Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang‘yuy deb atalgani ma’lum. Mil. avv. III asrdaunga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent vohasida miloddan avvalgi III asrda asos solingan, Qanqa – Qang‘xa shahar-qal’asi saklarning o‘sha kezlardagi poytaxti Qang‘dezbo‘lgan. Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan. Qang‘ davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning hukmdorlari o‘z nomidan tangalar zarb qildir ganlar. Qang‘ davlatida istehkomlar, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etilgan. Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroatchilik va hunarmandchilik madaniyati vujudga kelgan. Uning hududidan Buyuk Ipak yo‘lining
shimoliy tarmog‘i o‘tganligi davlat iqtisodining gullab-yashna shi ga imkon yaratdi. Lekin ayni shu hol ko‘chmanchi qabilalar bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu urushlarda qang‘arlar (Qang‘ davlati aholisini shunday atashgan) ko‘pincha g‘olib chiqar edilar. Milodiy III asrda Qang‘ davlati parchalanib ketdi.