Ishning borishi: Piyozning seret qobig’ini ajratib, uning orasidagi yupqa pardasidan bir bo’lak olib buyum oynasidagi suv tomchisiga qo’yiladi, so’ngra nina bilan to’g’rilab ustiga qoplag’ich oyna yopiladi. Shu usulda tayyorlangan preparatni mikroskop stolchasiga qo’yib, kichik qilib ko’rsatadigan ob'ektivi orqali qaraganda, piyoz po’stining parenximasi yonma-yon joylashgan, cho’ziq rangsiz hujayralaridan iborat ekanligi ko’rinadi. Preparatga mikroskopning katta qilib ko’rsatadigan ob'ektivi orqali qaralganda esa uning juda yupqa po’st bilan qoplanganligi va ichida vakuola, sitoplazma, yadro borligini ko’ramiz. Yadro hujayra o’rtasida yoki po’stga yaqin o’rnashgan bo’ladi (2-rasm).
Piyoz po’stidan tayyorlangan preparatga yod tomizilsa sitoplazmasi va yadrosi sarg’ish rangga kiradi.
Topshiriq:
1. Piyozning ustki po’st qatlamidan preparat tayyorlang.
2. Mikroskopda avval kichik, so’ngra kattalashtiradigan ob'ektivda piyoz po’stining yupqa pardasini kuzating va hujayrani toping va hujayra po’sti, sitoplazmasi, yadro va yadrochasini aniqlang. Shundan so’ng ularning rasmini chizib batafsil tavsifini yozing.
Dostları ilə paylaş: |