11-mavzu. Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix03.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#116561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
33386-1

Mutaxassislik-kasb ichidagi kasbiy faoliyat ko„rinishlaridan biridir. Biroq 
birmuncha qisman, oraliq natijalarni erishishga yo„nalgan (muhandis-tadqiqotchi, 
muhandis-o„qituvchi, muhandis-konstrkutor). 
Professionallik - ahamiyatli kasbiy natijalarga erishish va faoliyatini yuqori 
darajada amalga oshirish imkonini beruvchi, psixik sifatlarni zarur me‟yoriy 
to„plamiga ega bo„lgan shaxsning ichki tavsifnomasidir. 
Har qanday holatda xam shaxs kasb tanlash jarayonida 2 ta savolga to„qnash 
keladi va unga javob berishga harakat qiladi. Xususan, tanlayotgan kasbim menga 
qay darajada to„g„ri keladi yoki men tanlagan kasbimga mosmanmi? Boshqacha 
qilib aytganda, menga tanlagan kasbim qay darajada yoqadi? Menda ushbu kasbga 
nisbatan layoqat, qobiliyat, imkoniyatlarim yetarlimi? Yuqoridagi savollarga javob 
berish shaxs kasbiy ta‟limining samaradorligini bildiradi va kelgusidagi 
muvaffaqiyatli faoliyatini ta‟minlaydi.
• Kasbiy tanlov – insonning aniq kasbga, ish joyiga yaroqliligini aniqlovchi 
omildir. Kasbiy tanlov 4 jihat bo„yicha farqlanadi: tibbiy, fiziologik, pedagogik, 
psixologik. 


• Tibbiy kasbiy tanlov tibbiy muolajalar orqali amalga oshiriladi: inson 
organizmining rivojlanishi, shakllanishi aloxida funksional tizimlarni tekshirish 
orqali amalga oshadi.
• Fiziologik tanlov-insonning funksional holatini inobatga oladi: ishchanligi 
va charchash darajasi stress omillariga munosabati tavakkal sharoitlarda samarali 
tashkil qilish qobiliyati, kechki smenalar, axborotlarning noaniqligi va boshqalar 
kiradi. 
• Pedagogik kasbiy tanlov-ishchining maxsus bilimlarini shakllanganligiga 
baxo berish orqali amalga oshiriladi, malaka va amaliyot kasbiy ko„nikmalar 
tekshiriladi. 
• Psixologik tanlovda- verbal testlar va so„rovnomalardan, metodik 
suhbatlardan foydalaniladi. Bu insonning qobiliyati, yo„nalganligi, kasbiy 
yo„nalishi, motivasiyasi, qiziqishlari va layoqatini tekshiradi. 
Kasbiy tanlov insonga mavjud faoliyatning yo„nalishlari haqida tavsiyalar 
beriladi, ularning psixologik, psixofiziologik, fiziologik xususiyatlari natijalari, 
psixologik, psixofiziologik, tibbiy diagnostikaga asoslangan bo„ladi 
Hozirgi kunda shaxs oldidagi kasbiy tanlov jarayoni keng qamrovlidir. Shu 
bilan birga ushbu tanlovni cheklovchi qator sabablar mavjud. Ushbu omillar 
orasida shaxsga bog„liq bo„lmagan obektiv va muayyan shaxs xususiyatlariga 
bog„liq bo„lgan subektiv omillar ham mavjud. 
Obektiv omillar sirasiga eng avvalo, shaxsning sog„lomlik darajasi kiradi. 
Ayrim shunday kasblar borki, insonning jismoniy salomatligiga muayyan 
talablarni qo„yadi. Navbatdagi obektiv omillar qatoriga ta‟lim olish uchun moddiy 
ta‟minlanganlik darajasi ham kiradi. Muayyan bir kasbni o„zlashtirish hamda 
moddiy mablag„ sarfini talab qiladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin