1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi



Yüklə 156,05 Kb.
səhifə15/39
tarix24.11.2023
ölçüsü156,05 Kb.
#133908
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida-fayllar.org

29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etish imkoniyatini yaratuvchi korrupsiyani keltiruvchi omillarni aniqlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi esa ular qabul qilinishining korrupsiya holatlari uchun imkoniyat yaratuvchi oqibatlarini umumiy baholash, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash jarayonida korrupsiya xususiyatiga ega xavflarning yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilish maqsadida o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi va choralar ko‘riladi.
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga nisbatan — ishlab chiquvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi yakunlariga ko‘ra tegishli xulosa tuziladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 3287, 24.02.2021y.).
30-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga kiritilguniga qadar:
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Kelishish uchun yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari (alohida hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan:
qonun hujjatlari loyihalariga — yetti ish kuni ichida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalariga — uch ish kuni ichida;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga — besh ish kuni ichida;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalariga — uch ish kuni ichida viza qo‘yiladi.
Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning boshqa muddatlari hamda muayyan davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy ravishda kelishishga doir talablar belgilanishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”.

Yüklə 156,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin