Og’zaki nutqda qayd etiladigan tovush o’zgarishlari:
Assimilatsiya - qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta’sir qilib o’ziga moslashtirishi. Assimilatsiya ikki xil boʻladi:
Progressiv assimilatsiya - oldingi tovushning ta’sirida keyingi tovushning o’zgarishi: ottan (otdan), aytdi-aytti, ketdi-ketti.
Regressiv assimilatsiya - keyingi tovushning ta’sirida oldingi tovushning o’zgarishi: tuzsiz (tussiz), yozsin (yossin).
Dissimilatsiya - ikki xil o’xshash tovushning ta’sirida noo’xshash tovushga aylanishi.Dissimilatsiya ikki xil bo’ladi:
Progressiv dissimilatsiya - oldingi tovushning ta’sirida keyingi tovush o’zgaradi: zarar (zaral), saldat (sallod).
Regressiv dissimilatsiya - keyingi tovushning ta’sirida oldingi tovushning o’zgarishi: uchta (ushta), maqtanchoq (maxtanchoq).
Metateza - yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o’rin almashishi: sayram (saryam), daryo (dayro), tuproq (turpoq).
Tovush orttirilishi - so’zning boshi, o’rtasi yoki oxirida biror tovushning qo’shilishi: istakan (stakan), ilim (ilm), fikir (fikr), banka (bank), tanka (tank).
Tovush tushishi - so’z tarkibidagi biror tovushning tushib qolishi: bo’sa (bo’lsa), do’s (do’st), darax (daraxt).
Singarmonizm (ohangdoshlik) - tovushlarning bir-biriga moslashib, hamohang bo’lishidir. Masalan, yutuq, yulduz, uchqun, tizgin, elak, alik …
Yozuvda aks etadigan tovush o’zgarishlari
O’zgarish turi
|
Tovush turi
|
Tovushlar
|
Misollar
|
Tovush almashishi
|
Unlilar
|
o- a, a- o, i –u
|
son-sana, sayla-saylov, sovi- sovuq
|
Undoshlar
|
k-g, q- g’
|
bilak- bilagi,yutuq- yutug’i
|
Tovush tushishi
|
Unlilar
|
a, i, u
|
shahar- shahri, qorin- qorni, burun- burni
|
Undoshlar
|
n, t
|
men- mening, men-meniki,
past –pasay, sust-susay
|
Tovush orttirilishi
|
Undoshlar
|
n, y
|
u+ ga= unga, o’shanga
obro’+ im = obro’yim
|
Dostları ilə paylaş: |