1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari


Mahalla — estetik tarbiyaning muhim omili



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə64/67
tarix13.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#140461
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining -fayllar.org (1)

Mahalla — estetik tarbiyaning muhim omili. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta'siri nihoyatda katta. Chunki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, u bugun shaxsning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko'mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta'sir ko'rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Mahalla o'z oldiga qo'ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla:
— o'ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko'rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta'minlashi;
— turmush nafosati va muomala estetikasini shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg'ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi;
— mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo'l qo'ymasligi hamda qo'shnichilik madaniyatini kamol toptirishi;
— san'at, madaniyat, ma'rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo'ladigan rang-barang mavzulardagi ma'ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi;
— isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo'l qo'ymagan holda urf-odatlar, an'analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o'tishini ta'minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson estetik tafakkurini shakllantirishda muhim maskan bo'lib hisoblanadi. 


Estetik tarbiyaga ta'sir o'tkazuvchi global tahdidlar. Milliy ma'naviyatga ta'sir o'tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma'naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo'naltirishni taqozo etmoqda.

Internet. Bugungi kunda estetika niqobi ostida turli xil ko'rinishdagi «yengil hayot tarzi», «musaffo tuyg'ular», «huzurbaxsh axloq», «maftunkor ko'rinish», «yangi imidj»ni targ'ib qiluvchi tarmoqlar estetik tarbiyaga jiddiy xavf solmoqda. Bunday tahdidlar odatda, insonning tashqi va ichki ko'rinishidagi mutanosiblikni buzishga qaratilganligida ko'rinadi. Bu avvalo, insonning fahmi, farosati va didiga jiddiy zarar yetkazadi. Natijada didsizlik va farosatsizlik odamning asl qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga qolaversa, ma'naviy to'poslikka olib keladi. Zero, har qanday chiroyli ko'ringan narsa ham inson manfaatiga xizmat qilavermaydi. Inson ruhiyatiga ta'sir etish ham estetik tarbiyaga tahdidning ko'rinishlaridandir. Bu ong osti hodisasi orqali namoyon bo'ladi. Bular:

Sezgilar. Ya'ni, 5 ta sezgi ilg'amagan narsani ong osti ilg'ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg'ular xotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz.

Kuzatish. Bunga reklama mahsulotlari va uning estetik tabiatini misol qilish mumkin. Mahsulotga bo'lgan qiziqish reklamada ko'rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.

Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta'sir qiladi. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko'ngilochar maskanlarda qo'yiladigan musiqalarda ham xaridorlarni chorlash maqsadi ko'zlanadi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin