1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Topshiriq. 10 ta tutuq belgisi qo’llangan so’zli gaplar tuzing. Mashq



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə15/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Topshiriq. 10 ta tutuq belgisi qo’llangan so’zli gaplar tuzing.
Mashq. Berilgan juftlikdagi so’zlarning ma’nosini izohlab, farqini tushuntiring. Ularishtirokida gaplar tuzing.
San’at -sanat sur’at -surat qal’a -qala
She’r -sher sa’va -sava ta’na -tana
Topshiriq:
1. Tutuq belgisi qo’yilishi bilan ma’nosi o’zgaruvchi so’zlar toping.
Alam, davo, nasha, sanat, surat, etibor, tana, tasir-tusur, taqib, sher, sava, qala, davosiz, qada…
Namuna: Ayon- a’yon.
Qator undoshlarning talaffuzi va imlosi.
O’zbekcha so’zlarning fonetik tuziilishidagi o’ziga xoslik shundaki, so’zning boshida ketma-ket ikki undosh bir joyda kelmaydi. Shuningdek, so’zning oxirida ham st (ost,ust), lt (yilt,milt), rt (to’rt, turt, qurt) kabi qator undoshlardan tashqari boshqa undoshlar yonma-yon kelmaydi.
Traktor, stakon, stol kabi so’z boshida qator undosh kelgan so’zlar ovro’pa tillaridan kirib kelgan so’zlardir.
So’z oxirida qator undosh kelgan go’sht, musht, daraxt, barg,baxt kabi so’zlar esa, asosan fors-tojik tilidan o’tgan.
Bir bo’g’inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir. So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi. Go’sht, do’st, barg kabi so’z oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta, nimcha, o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.
Mashq. Qator undoshlar kelgan so’zlarni ajratib, daftaringizga ko’chiring.
Hikmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do’stlik, g’isht, tabassum, farzand, foyda, qirq, to’xtamoq, broker, kompyuter, o’rtoq, ilhom, ko’rk, stul, ulkan.
Tovush o’zgarishlari
Bilib oling!
Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turli fonetik o’zgarishlar ro’y beradi.
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o’zaro ta’siri natijasida o’zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir. Tovush o’zgarishlarini ikkiga bo’lib o’rganamiz. Og’zaki nutqda qayd etiladigan va yozma nutqda qayd etiladigan.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin