1-Amaliy mashg’ulot


-rasm. A. Piyoz po’stining parenxima hujayralari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə4/8
tarix31.12.2021
ölçüsü0,9 Mb.
#113129
1   2   3   4   5   6   7   8
1 amaliy bot

2-rasm. A. Piyoz po’stining parenxima hujayralari.

1-hujayra po’sti, 2-sitoplazma, 3- vakuola-hujayra shirasi, ‘- yadro va yadrocha,

A-piyoz epidermasini ajratib olish;

B-O’simliklar hujayrasining elektron mikroskopik tuzilish sxemasi. 1-yadro, 2-yadrocha, 3-yadro qobig’i, ‘-qobiqdagi teshikcha, 5-vakuola.6-xloroplast,7-mitoxondriya. 8-Golüji apparati, 9-endoplamatik to’r, 10-ribosomalar, 11-hujayra po’sti, 12-hujayra po’stidagi teshiklar, 13-plazmodesma
O’simlik to’qimalarning umumiy tasnifi

Mavzuning maqsadi: To’qimalar to’g’risida umumiy tushuncha hosil qilish. Ularning bir-biridan farqlarini va vazifalarini o’rganish.

To’qima aniq fiziologik funktsiyani bajaradigan va aniq bir shakl tuzilishiga ega hujayralar guruhidan shakllangan.Yuksak o’simliklar (paporotniksimonlar, qirqbo’g’imlar, plaunlar, ochiq urug’lilar va yopiq urug’lilar)ning organlari ko’plab ixtisoslashgan vegetativ va generativ organlarni hosil qiladigan to’qimalardan iborat.

Bu to’qimalarning bir butun holda uyg’unlashuvi organizmning barcha hayot jarayonlarining optimal holda borishida asosiy omil hisoblanadi.

O’simliklarning vegetativ va generativ organlari tarkibiga quyidagi to’qimalar kiradi:

1.O’simliklarni o’sishini ta'minlaydigan hosil qiluvchi to’qimalar.

2.O’simliklarni tashqi muhit ta'siridan himoya qilish vazifasini bajaradigan qoplovchi to’qimalar.

3.Asosiy to’qimalar. Bu to’qimalar bajaradigan vazifasiga ko’ra assimilyatsiya qiladigan, jamg’arma vazifasini o’taydigan va havo almashtiruvchi aerenxima to’qimalariga bo’linadi.

4. O’simlik organlari (ildiz, poya va barglar)da moddalar almashinuvi sodir bo’lishida muhim ro’l o’ynaydigan o’tkazuvchi to’qimalar.

5.O’simlik organizmiga mahkamlik beradigan mexanik mahkamlik t’'qimalari.

6.O’simlik organlarida hosil bo’ladigan ortiqcha, keraksiz moddalarni tashqi muhitga chiqarish vazifasini bajaradigan ajratuvchi to’qimalar.

O’simlik to’qimalarining bu tariqa guruhlarga bo’linishi, ularning fiziologik funktsiyasi va anatomik tuzilishiga asoslangan.

Ammo to’qimalar ularning boshqa belgilariga asoslanib ham bo’linishi mumkin. Xususan, to’qimalarni hosil qiluvchi va doimiy to’qimalarga bo’lish rasm tusiga kirgan.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin