=377), to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan tekisiklarda tebranadi.
undagi elektronlarga asosan o‘zgaruvchan elektr maydoni ta’sir qiladi (magnit maydonining
ta’siri juda kuchsiz bo‘ladi). SHuning uchun yorug‘lik to‘lqinida elektr maydon kuchlanganlik
vektorining tebranishiga e’tibor beriladi (8.2-rasm).
Elektr vektorlari har xil tekisliklarda tebranadigan nurga tabiiy nur deb ataladi (8.3–rasm).
Elektr vektori aniq bir tekislikda tebranadigan nurlarga esa qutblangan nur deb ataladi (8.3–rasm).
8.2-rasm. Elektromagnit to‘lqinlarini tarqalish yo‘nalishi.
Elektr vektori tebranayotgan tekislikka qutblanish tekisligi deyiladi. Har qanday yorug‘lik
manbaidan tabiiy nur tarqaladi. Tabiiy nur ayrim kristallardan o‘tganda (masalan: island shpati,
turmalin) qutblangan nur hosil bo‘ladi. Bunday kristallarga polyarizatorlar deb ataladi. Qutblangan
nurning qutblanish tekisligi analizator yordamida aniqlanadi. Har qanday polyarizatordan
analizator sifatida foydalansa bo‘ladi. YOrug‘lik nurlari ba’zan dielektriklardan (suv, shisha)
qaytganda ham qutblanadi.
8.3–rasm. Tabiiy, qutblangan va qisman qutblangan
nurlarni tarqalish yo‘nalishlari.