1. Nizoning vazifalari va turlari


Muzokaralar nizolarni hal qiluvchidir



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə6/8
tarix07.11.2022
ölçüsü97,5 Kb.
#119088
1   2   3   4   5   6   7   8
Iroda Shoymardonova

4. Muzokaralar nizolarni hal qiluvchidir
Muzokaralar nizo ishtirokchilari uchun ma’qul bo‘lgan yechim-larni izlashga qaratilgan taktik usullarning yig‘indisidir. Nizolarni hal qilish vositasi sifatida muzokara olib borish haqida ko‘plab adabiyotlar mavjud2. Muzokaralar amalga oshishi uchun ma’lum shartlarni bajarish talab qilinadi, ya’ni:

  • nizoli masalada ishtirok etuvchilarning o‘zaro bir-biriga bog‘-liqligi;

  • nizo subyektlarida ko‘zga tashlanadigan farqlar bo‘lmasligi, nizo-ning rivojlanish bosqichlari muzokara imkoniyatlariga mos kelishi;

  • mazkur sharoitda aniq qaror qabul qilishga haqli shaxslarning muzokarada ishtirok etishi;

  • har bir nizo o‘z rivojida bir necha bosqichdan o‘tishi lozim (4-jadval).



4-jadval.


Nizo rivojining bosqichlariga ko‘ra muzokara olib borish imkoniyati



Nizo rivojining bosqichlari

Muzokaralarning olib borish imkoniyati

Vaziyat keskinlashuvi, tomonlarning rozi bo‘lmasligi
Raqobat, dushmanlik
Tajovuzkorlik

Zo‘ravonlik, harbiy yurishlar



Muzokara olib borishga hozircha erta, nizoning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan unsurlar noaniq

Muzokara olib borish eng oqil yo‘l.


Uchinchi tomon ishtiroki bilan olib boriladigan muzokaralar.


Muzokara olib borish maqsadga muvofiq emas. Qarshi tajovuzkor harakatlar yuzaga kelishi mumkin.



Ba’zi nizoli holatlarda muzokara olib borishning vaqti kelmagan, boshqa holatlarda esa muzokara olib borish vaqti o‘tgan bo‘ladi. Bunday holatda vaziyatga e’tibor bermay, muzokara boshlash tajovuzkorona harakatlar qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin.


Ta’kidlash kerakki, muzokarani mazkur vaziyatga ta’sir qila oladigan tomonlar bilan olib borish lozim. O‘zaro nizolarda manfaatdor bo‘luvchi bir necha guruhlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • dastlabki guruhlar. Nizo tufayli ularning shaxsiy manfaatlariga xavf yetadi. Guruhlar o‘zlari nizoda ishtirok etadi, ammo muzokara olib borish doimo ham ularga bog‘liq bo‘lmaydi;

  • ikkilamchi guruhlar – ularning o‘zlari uchun muzokarada man-faatdorlik bor, ammo buni oshkor qilmaydi, maqsadlarini ma’lum vaqt-gacha yashiradi.

Nizodan manfaatdor uchinchi guruh ham bo‘lishi mumkin. Ular yanada yashirin shaklda bo‘ladi. To‘g‘ri tashkillashtirilgan muzokaralar izchil tarzda bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadi:

  • muzokaralar boshlanishiga tayyorgarlik (muzokaralar bo‘lgunga qadar);

  • dastlabki pozitsiyani tanlash (ishtirokchilarning mazkur muzoka-ralardagi nuqtayi nazarlarini dastlabki e’lon qilinishi);

  • o‘zaro ma’qul bo‘lgan qarorga kelish (psixologik kurash, muxo-liflarning real holatini aniqlash);

  • yakunlash (yuzaga kelgan vaziyatdan yoki boshi berk ko‘chadan chiqish).


Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin