8.4-rasm. Bryuster qonuni bo‘yicha yorug‘likning qutblanishi.
orqali o‘tkazilsa, uning intensivligi o‘zgaradi. Intensivlikning qanday o‘zgarishi polyarizator bilan
8.5-rasm. Polyarizator va analizatorning bir-biriga
nisbatan joylashishi: 1- yorug‘lik manbai; 2- tabiiy nur;
3- polyarizator; 4- qutblangan nur; 5- kyuveta; 6-30
o
ga burilgan
qutblangan nur; 7- analizator; 8- kuzatuvchi.
Tabiiy yorug‘likning nuri kristallning bosh optik o‘qi bo‘yicha o‘tayotgan bo‘lsa, u holda
bu nur shu kristaldan chiqqandan so‘ng o‘zining xossalarini o‘zgartirmaydi, lekin ko‘p hollarda
yassi qutblangan yorug‘lik ba’zi bir kristallarga tushganda (kvars, kinovar) E vektorning tebranish
tekisligi qandaydir burchakka buriladi, bunday moddalarga optik aktiv moddalar deb ataladi. Optik
aktiv moddalarga qand eritmasi ham kiradi. Optik aktiv moddalarda E vektori tebranish
tekisligining burilish yo‘nalishi bilan har xil bo‘ladi. E vektori tebranish tekisligining burilishi
kuzatuvchi uchun soat strelkasi yo‘nalishida bo‘lsa, bunda modda o‘ngga buruvchi deb ataladi.
Agar soat strelkasi yo‘nalishiga teskari bo‘lsa, bunday modda chapga buruvchi deb ataladi.
Ko‘p moddalar, masalan: kvars 2 xil modifikatsiyada mavjud bo‘ladi. Birinchisi o‘ngga
bursa, ikkinchisi chapga buradi. Optik aktiv moddalar eritmasidagi qutblanish tekisligining
burilish burchagi () shu moddaning konsentratsiyasiga (S), nurning eritmadagi yo‘l uzunligiga (
) to‘g‘ri proportsional, ya’ni:
𝜑 = [𝜑˳] ∙ (𝑆 ∙ 𝑙 )
(18.1)
bu erda,
𝜑˳
- proporsionallik koeffitsienti yoki solishtirma burilish burchagi bo‘lib, u
C
0
(18.2)
ifodaga ko‘ra = 1 dm va S =1 g/sm
3
bo‘lgandagi burilish burchagiga teng.
ni graduslarda,
ni
dm larda va S ni g/sm
3
larda ifodalash qabul qilingan. Solishtirma
burilish burchagi temperaturaga bog‘liq va yorug‘lik to‘lqin uzunligining kvadratiga taxminan
teskari proportsional. YUqoridagilardan noma’lum eritmalar konsentratsiyasi 18.1 formulaga
ko‘ra
𝑆 =
𝜑
[𝜑˳]∙𝑙
(18.3)
ifoda bilan aniqlanadi. Bu usul biofizik tadqiqotlarda va tabobatda siydikdagi qandning va qondagi
qandning konsentratsiyasini aniqlash uchun keng qo‘llaniladi. Bunda qo‘llaniladigan o‘lchash
qurilmasi polyarimetr yoki saxarimetrlar deb ataladi. Polyarimetrning tuzilish sxemasi 18.6-
rasmda tasvirlangan.
8.6-rasm. Polyarimetrning tuzilish sxemasi:
R-polyarizator; A- analizator; T- qand eritmasi
solingan kyuveta- trubka.
Polyarizator qutblanish tekisligining burilish burchagini kuzatishning eng sodda qurilmasi
hisoblanadi. Trubkada suyuqlik yo‘q holatda analizatorni shunday burish kerakki kelayotgan
yorug‘lik butunlay ko‘rinmasin (Nikol prizmalar bir-biriga tik). Agar trubkani suyuqlik bilan
to‘ldirib qo‘ysak, u holatda tebranish tekisligining burilishi natijasida kuzatish soxasida yorug‘lik
hosil bo‘ladi. Analizatorni bu soxasida yana qorong‘ulik hosil bo‘lguncha burish kerak, burilish
burchagi E vektor tebranish tekisligining burilishiga teng bo‘ladi. Quyida biz optik aktiv
moddalar hamda dori vositalari tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarni konsentratsiyasini aniqlash
uchun ishlatiladigan polyarimetrlarni qiyoslash metodikasi bilan tanishamiz.
Dostları ilə paylaş: