savollar yordamida takrorlanadi. Topshiriqni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va sinfdagi barcha o'quvchilar ishtirokida tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
26-dars. Mavzu: «Navro'z - bahor bayrami» mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari: -milliy an'analar haqidagi tushunchalarni mustahkamlash;
-o'quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni o'stirish;
-qalam va rtno'yqalam bilan ishlash malakalarini o'stirish;
-bo'yoqlar yordamida rasmda bayramona kayfiyatni ifodalay olishga o'rgatish;
-xotira va kuzatuvchanlikni oshirish.
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Navro'z bayrami haqida darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilarning javoblari tinglanadi. Navro'z bayrami haqidagi rassomlar ijodi bilan tanishtiriladi. Tasviriy san'atning maishiy janrida sermahsul ijod qilgan rangtasvir ustasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi faxriy akademigi, O'zbekiston xalq rassomi Ro'zi Choriyev haqida ma'lumot beriladi. Uning asarlarida o'lka manzaralari mahorat bilan aks ettirilgan. R.Choriyevning «Suhbat», «Xumson oqshomi», «Oltintopgan koni», «Nay. Cho'pon bola», «Boysun», «Bahor. Sherobod manzarasi», «Bog'lar» kabi ko'plab asarlari juda mashhur.
II.Asosiy qism: 1.O'qituvchi Navro'z bilan bog'liq ko'rinishlar haqida tushuncha beradi (sumalak pishirish, Navro'z shodiyonalari, halim, dorbozlarning tomoshalari). Shuningdek, Navro'z bayrami bilan bog'liq rasmlar namoyish etiladi.
2.Amaliy mashg'ulot: «Navro'z- bahor bayrami» mavzusida xayolan rasm chizish tushuntiriladi. O'quvchilar topshiriqni mustaqil ravishda bajaradilar. O'qituvchi o'quvchilar ishlarini kuzatadi, ko'rsatmalar va amaliy yordam beradi.