Darsning maqsad va vazifalari: -simmetriya haqida tushuncha berish;
-borliqdagi simmetrik ko'rinishlar bilan tanishtirish;
-tasvirlashda simmetriyaning mohiyati haqida ma'lumot berish;
-kuzatuvchanlik va xotirani o'stirish.
Tasviriy faoliyat turi:Borliqni idrok etish, naturaga qarab rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi: Barg, zirak, naqshli kursi va boshqa simmetrik xususiyatga ega narsalar va ularning rasmlari.
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: O'quvchilarga simmetriya haqida tushuncha beriladi. Simmetriya - o'lchamlaming bir-biriga mosligini bildirishi aytib o'tiladi. Tabiatda ular uchratgan, ko'rgan simmetrik ko'rinishdagi narsalar to'g'risida savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. Odam qomati ham simmetrik tuzilganligi, buni tabiatda ham, rasmlarda ham kuzatish mumkinligi aytib o'tiladi. Simmetriya ko'pincha naqshlarda o'zgacha go'zallik kasb etishi, tabiatdagi jonzotlar, o'simliklar shakllarida simmetriya ko'rinishlari haqida ma'lumot beriladi. Tasviriy san'atda simmetriyaning o'rni va uning qo'llanilishiga e'tibor qaratiladi. Darslikda berilgan-barg, kapalak, milliy zirak, naqshli kursi asosida simmetriya haqidagi bilimlar mustahkamlanadi.
II.Asosiy qism: 1.O'qituvchi tomonidan simmetrik narsalarni chizish bosqichlari o'rgatiladi. Simmetrik narsalarni tasvirlashda $engil, yordamchi chiziq bilan simmetriya o'qi o'tkaziladi. Rasm ishlash jarayonining oxirida bu chiziq o'chirib tashlanadi. O'q chizig'i tasvirlanadigan narsani teng ikkiga bo'lib, o'ng va chap tomonlarning bir xilda aks ettirilishiga xizmat qiladi. Darslikda berilgan odam yuzini chizish orqali simmetriyaning mohiyati ochib ko'rsatiladi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda simmetrik narsa rasmini ishlashga kirishadilar. So'ngra odam yuzi rasmini chizishni boshlaydilar.