TARKIBIDA GLIKOZIDLAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLAR TASNIFI (KLASSIFIKATSIYASI) Tarkibida glikozidlar saqlovchi o‘simliklar shu glikozidlar aglikonining kimyoviy tuzilishiga qarab sinflarga bo‘linadi. Ba’zi glikozidlar hozirgacha etarli darajada o‘rganilmagani uchun sinflarga bo‘lishda ularning fizik xossalari yoki hayvonlar organizmiga ko‘rsatadigan fiziologik ta’siri asos qilib olingan. Tibbiyotda ishlatiladigan hamda tarkibida glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar quyidagi sinflarga bo‘linadi:
Tarkibida tioglikozidlar bo‘lgan;
Tarkibida sianogen glikozidlar bo‘lgan;
Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bo‘lgan;
Tarkibida steroid (yurak) glikozidlari bo‘lgan;
Tarkibida tritergen glikozidlari (saponinlar) bo‘lgan
Tarkibida fenoglikozidlar bo‘lgan;
Tarkibida antraglikozidlar bo‘lgan;
Tarkibida flavon glikozidlari bo‘lgan va boshqalar.
YUqorida keltirigan glikozidlardan tashqari oshlovchi moddalarning katta bir guruhi (gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar), qisman kumarinlar (kumarin glikozidlar) va boshqa birikmalar ham glikozidlarga kiradi. Lekin fenolglikozidlar, antraglikozidlar, flavon glikozidlar, oshlovchi moddalar, kumarinlar fenollarning unumlari bo‘lgani uchun farmakognoziya kursining tegishli boshqa bo‘limlarida ko‘riladi.
TARKIBIDA TIOGLIKOZIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR
SHilliq qavatlariga (ayniqsa og‘iz bilan ko‘zga) kuchli ta’siretadi.Aglikoni tarkibida oltingugurt bo‘lgan glikozidlartioglikozidlar (S-glikozidlar) deb ataladi. Bu glikozidlardagi qand molekulasi aglikon qismi bilan oltingugurt atomi orqali birlashgan. Tioglikozidlarning ferment ta’sirida parchalanishidan hosil bo‘lgan aglikon qismi efir moylari xossasiga o‘xshash xossaga ega (uchuvchan va suv bug‘i bilan haydaladi). SHuning uchun bu glikozidlarning ba’zi aglikonlari efir moyi deb yuritiladi. Tioglikozidlar achchiq bo‘lib, organizmning shilliq qavatlariga va teriga qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatadi (terini qizdiradi yoki kuydiradi). Oz miqdorda iste’mol qilinsa, ishtaha ochadi. Tioglikozidlar kuchli bakteritsid ta’sirga ega.
Tioglikozidlarning turlari ko‘p. Ular asosan kavardoshlar, karamdoshlar (butguldoshlar, krestguldoshlar), rezedadoshlar va boshqa oilalar vakillarida uchraydi. Jumladan, masalan, karamdoshlar oilasiga kiradigan o‘simliklar (sholg‘om, karam, rediska, turp, xren, xantal va boshqa o‘simliklar)da keng tarqalgan.
Tibbiyotda tioglikozidlar saqlovchi o‘simliklardan hozircha faqat xantal urug‘i (uning tarkibida tioglikozid sinigrin bor) ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |