Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,12-1,20 % efir moyi, oshlovchi moddalar, askorbin kislota (gulida 166 mg %, bargida 565 mg % gacha) va fenol--karbon kislotalar bo‘ladi.
XI DFga ko‘ra mahsulot tarkibidagi efir moyining miqdori 0,1% (qirqib maydalangan mahsulotda 0,08 %) dan kam bo‘lmasligi kerak.
Efir moyi tarkibida 44 % gacha fenollar (timol va karvakrol), 12,5% bitsiklik va tritsiklik seskviterpenlar, 12,8-15,4 % sof holdagi spirtlar va 2,63-5 % geranilatsetat bor.
Ishlatilishi.Tibbiyotda tog‘rayxondan tayyorlangan preparatlar ichakatoniyasi (ichakning bo‘shashishi, zaiflanishi) kasalligida hamda ishtaha ochuvchi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, u balg‘am ko‘chiruvchi dori va terdatuvchi vosita sifatida ham qo‘laniladi. Efir moyi esa tish og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari.Damlama.Mahsulot ter haydovchi va ko‘krakkasalliklarida ishlatiladigan yig‘malar – choylar tarkibiga kiradi.
Tog‘rayxonni O‘zbekistonning tog‘li tumanlarida o‘sadigan yana bir turini tibbiyot amaliyotida qo‘llanishga ruxsat etilgan.
MAYDAGULLI TOG‘RAYXON ER USTKI QISMI – – HERBA ORIGANI TYTTHANTHI
O‘simlikning nomi.Maydagulli tog‘rayxon– Origanum tytthanthum Gontsch.;yasnotkadoshlar– Lamiaceae (labguldoshlar– Labiatae) oilasigakiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 30-60 sm ga etadigan xushbo‘y hidli o‘t o‘simlik. Oddiy tog‘rayxondan bargini kamligi, gullarini maydaligi, rangini ochroqligi, ularni boshoqsimon yarim soyabonlarga joylashib, qalqonsimon gulto‘plamini xosil qilishi bilan farqlanadi.
Iyun-avgustda gullaydi. iyul-sentyabrda mevasi etiladi.
Geografik tarqalishi.O‘zbekiston,Tojikiston,Qirg‘iziston vaQozog‘istonning ayrim tog‘li tumanlarida tog‘larning o‘rta va pastki qismlaridagi toshli va shag‘alli tog‘ qiyalarida o‘sadi.
Mahsulotni yig‘ish va quritish oddiy tog‘rayxoniga o‘xshash.