“Kasbiy shakllanganlik” tushunchasi mehnat sub‟ektining kasbga egalik
qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim,
ko„nikma, tajriba va mahoratlarning shakllanishi va namoyon bo„lishi asosida
ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida qo„llaniladi. Mehnat
sub‟ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga
egaligi mahorat deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta‟kidlashicha, “kasbiy
shakllanganlik” tushunchasi turli ma‟nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va
psixologik sifatlariga bo„lgan me‟yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda
mavjud bo„lgan va uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta‟minlaydigan
kasbiy yo„naltirilgan xususiyatlar majmuining me‟yorlari sifatida qo„llaniladi”.
Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini ajratib ko„rsatgan:
“shaxsning o„zini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus
nazorati; mutaxassisning anglangan sifatlari, hajmi; shaxsning o„zini mutaxassis
sifatidagi to„liq obrazi; kasb yordamida o„zini-o„zi rivojlantirish va etishmaydigan
xususiyatlarning o„rnini qoplash qobiliyati va x.k.”
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor
jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini,
kasbiy yaroqliligini, o„z ustida ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi
mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qo„llaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy
faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik, ijtimoiy va
boshqa) qo„yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. YUqori kasbiy malaka
mehnat sub‟ekti etukligini shakllanishining va namoyon bo„lishining muhim sharti
hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy etuklik etarli darajada bo„lmasa
ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin.