2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Leonid Levitin., Donald S. Karlayl. Islom Karimov – yangi О„zbekiston Prezidenti. – T



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

Leonid Levitin., Donald S. Karlayl. Islom Karimov – yangi О„zbekiston Prezidenti. – T.: 
О„zbekiston, 1996. 11 bet.
). 
Mamlakatimizda prezidentlik institutining huquqiy asoslari shakllanishi va 
rivojlanishini ikki davrga ajratib о„rganish maqsadga muvofiq. 
Davlat hokimiyatining muhim subyekti sifatida Prezident lavozimining joriy 
etilishi, uning davlat funksiyalaridan kelib chiqib о„z vazifalariga ega bо„lishi, dav-
lat mexanizmida, xususan, hokimiyat tarmoqlari tizimida о„z о„rni va rolini topishi 
hamda faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini shakllantirish bilan bog„liq birinchi 
galdagi islohotlar va о„zgarishlarni о„z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1990-2000 
yillar mamlakatimiz, xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan о„tish davri, tom 
ma‟noda, tarixiy ahamiyatga ega bо„lgan davr bо„ldi. 
О„zbekiston Respublikasining (keyingi о„rinlarda О„zR) “О„zR Prezidenti 
lavozimini ta‟sis etish hamda О„zR Konstitusiyasi (Asosiy Qonuni)ga о„zgartish 
va qо„shimchalar kiritish tо„g„risida”gi Qonuniga kо„ra, О„zRning Prezidenti 
lavozimi demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy о„zgarishlarni 
chuqurlashtirish, konstitusion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va 
xavfsizligini mustahkamlash, О„zR davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy 
organlarining о„zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida ta‟sis etildi. Qonunda 
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitusiya va qonunlarga rioya 
etilishiga kafil bо„lish, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy 
yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilish masalalariga doir qarorlarni amal-
ga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar kо„rish, mamlakat ichkarisida va 
xalqaro tashkilotlarda respublika nomidan ish kо„rish, Oliy Kengashga har yili 
respublikadagi holat hamda ichki va xalqaro hayotning eng muhim masalalari 
yuzasidan ma‟ruzalar gaqdim etish, ayrim shaxslarni lavozimga tayinlash va ozod 
qilish bо„yicha vakolatlar, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining 
bahamjihat ishlashini ta‟minlash, hukumatning qarorlari va farmoyishlari ijrosini 
tо„xtatib qо„yish, qonunlarni imzolash, faxriy unvonlar berish, faxriy yorliqlar 
bilan mukofotlash, respublika fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid 
masalalarni hal etish, sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish va 
boshqalar Prezident vakolatlari sifatida qayd etildi. 



О„zbekistan Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi 
mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni 
boshlab berdi. 
Xalqaro tajribadan ma‟lumki, jahonda prezidentlik institutining vujudga 
kelishi va rivojlanishining yagona, universal modeli, sxemasi mavjud emas. Hatto, 
eng yaxshi deb topilgan modelni kо„chirgan davlatlarda ham aslidagidek samara 
bermasligi mumkin. Buni AQSH modelini olgan Lotin Amerikasi davlatlari 
misolida ham kо„rsa bо„ladi. Shuning uchun har bir mamlakatda prezidentlik 
institutining vujudga kelishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishiga bir qator omillar 
о„z ta‟sirini о„tkazadi. Ularni shartli ravishda obyektiv va subyektiv omillarga 
ajratish mumkin. Keng ma‟noda – ustuvor va asosiy obyektiv omillarga siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tor ma‟noda subyektiv omillarga ijtimoiy, siyosiy, 
huquqiy ong, aholining siyosiy-huquqiy madaniyati kabilarni kiritish mumkin. 
Obyektiv omillarning negizini iqtisodiy va ijtimoiy masalalar tashkil etadi. 
Shuning uchun ham mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tomonidan 
dunyoning biron-bir davlatida hali qо„llanilmagan yо„l tutildi. YA‟ni, yurtimizda 
avval iqtisodni yaxshilab, mustahkamlab, sо„ng ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohada 
demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Muayyan iqtisodiy yutuqlarga erishish 
yangi ijtimoiy-siyosiy, sotsial islohotlarni, demokratik yangilanishlarni joriy 
etishga sharoit yaratmoqda. Chunki iqtisodiy islohotlar fuqarolarning turmushi 
darajasini, farovonligini yaxshilaydi. Ayniqsa, fuqarolik jamiyatining yadrosi 
bо„lgan xususiy mulk egalari safi va sifatining oshishi hayotga yangicha kо„z bilan 
qarashga, mamlakat xayotini modernizatsiya qilishga imkon yaratadi. 
Islohotlarning dastlabki bosqichida asosiy vakolatlar davlatning, eng avvalo, 
ijro etuvchi hokimiyatning ixtiyorida bо„lishini taqozo etdi. О„zRning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov bu haqda shunday degandi: “Ayni zamonda, agar kuchli 
ijrochilik hokimiyati bо„lmas ekan, eng odil va eng oqil qonunlar va qarorlar ham 
bajarilmay, shunchaki qog„ozda qolib ketishi mumkin. Bu hol qonunlarni joriy 
etishga, fuqarolar huquqlarini va erklarini muhofaza qilishga, siyosiy va iqtisodiy 
islohotlarni о„tkazishga qodir prezidentlik hokimiyatini kuchaytirishni taqozo 
etadi”
(

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin