Psixologik tizimlar supernazariya sifatida. Psixologiyani rivojlantirishda olimlar alohida bir xususiyatni aniqlab, uning faktini va xarakteristikasini tasvirlash bilan birga tizimlar to‘g‘risidagi tushunchani kiritish kerak, deb hisoblashdi. Psixologik tizimlar “supernazariya” deb nomlanadi. Ularning paydo bo‘lishini bir qator mualliflar psixologiyaning g‘oyaviy yetilmaganligi bilan bog‘laydilar.
Paradigmal yondashish. Kun Tomas “Ilmiy revolyusiyalar strukturasi” kitobida ko‘pchilikni o‘ziga jalb qilgan ilmiy g‘oyalarni tabiiy harakati tizimini ko‘rsatdi, unda harakat bir necha davrga bo‘lingan. Boshlang‘ich davrda ba’zi omillar chegarasi, muammosi usulida umumiy kelgani yo‘q. Ammo fan ong yuqori yetilish darajasiga borganda paradigma paydo bo‘ladi, bu paradigmani aktual ilmiy amaliyotini umumqabul qilgan namunasi deb taniladi. Paradigma, Kun Tomasning aytishicha, yetarli kuchga ega, shuning uchun uzoq vaqt olimlarning aqlini asir qiladi, olimlarning alternativ yo‘nalishlarini axtarishda adashtiradi. Pedagogika o‘zga qonunlarni, g‘oyaviy xulosalarni va ularning yangi masalalarini kiritadi. Ma’lum muddat shu fan bo‘yicha ishlamayotganlar ushbu paradigmaga amal qilib keldilar. To‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni e’tirof etadilar yoki shu qonunga moslashtiradilar.
Klassik bixeviorizm (psixologiya predmetini stimullarga harakat reaksiyasi deb hisoblovchi) “proksimal stimullar − proksimal reaksiyalar” bog‘lanish bilan chegaralanadi (a-A). Freydizm organizmni uzoq o‘tmishga bog‘liqligi bilan chegaralanadi (S-0). Funksionalizm muhit ob’ektlarini ular bilan operatsiya qilish munosabatini nazarga oladi (v-A). Bu sxemani e’tiborga olib Brunevik har bir sanalgan nazariya butun jarayonni bir fragmenti deb hisoblaydi, ammo psixologiya tarixini anglash uchun Brunevik sxemasi talabga javob bermaydi: genetik sababi va nazariyalar buzilishini tushuntirib bermaydi.
“Sistematologiya” daniyalik olim K. Madsen fanni o‘zini ilmiy analiz qilish kerakligini gapirib, psixologik nazariyalarini solishtirib o‘rganish kerakligini, uni “Sistematologiya” qilishni taklif qiladi. Nazariya deb, u shved faylasufi G.Gernebodan so‘ng “ilmiy matn” yoki fikrlash (yozma, og‘zaki), metonazariya deb - shu matnni nazariy analizini tushunamiz deydi. Matnni yaratganda bir necha darajani taklif qiladi:
a) diskriptiv (tasvirlovchi);
b) gipotetik (tushuntiruvchi);
v) metastrata, bunda matnning muallifi bilim, haqiqat, metod, model to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi.
“Sistematologiya” asosiga Madsen “fikrlash ekanomikasini” qo‘ydi. Bu adashtiruvchi ishonch, chunki ko‘z bilan ko‘rilgan haqiqatni bildiradi, haqiqat ilmiy bilimning mazmunini tashkil qiladi, deb adashtiradi. Materialistik dialektika pozisiyasidan psixologik o‘rganishni ilmiy kategorial analiz qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kategoriyalar − fikrni eng umumiy buzilmas, o‘zaro bog‘langan ish tashkilotchilari hisoblanadi. Ular haqiqatni faol tasvirlanishidir. Falsafiy kategoriyalar ilmi (forma va mazmun, son, sifat va boshqalar) grammatik kategoriyalarga o‘xshab uzoq tarixga ega.
Dostları ilə paylaş: |