10
davlat va jamiyat hayotida siyosiy-huquqiy bо„shliqlar
vujudga kelmasligining,
shuningdek, islohotlarning о„z vaqtida hamda tezkorlik bilan huquqiy asoslarini
shakllantirish va samarasini ta‟minlash tizimi yaratildi.
О„zR OMning tashkil etilishi, О„zbekiston parlamentarizmi asoslarining
shakllanishi va rivojlanishi. Mustaqillik qо„lga kiritilgan dastlabki kunlardayoq
О„zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish
uchun hozirgi zamon jahon
standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish
zarurati yuzaga keldi. Ammo bir ijtimoiy tizimdan ikkinchi tizimga о„tish
sharoitida bu jarayon g„oyat murakkab kechishi aniq edi.
Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqichlilik tamoyili asosida olib
borildi. Aks holda ijtimoiy-siyosiy beqarorlik va hokimiyatlar muvozanati yо„q
paytda endigina faoliyatini boshlayotgan yosh parlament demokratik institut
doirasidan chiqib ketib, siyosiy inqiroz keltirib chiqaruvchi vositaga aylanishi
mumkin edi. Bunday sharoitda qonunchilik ikkinchi
darajali vazifaga aylanadi, u
faqat siyosiy kurashni davom ettirish yoxud lobbilar faoliyati uchungina
ishlatiladigan qо„g„irchoqqa о„xshab qoladi. Bunday parlamentdan elning,
xalqning kor-holiga yaraydigan, milliy manfaatlarga javob beradigan, yetti о„lchab
bir kesilgan, chuqur о„ylangan qonun va qarorlar kutish qiyin bо„lib qoladi.
Shunga kо„ra, parlament hokimiyatlarni taqsimlash tizimida tо„laqonli ish yuritishi
uchun shunday sharoit yaratish zarur ediki, bir tomondan, u hokimiyatning barcha
tarmoqlariga ma‟lum darajada ta‟sir о„tkazadigan, ikkinchi tomondan, davlat
tizimi ichida ham, davlat bilan fuqarolik jamiyati о„rtasida ham, ochiq va har
qanday qarama-qarshilikni yengib о„ta oladigan siyosiy mahkamaga aylansin. Eng
muhimi mamlakatga ishchan, qobiliyatli, qonunchilik va vakillik vazifalarini tо„liq
ado eta oladigan, jamiyatni ajratib tashlaydigan emas, balki bunyodkorlik yо„lida
odamlarni, fuqarolarni jipslashtira oladigan parlament kerak edi. Zero,
mamlakat
oldida ulkan yangi demokratik davlatchilikni yaratishdek vazifa turardi.
“Parlamentdagi о„rinlar uchun partiyalar kurash olib borsa, qandaydir tartib kо„zga
tashlanadi. Bordi-yu, har bir deputat uni, ovozini kim sotib olishini kutayotgan
bо„lsa, bu nihoyatda dahshatli. Ana shunday parlamentning qо„lidan har narsa
kelishi mumkin. Shuning uchun ham men jamiki g„oyalar,
ijtimoiy qatlam va
manfaatlar mujassamlangan parlament tarafdoriman” (
Dostları ilə paylaş: