14
lavozimiga da‟vogarlik qilishini nazarda tutadigan tajriba ham mavjud.
Bunday
model demokratik rivojlanishning uzoq yо„lini bosib о„tgan va elektorati yetarli
darajadagi yuksak siyosiy va ijtimoiy tafakkurga ega bо„lgan davlatlardagina
kо„llaniladi.
Bir
sо„z bilan aytganda, mamlakatda parlament islohotlarining
rivojlantirilishi masalasi ikki palagali parlamentning
tashkil topishi va uning
mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tobora mavqei oshib borayotganligida aniq
namoyon bо„layotganini kuzatish mumkin. Ikki palatali parlamentning
shakllantirilishi, uning faoliyat yuritishi masalalariga doyr huquqiy asoslarning,
shuningdek, saylovlarning demokratik andozalar asosida yanada takomillashtirilib
borilishi, nihoyat, nomarkazlashtirish, ma‟muriy islohotlarning
jadallik bilan olib
borilishi mamlakat siyosiy modernizatsiyalashuv jarayonining asosini tashkil etdi.
2019 yilda Parlament nazoratining ta‟sirchan shakllaridan biri bо„lgan
Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini kо„rib chiqishga alohida ahamiyat
berish, bu ishni yuqori professional darajada yо„lga qо„yish uchun OM qoshida
Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi.
2019 yil 22 dekabrda О„zbekistonda Xalq deputatlari tuman, viloyat va shahar
Kengashlariga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar
bо„lib о„tdi. 2020 yil 20 yanvar kuni SH.M.Mirziyoyev О„zR Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi (“Parlament xalq irodasining haqiqiy kо„zgusi bо„lishi
zarur”) va О„zR Oliy Majlisi Senatining birinchi majlislarida (“Senatorlik
tashabbuskorlik va fidoyilik demakdir”) alohida alohida ma‟ruzalar qilib, unda
parlamentning bugungi islohotlar jarayonidagi faoliyat yо„nalishlariga e‟tibor
qaratdi (
Dostları ilə paylaş: