1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingining zamonaviy ahvoli



Yüklə 291,41 Kb.
səhifə6/14
tarix10.12.2023
ölçüsü291,41 Kb.
#139535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingin

Prokat ishlab chiqarilishi. “O‘zmetkombinat” HICHBda ikkita prokat sexi mavjud: 1-NPS va 2-NPS. 1-NPS 1946 yilda ishga tushirilgan, ishlatish davri davomida qayta ta’mirlangan va modernizasiyalangan. Sex tarkibiga: tasmali stan 300, «SHPS-40-80»-2 liniya, va «SHPS-80-120» stani-1 liniya.
1994 yilda D68 bo‘lgan po‘lat zoldirlarni ishlab chiqarishi o‘zlashtirildi, so‘ng D100 zoldirlarni ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi. 2001 yil sentabr oyida D120 zoldirlarni ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi, 2005 yilda D40 zoldirlarni ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi.
Metallni qizdirish uchun prokat ostiga unumdorligi 50 t/soat bo‘lgan ikkita metodik pechlari o‘rnatilgan. “630” tizimida zoldir stanlari va navli andozali prokat uchun tayyorlanmalar xaydaladi. Tayyor havli va andozali prokat tozalash tasmadan keyin reykali muzlatgichga uzatiladi va u erda kerakli uzunlikda kesilib, paketlarga yig‘iladi. Mahsulot temir yo‘l transport va avtotransport yordamida yuklanib jo‘natiladi.
2-NPS 1984 yilda ishga tushirilgan, prokat stanlari Germaniya “SKET” firmasi tomonidan olib kelingan. Sex yuqori texnologiyalar bo‘yicha jihozlangan. 2 NPS tayyor prokatni ishlab chiqarishi uchun kesimi 320x250 bo‘lgan tayyorlanmalar EPEKdan kelib tushadi (1.5.(a,b)-rasm). Tayyorlanmalar uslubiy pechlarda qizdiriladi. Aylanuvchi balkali uslubli pechlarning unumdorligi 3 tan har bittasi soatiga 100 tonnani tashkil qiladi. Zoldirlarni ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi. Metallni 1250-13000C qizdirilgandan so‘ng va sig‘imlash klet guruhlarda haydalgandan so‘ng kesimi 120x120 bo‘lgan to‘rt burchakli tayyorlanmalar keyingi qizdirilishga va navlarning har xil profillarni haydalishiga yuboriladi. 140x140 va 160x160 kesimli tayyorlanmalar zoldirlarga xom -ashyo sifatda xizmat o‘iladi, so‘ng u sig‘imli guruh bilan yegilgan muzlatgich bilan olinadi va keyinchalik platformalarda 1-NPS ga yuboridadi.

(a) (b)
1.5.(a,b)-rasm. Prokat sexi va metall chiqindisini qirqish
Metallni novga haydashdan oldin o‘tish rolik pechida oralig‘li qizdiriladi, so‘ng 120x120 to‘rtburchak tayyorlanmalari qora uzluksiz liniyaga uzatiladi, so‘ng oralig‘dagi va tozalovchi-chap va o‘ng- liniyalarga. 12-16-raqamli ST5 davriy profillar po‘lat mustahkamligini oshirsh uchun stan oqimida termik ishlovdan o‘tadi.
Tayyor prokat o‘lchovli kratda kesiladi, navlarga ajratiladi, paketlarga bog‘lanib tayyor mahsulot omboriga joylashtiriladi. Tayyor mahsulot temir yo‘l vagonlariga va avtotransport vositalariga yuklanib, istemolchilarga jo‘natiladi.

(a)

(b)

Yüklə 291,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin