III.Darsga yakun yasash: Darsda o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
29-dars. Mavzu: Amaliy bezak san'ati
Darsning maqsad va vazifalari: -o'quvchilarga amaliy bezak san'ati haqida tushuncha berish;
-amaliy bezak san'atining asosiy turlari va ularning o'ziga xos jihatlari haqida boshlang'ich tasavvur hosil qilish;
-o'quvchilarning badiiy-estetik didlarini rivojlantirish;
-ularda kuzatuvchanlik va xotirani o'stirish;
-ayrim mashhur amaliy san'at ustalari haqida ma'lumot berish.
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Darslikdagi rasmlar va savol-javoblar orqali amaliy bezak san'ati haqida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilar amaliy san'at ustalari va ularning ishlari bilan tanishtiriladi. Naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi, zardo'zlik, ganchkorlik, kulolchilik, zargarlik buyumlari va rasmlaridan ko'rgazma tashkil qilinadi. Amaliy bezak san'ati ustalaridan buxorolik ganchkor Usta Shirin Murodovning Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlardagi me'morchilik obidalaridagi bezaklarini qayta tiklashda, yangi binolarni ganch o'ymakorligi naqshlar bilan bezashda ishtirok etganligi, ganchkor-o'ymakor ustalardan yana biri Toshpo'lat Arslonqulov (1882-1962), usta kulollardan Muhiddin Rahimov yaratgan lagan, ko'za, guldonlarni mamlakatimizning ko'plab muzeylarida uchratish mumkin. Yog'och va tosh o'ymakorligi namoyandalaridan biri Toshpo'lat Ayubxo'jayev bo'lsa, uning ishini davom ettirgan usta Maqsud Qosimovdir. O'ymakor ustalardan Qodirjon Haydarov, Maqsud Qosimovlar quti, xontaxta, eshiklarga ishlanadigan naqshlarga yangiliklar kiritganlar (o'ymakorlik ishlariga panjara va sadaf kiritish bilan). Ustalardan A.Qosimxo'jayev, Yo.Raufov, T.To'xtaxo'jayev, J.Hakimov, A.Boltayev, O.Polvonov, Abdulla Boltayevlar, Saidmahmud Norqo'ziyev, Olimjon Qosimjonov, Madaminjon Husainovlarni sanab o'tish mumkin. Zardo'zlik san'atida ko'proq islimiy naqshlardan foydalanilishi, geometrik shakllardan iborat naqshlar ikkinchi o'rinda turishi, islimiy naqshlarning turli-tumanlari keng qo'llanilishi haqida gapiriladi.
II.Asosiy qism: O'qituvchi o'quvchilarga keltirilgan xalq amaliy bezak san'ati namunalarida ishlatilgan biror naqshni tanlab, undan nusxa olishlarini tushuntiradi. Ular naqsh ishlashga kirishadilar. O'qituvchi sinfni aylanib, o'quvchilarga amaliy yordam beradi.