2. O‘rta Osiyoning temir davriga o‘tishi.
Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O‘rta Osiyodan ham topilgan. Temir qurollarning keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu esa ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga zamin yaratdi. Qabila-urug‘ oqsoqollarining ta’siri tobora kuchaya borgan. Doimiy harbiy to‘qnashuvlar sharoitida qabilalar ittifoqlari paydo bo‘ldi. Bu ittifoqlarga harbiy sardorlardan saylangan kishilar rahbarlik qilganlar, jamiyat esa harbiy demokratiyatamoyillari asosida yashay boshladi. Temir asri boshlarida O‘rta Osiyoda aholi to‘rtta guruhga bo‘lindi: kohinlar, jangchilar,
dehqonlar, hunarmandlar. O‘rta Osiyo jamiyati asosini tashkil etgan «nmana» – katta patriarxal oilasi haqida «Avesto»dan bilamiz. Bir necha «nmana»lar urug‘ jamoasi – «vis»ni tashkil etgan. Hududiy qo‘shnichilik jamoasi esa «varzana» deb nomlangan. Bunday jamoalar qabilaga – «zantu»ga birlashgan. O‘z hududini himoya qilish uchun bir qancha qabilalar ittifoqqa – «dax’yu»ga uyushishgan. O‘rta Osiyoda temir asriga o‘tish davrida jamiyatning tuzilishi shunday bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |