1. Nizoning vazifalari va turlari


Nizolar yechimining asosiy strategiyalari



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə4/8
tarix07.11.2022
ölçüsü97,5 Kb.
#119088
1   2   3   4   5   6   7   8
Iroda Shoymardonova

3. Nizolar yechimining asosiy strategiyalari
K. Tomas va R. Kilmenn nizoli holatni yuzaga keltiradiganlar fe’l-atvoridagi beshta asosiy o‘ziga xoslikni ajratib ko‘rsatadi:

  • moslashish;

  • bosh tortish yoki o‘zini olib qochish;

  • raqobat;

  • hamkorlik;

  • murosa;

Tasnifning asosini ikki mustaqil o‘lchov tashkil etadi:

  1. O‘z manfaatini amalga oshirish darajasi, o‘z maqsadlariga erishish.

  2. Boshqa tomonning manfaati ham hisobga olinadi va amalga oshiriladi. Agar uni grafik ko‘rinishda ifodalasak, unda muayyan nizoni tahlil qilishga va harakatning oqilona shaklini tanlab olishga yordam beruvchi Tomas – Kilmenn to‘rini hosil qilamiz. Mazkur usullarni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Moslashish. O‘z manfaati yo‘lida kelishmovchiliklarni saqlash orqali individning harakati muxolif bilan yaxshi aloqalarni tiklash yoki uni saqlab qolishga yo‘naltirilgan. Bunday yondashuv individning ulushi uncha ko‘p bo‘lmaganda va kelishmovchilik predmeti individ uchun emas, balki muxolif uchun muhimroq bo‘lgan holatlarda amalga oshirilishi mumkin. Agar sharoit uncha ahamiyatga ega bo‘lmasa, o‘z manfaatidan ko‘ra muxolif bilan oralaridagi munosabatni yaxshilash va yo‘lga qo‘yish afzal bo‘lsa, individning g‘alaba qozonishiga imkon bo‘lmasa, unda nizodagi bunday harakat amalga oshirilishi mumkin.
Bosh tortish yoki o‘zini olib qochish. Individ o‘z huquqini himoya qilishni xohlamasa, qaror qabul qilishda ishtirok etmasa, o‘z nuqtayi nazarini aytishdan qochsa, bahsdan bosh tortsa, unda harakat-ning bu shakli tanlanadi. Bu usul qaror qabul qilishda mas’uliyatdan bosh tortishni nazarda tutadi. Agar nizo natijasi individ uchun aha-miyatsiz yoki yuzaga kelgan sharoit juda murakkab bo‘lib, u juda katta kuchni talab qilsa yoki nizoni o‘z foydasiga hal qilish uchun individning kuchi etmasa, unda bunday harakat yuzaga kelishi mumkin.
Raqobat individning o‘z manfaati uchun qattiq kurashishi bi-lan ta’riflanadi. Bu kurashda maqsadga erishish uchun barcha vositalar, ya’ni hokimiyat, majburlash, muxoliflarga ta’sir etishning boshqa vo-sitalari va bir qator qonuniy va noqonuniy imkoniyatlar qo‘llaniladi. Yuzaga kelgan muhit individ tomonidan jiddiy qabul qilinadi va bu kurashda g‘alaba yoki mag‘lubiyat masalasi birinchi o‘ringa chiqadi, bu esa muxolifga nisbatan qattiq chora ko‘rishni nazarda tutadi va boshqa ishtirokchilar qarshilik ko‘rsatganda, ularga nisbatan qattiq jang olib boriladi.

Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin