1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari-hozir.org
14.’’O’zbekistonning fizik olimlari dunyo nigohida” mavzusi bo’yicha O`zbekistoning fizik olimlari dunyo nigohida Qadimda yashagan odamlar to‘la-to‘kis tabiatga bog‘liq bo‘lganlar. Chunki hech narsani o‘z qo‘llari bilan yaratmasdan, atrofida borini iste’mol qilganlar. Yog‘in-sochin, sovuq va yovvoyi hayvonlardan g‘orlarda bekinib jon saqlaganlar. Asta-sekin ov qurollarini o‘ylab topganlar va olovdan foydalanishni o‘rganishgan. Natijada ularning turmushi yengillasha borgan. Shunga ko‘ra tabiatni o‘rganish, undan foydalanish va unga ta’sir ko‘rsatish boshlangan. Tabiat haqidagi bilimlarni o‘rganish va ular asosida tabiat boyliklaridan samarali foydalanishi natijasida insoniyat sovuq qotish, qorong‘ilikda qolish, och qolish kabi holatlardan va ko‘pchilik kasalliklardan qutula oldi. Inson yer yuzi bo‘ylab, havoda va suvda bemalol harakat qilmoqda.
Tabiiy fanlar ichida fizika yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Birinchi mavzuda aytib o‘tilganidek, uning o‘rganadigan sohasi keng qamrovlidir. Fizikaning har bir o‘rganilgan yangi qonuniyatlari jamiyat rivojlanishiga kuchli ta’sir ko£rsat adi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonimizda ham fizika fanini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O‘zbekiston Fantar akademiyasiga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari laboratoriyalaridagi olimlar shug‘ullanadilar.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti, Akademik S.A. Azimov nomidagi «Fizika-Quyosh» IICHB qoshidagi Fizika-texnika instituti va Materialshunoslik instituti, G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik va tovush hodisalariga doir ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda fizika fanining rivoji, boshqa fanlarni rivoji bilan bir qatorda o‘tgan asrning 20-30 yillaridan boshlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’lumki, O‘zbekistonda birinchi oliy o‘quv yurti 1920 yilda tashkil topgan bo‘lib, dastavval u Turkiston universiteti, keyinchalik O‘rta Osiyo universiteti, Toshkent davlat universiteti, hozirgi kunda esa O‘zbekiston Milliy Universiteti nomi bilan yuritiladi. Ushbu universitet negizida birin-ketin institutlar tashkil topaboshladi va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasini tuzishga zamin paydo bo‘laboshladi.
4, BMI husniddin, BMI husniddin, G'aybullayeva H, G'aybullayeva H, 2020 X 2, davlat va huquq haqida asosiy tushunchalar 2, Hujayra fiziologiyasi, ta’sirlanishi, shikastlanishi, qo’zg’alishi, o’tkazuvchanligi, harakatlanish xususiyatlari, 12-BILET, BALIQLARDA GASTRULYATSIYA, BALIQLARDA GASTRULYATSIYA, BALIQLARDA GASTRULYATSIYA, BALIQLARDA GASTRULYATSIYA, kenesbay raxmanovtn doretiwshiligi, 2 5413365844891664861
Fizika tekshiradigan hodisalarni miqdoriy tahlil qilishda matematikadan keng foydalanadi. Hodisalarning utishi va ularning tabiatidagi murakkablikka qarab qoʻllaniladigan mat. usullari ham murakkablashadi. Hozirgi davrda elementar matematika, differensial, integral hisoblar, analitik geometriya, oddiy differensial tenglamalar bngina cheklanib qolish mumkin emas. Mas, maydon nazariyasida tenzorlar, operatorlar kabi tushunchalardan keng foydalaniladi. Fizikaning rivojlanishi hamma vaqt boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan. Fizikaning rivojlanishi boshka tabiiy fanlarning rivojlanishiga va koʻpgina hollarda yangi fanlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Mas, fiziklar tomonidan mikroskopning ixtiro etilishi kimyo, biologiya, zoologiya fanlarining keng koʻlamda rivojlanishiga sabab boʻldi. Teleskopning yaratilishi, spektral analiz qonunlarining kashf etilishi astronomiya fanining rivojlanishini jadallashtirdi. Elektromagnit induksiya hodisasining kashf etilishi va radioning ixtiro etilishi elektronika va radiotexnika fanlarining vujudga kelishiga olib keldi. Juda koʻp sohalar borki, ularni fizika boshqa fanlar bilan birgalikda oʻrganadi. Shu tariqa kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va boshqa fanlar vujudga kelgan. Fizikada yaratilgan kashfiyotlar texnikannnt turli sohalari rivojlanishiga, provardida sanoat va xalq xoʻjaligining jadal rivojlanishiga olib kelgan. Kundalik qayotda ishlatilayotgan elektr yoritkich asboblari, radiopriyomniklar, televizorlar, zavod va fabrikalardagi turli xil stanoklar, zamonaviy elektron hisoblash mashinalari, samolyotlar va boshqalar fizikadagi yaratilgan kashfiyotlarning natijasidir. Oʻz navbatida, texnika fanlarining erishgan yutuqlari fizikaning yanada rivojlanishiga sababchi boʻlgan. Texnikaning, umuman xalq xoʻjaligining rivojlanib borishida uzluksiz ravishsa vujudga keluvchi fizik muammolarni hal etib borishga toʻgʻri keldi. Bu esa texnika fanlarining hamma vaqt fizika bilan xamkorlikda ish olib borishini taqozo etadi. Oʻzbekistonda yadro fizikasi, fizik elektronika, qattiq jismlar fizikasi, yuqori energiyali va kosmik nurlar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, akustooptika, akustoelektronika, lazerlar fizikasi, geliofizika, geliotexnika va boshqa fizika sohalarida muhim yutuqlarga erishildi.
Hozir Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, Fizikatexnika instituti, S.A.Azimov nomidagi "Fizika—Quyosh" IICHB, U. O. Orifov nomidagi Elektronika instituti kabi oʻnlab ilmiy muassasalar, Toshkent milliy universiteti, Samarkand universiteti, Toshkent texnika universiteti va respublikadagi qariyb barcha oliy oʻquv yurtlarida ham fizika fanining turli muammmolariga
Klassik fizika modda, vaqt, fazo, massa, energiya va h.k. haqidagi maxsus tasavvurlar, tushunchalar, qonunlar, prinsiplardan tashkil topgan. U klassik mexanika, klassik statistika, klassik termodinamika, klassik elektrodinamika va boshqa boʻlimlarga boʻlinadi. Klassik mexanikada harakat qonunlari — Nyuton qonunlaridan iborat. Moddiy nuqta, mutlaq qattiq jism, tutash mux,itlar tushunchalari muhim rol oʻynaydi. Bularga moye tarzda moddiy nuqta mexanikasi, mutlaq qattiq jism mexanikasi, tutash muhit mexanikasi mavjud.
Koʻp amaliy hollarda qoniqarli natijalar beradigan klassik fizika katta tezliklar va mikroobʼyektlar bilan bogʻliq hodisalarni toʻgʻri tushuntirishga ojizlik qildi. Shunday hodisalar qatoriga qattiq jismlarning issiqlik sigʻimi, atom tizimlarining tuzilishi va ulardagi oʻzgarishlar xarakteri, elementar zarralarning oʻzaro taʼsiri hamda bir-biriga aylanishi, mikrotizimlardagi energetik holatlarning uzlukli oʻzgarishi, massaning tezlikka bogʻliqligi va boshqa masalalar kiradi. Fizikaning yangi taraqqiyoti yuqoridagiga oʻxshash hodisalarni ham toʻgʻri tushuntirib bera oladigan yangi, noklassik tasavvurlarga olib keldi. Bunday tasavvurlarga asoslangan yangi fizika maydon kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasiaan iborat.
Fizikaning klassik va noklassik fizikaga ajratilishi shartlidir. Galiley — Nyuton mexanikasi, Faradey —Maksvell elektrodinamikasi, Boltsman — Gibbs statistikasini, odatda, klassik fizikaga, maydon kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasini hozirgi zamon fizikasiga kiritishadi. Tarixiy jihatdan bu haqiqatan ham shunday. Ammo klassik fizika bilan hozirgi zamon fizikasini bir-biriga qarshi qoʻyish asossizdir. Yangi texnika, kosmosni egallash kabi sohalarda klassik fizikadan keng foydalanib muhim yutuqlarga erishilmokda. Maksvell tomonidan elektromagnit qodisalarni oʻrganish jarayonlari uning klassik elektrodinamika"^ yaratishi bilan yakunlandi. 1897 yilda J. Tomsonnpng elektron zarrasining ochishi bilan fizika rivojida yangi davr boshlandi.