1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Qo’sh undoshlar talaffuzi va imlosi



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə14/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Qo’sh undoshlar talaffuzi va imlosi.
O’zbek tilidagi qo’sh undoshli so’zlarning asosiy qismi arab va boshqa tillardan o’tgan. Ba’zan qo’sh undoshlardan birining tushirib qoldirilishi so’zning ma’nosiga ta’sir qiladi: tilla-tila, qattiq-qatiq, ellar-elar, medalli-medali kabilar.
Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir.
Katta, hamma kabi so’zlarda qo’sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Million, artilleriya kabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi.
Gramm, metall, kilogram, kilovatt , kongress kabi o’zlashma so’zlar oxirida bir undosh aytilsa ham ikki harf yoziladi, lekin bunday so’zda xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo’shilsa, so’z oxiridagi bir harf yozilmaydi.
Masalan, metall+lar=metallar, kilogram+mi=kilogrammi, kongress+si=kongressi.
15-mashq. Berilgan so’zlar tarkibidagi qo’sh undoshlardan birini tushiring. Ma’noda qanday o’zgarish ro’y berganini ayting.
Ushshoq, yalla, qattiq, tilla, chinni, yo’lla, silla
Tutuq belgisining ishlatilishi
1. Tutuq belgisi a’lo, Ra’no, ba’zan, ma’yus, ta’zim, ra’y, e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l, Nu’mon, shu’la kabi o’zlashma so’zlarda unlidan keyin kelib, uning cho’ziqroq aytilishini ifodalaydi.
2. San’at, in’om , qat’iy, mas’ul , sur’at, qal’a singari o’zlashma so’zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo’yiladi va unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi.
3. S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasida tutuq belgisi qo’yiladi. Masalan, Is’hoq, as’hob.
4. Moʻjiza, moʻtadil , moʻtabar kabi soʻzlarda oʻ unlisi choʻziq talaffuz qilinsa ham, tutuq belgisi qoʻyilmaydi.
16-mashq. Quyidagi she’riy parchadagi tegishli so’zlarga tutuq belgisini qo’yib ko’chiring.
Shaklkim mitti vergul go’yo,
Mano, Rano men-la ro’yo.
Kaba, qala, vada, surat
Meyor-u etibor, jurat
Davat, talat, suniy, sanat
Mensiz yozilmasdir, albat.
Etiroz-u, elon, ezoz
Hamisha men bilan hamroz.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin