Kimyoviy tarkibi. Qarag‘ay kurtagi tarkibida0,4 %gacha efir moyi,oshlovchi va achchiq moddalar bo‘ladi.
Qarag‘ayning bargli shoxchasida 0,13-1,3 % efir moyi, 7-12 % smolalar, 5 oshlovchi moddalar, 0,1-0, 3 % askorbin kislota, alkaloidlar, karotin, antotsian va boshqa birikmalar bor. Qarag‘ayning efir moyi 15-20 sm uzunlikdagi ho‘l novdadan (butab tashlangan qoldiqlardan) suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Bu novdalarning 70-80% i ninabarg va 20-30 % shoxchalardan iborat.
Efir moyi tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish, o‘ziga xos xushbuy hidli, achchiqroq mazali suyuqlik. Zichligi 0,865-0,900 va qutblangan nur tekisligining og‘dirish burchagi +7,5–+15,40. Moy tarkibida 40 % pinen, 40 % limonen, 11 % gacha bornilatsetat, kadinen, 9 % gacha birikmagan spirtlar va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi.Qarag‘ay kurtagidan tayyorlangan preparatlar balg‘amko‘chiruvchi, dezinfeksiya qiluvchi, siydik haydovchi dori sifatida hamda yuqori nafas yo‘llari kasallanganda ingalyasiya qilish uchun ishlatiladi. Barg damlamasi singa kasalligida va uning oldini olishda, ekstrakti esa shifobaxsh vanna uchun ishlatiladi. Efir moyining spirtdagi eritmasi xonalar (ko‘pincha kasalxonalar) hidini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari.Kurtak damlamasi,qaynatmasi va nina barginingekstrakti (vanna uchun ishlatiladi).
Barg ekstrakti quyidagicha tayyorlanadi: efir moyi suv bug‘i yordamida haydalgandan keyin kubda qolgan aralashma tinitiladi va suyuqlik cho‘kmadan ajratib olinadi hamda quyuq konsistensiya holiga kelguncha vakuum ostida parlatiladi. Hosil bo‘lgan to‘q qo‘ng‘ir rangdagi ekstraktga qarag‘ay efir moyidan qo‘shib, xushbo‘y qilinadi.
Qarag‘aydan yana smola hamda (smoladan ham) oddiy terpentin, kanifol, qora moy va pista ko‘mir olinadi.
MAVZU.TARKIBIDASESKVITERPENLARBO‘LGANEFIRMOYLARVADORIVORO‘SIMLIKLAR Bu guruhga kiradigan dorivor o‘simliklarning efir moylari tarkibida asosan farnezol, kadinen, kalamen, gvayen, azulenlar, betulen, betulenol, santonin, alantolakton va boshqa birikmalar bor.