15
davlat boshqaruvi sohasida keng kо„lamli islohotlar amalga oshirildi.
Davlat boshqaruvi sohasidagi
aniq maqsadli vazifalar, bir tomondan,
qonunlarni hayotga izchil tatbiq etish, fuqarolarning huquq va erkinliklari amalga
oshirilishini kafolatlash, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishga kodir
davlat hokimiyati va boshqaruvining ham vertikal, ham gorizontal samarali
bо„lgan tizimini yaratishni talab etardi.
Ikkinchi tomondan, bu davrda
boshqaruvning ma‟muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berishga;
ijro hokimiyati
ayrim vazifalarini markaziy organlardan joylardagi davlat hokimiyati organlari va
fuqarolarning о„zini о„zi boshqarish organlariga asta-sekin о„tkazishga, ijtimoiy
yо„nalgirilgan iqtisodiyot talablariga javob beradigan,
qonunchilik va sud
hokimiyati, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik
qiluvchi boshqaruvning uyg„un tizimini yaratishga yо„naltirilgan
chora-tadbirlar
belgilanib, bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvining shakllanishi va rivojlanishida bir
necha bosqichni ajratib kо„rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: