Ta’lim
jarayoniga ota-onalar, mahalla ishtiroki va ma’suliyatini qonun
darajasida ta’minlash;
Har bir ota-ona о‘z farzandini eshitish apparati bilan ta’minlashga mas’ul
qilish;
Yilning boshida va oxirida har bir yakka mashg‘ulot о‘qituvchisi, logoped,
tiflopedagog, har bir о‘quvchining
eshitishi va talaffuzi, nutqining holati,
rivojlanganlik darajasi haqida ma’lumot topshirib dinamikasiga qarab о‘qituvchi
faoliyatiga baho berishni yо‘lga qо‘yish.
2020-2022 yillarda amalga oshirilishi mо„ljallangan “Zamonaviy
maktab” davlat dasturi bо„yicha “inklyuziv ta‟lim”ga о„tish uchun zarur
bо„lgan sharoitlarni yaratish:
Inklyuziv ta’lim sharoitida bizning о‘quvchilarimiz о‘zini erkin va о‘z
muhitidek his qilishi uchun tegishlar sharoitlar yaratilishi loyihaga kiritilgan.
1. Harakati cheklangan bolalar uchun maxsus qurilmalar (pandus,
yо‘lakchalar, maxsus stol va kolyaska uchun joy,
maxsus stol va stul, kolyaska
uchun turar joy).
2. Sinf xonalarida zaif kо‘ruvchi о‘quvchi uchun maxsus yoritgich qо‘yilishi,
shrifti kattalashtirilgan darsliklar bilan ta’minlanishi;
3. Kо‘zi ojiz о‘quvchi
uchun grifel komplekti, bо‘rttirma kо‘rgazmali
material, audio о‘quv materiali;
4. Kar va zaif eshituvchilar bilan korreksiya mashg‘uloti uchun maxsus
shovqindan izolyatsiyalashtirilgan
devorli xona, individual ovozni kuchaytirish
moslamasi bilan jixozlash.
5. Kо‘zi ojiz bolalar uchun zinalarda harakatlanishiga moslashtirilgan yozuvli
va strelkali kо‘rsatgichlar, perilalar, devorlarda brayl yozuvli taxtachalar.
6. Kо‘zi ojiz va aravachada harakatlanadigan о‘quvchilar uchun maxsus
xojatxonalar va h.zo.
Dostları ilə paylaş: